|
Reja: 1 Ommoviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi kirish
|
bet | 3/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 101,11 Kb. | | #138357 |
Bog'liq Mavzu O\'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari (2)Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
· Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e‘lon qilingan ―O`zbekiston Respublikasi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O`zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlashdek strategik maqsadga erishis h, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o`tishini ta‘minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo`jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Bu davlat va xo`jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi.
· Bunda jamiyatni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g`oyani ro`yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o`rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o`rtasida o`ziga xos ko`prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi.
· Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo`lishini ta‘minlaydi. Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash oson kechmaydi. Unga to`sqinlik qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to`sqinlik bor ekan, deb qo`l qovushtirib o`tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko`rpaga o`t qo`yish – oshkoralikni ta‘minlash yo`lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo`yish bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan javob topish yagona to`g`ri yo`ld ir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda ish yuritish demak.
· El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro`yobga chiqarish, bu yo`lda g`ov bo`lib turgan turli to`siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta‘magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan ko`tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o`z kasbi, o`z hayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,– deb ta‘kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o`z so`zi uchun mas‘uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma‘naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o`quv-uslubiy ta‘minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak‖ [1]. Darhaqiqat, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta‘minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa‘y harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o`z samarasini ko`rsatishi shubhasi z. Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog`liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni, O`zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo`lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o`z fikri va e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir».
|
| |