1
|
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyilga asoslanib ishlab chiqilgan?
|
“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari”
|
2
|
Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartibtaomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan?
|
“Elektron hukumat” lloyihasi
|
3
|
Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g‘oya asosida ishlab chiqilgan?
|
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasi
|
4
|
“Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat'iy ijrosini ta'minlash” maqsadi bo’yicha qanday konsepsiyani ishlab chiqilishi belgilangan?
|
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
|
5
|
“Legal Tech” platformasi nima?
|
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi tizim
|
6
|
Taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli 3-yo’nalishi nechta maqsadni o’z ichiga oladi?
|
16 ta maqsaddan iborat
|
7
|
Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo’yicha hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyili asosida yo'lga qo'yish belgilangan
|
“bir qadam” tamoyili
|
8
|
Har bir tuman budjetining necha foizini "Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida end dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilosh belgilangan?
|
5 foizini.
|
9
|
Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan nechta Prezident qarori qabul qilindi?
|
4 mindan ziyod
|
10
|
Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra davlat qarzini boshqarishda yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori yiliga qancha bo'lishi belgilangan
|
4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini
|
11
|
Tarraqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo'jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishni yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda amalga oshiriladi?
|
Chirchiq shahrida
|
12
|
Taraqqiyot strategiyasining 6-yo'nalishi qanday nomlanadi?
|
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish
|
13
|
Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo’llash orqali qaysi ta’lim muassasasini ma’naviy va ma’rifat, madaniyat o’chog’iga aylantirish nazarda tutgan?
|
Maktablarni
|
14
|
Davlat boshqaruvi nomarkazlashtirish bu?
|
Davlat xizmlatlarini ko’rsatishda turli boshqaruv darajalari o’rtasida mas’uliyat, vakolat va resurlarni qayta taqsimlash hisobnaladi
|
15
|
Global innovatsion indeksda O’zbakiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar qanday reyting qatoriga kirish rejalashtirilgan?
|
top-50
|
16
|
Ma’anaviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish qaysi ustuvor yo’nalish maqsadlarida belgilangan?
|
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish
|
17
|
Inson kapitali nima?
|
Bu odamning mehnatni iqtisodiy qiymatini oshiradigan tarzda bajarishi uchun yordam beradigan bilim, ko'nikma, tajriba va ijtimoiy fazilatlar yig'indisi
|
18
|
Yashil iqtisodiyot – bu?
|
inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
|
19
|
Ijtimoiy sheriklik bu?
|
Davlat organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi
|
20
|
2023 yil 11 sentabrda O'zbekiston Respublikasi prezidentining "O'zbekiston -2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Strategiyada nechta yo'nalish bor?
|
5 ustuvor yo‘nalish
|
21
|
Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari taraqiyotining eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo'nalishlaridan amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating
|
2022 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
|
22
|
2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar qanday tartibda shakllantirilishi belgilangan?
|
jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi
|
23
|
Milliy iqdisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadborlarni ko’rsating
|
2022 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
|
24
|
Qaysi me’yoriy-huquqiy hujjat asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti pegagika yo’nalishi bo’yicha o’quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan?
|
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.06.2022 yildagi PQ-290-son
|
25
|
Yoshlar bilan ishlashning “mahalla-sektor-tuman(shahar)-hudud-respublika”tizimi qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatga asossan joriy etildi?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida
|
26
|
”2022-2026-yillarda Qoraqolpag‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi VM-qaroriga ko’ra Orolbo’yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo’yicha qanday dastur amalga oshirilmoqda
|
“Orol orzusi” dasturi
|
27
|
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasidagi ustuvor yo’nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko’rsating.
|
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 15.04.2022 yildagi O‘RQ–764-sonli qonun qabul qilindi
|
28
|
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo’yicha 2030 yilgacha bo’lgan davrda ustuvor yo’nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab bergan normativ-huquqiy hujjat qanday nomlanadi?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-175-son Farmoni
|
29
|
Strategiya tushunchasi ma’nosi
|
yunon tilidan στρατηγία – sarkardaning san’ati
|
30
|
Ma’naviyat bu
|
Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimidir
|
31
|
Konstitutsiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
|
tartib, qoida, tuzish
|
32
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning qaysi moddasida "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi" normasi belgilangan?
|
25-moddasida
|
33
|
Jamoat birlashmalariga nimalar kiradi?
|
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari
|
34
|
Jamoat birlashmasi deb nimaga aytiladi?
|
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
|
35
|
Fuqarolik jamiyati ta’rifi to’g’ri keltirilgan javobni ko’rsating
|
insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum
|
36
|
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prisip asosida rivojlanadi?
|
ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
|
37
|
Turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadigan fuqarolik jamiyati institute qaysi?
|
|