• Strategik menejment fanining mohiyati
  • Strategik fikrlash va uning afzalliklari.
  • Strategik menejmentning beshta vazifasi
  • Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet1/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment




    STRATEGIK BOSHQARUV
    STRATEGIK MENEJMENT


    FANI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUA
    FANI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUA


    1-MAVZU. STRATEGIK BOSHQARISH JARAYОNI
      1. Strategik menejment fanining mohiyati

      2. Strategik menejmentning besh vazifas.
      3. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi

      4. Strategik boshqarish ijrochilari
      5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari

      6. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari
      7. Strategik fikrlash va uning afzalliklari.

      8. Strategik menejmentning ahamiyati



    Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil qilish, maqsadni aniqlash, strategiya yaratish, strategik rejalashtirish




      1. Strategik menejment fanining mohiyati

    Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash, istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbo’lini tanlab olish demakdir.


    Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar.
    Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini yagona tizimga bog’lash demakdir1.
    Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
    «Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni aniqlashdan iboratdir:
    -«biz qaerdamiz?»

    • «qayoqqa ketyapmiz?»

    • faoliyatimizning maqsadlari qanday?»

    • maqsadga erishish yo’llari qanday ?»

    • optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?

    • pirovard natija qanday bo’lishi kerak?

    Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir.




    1Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p4
    Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi2.
    Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:

    • Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;

    • Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;

    • undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;

    • Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;

    • diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish;

    • uning tashkiliy strukturasini loyihalash;

    • integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;

    • «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,

    • Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel-atvor meyorlarni belgilash,

    • kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,

    • strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.

    Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
    Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi.


      1. Strategik menejmentning beshta vazifasi

    Korxona strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:



        1. tijorat faoliyatining turini aniqlash va Korxona rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab o’zoq muddatli istiqbolni belgilash;

        2. umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish;

        3. ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish;

        4. tanlangan strategiyani samarali ijro etish;

        5. bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning o’zoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga to’zatishlar, yangi g’oyalar kiritish .

          1. Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: «Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz ?»

    «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi Korxonaning yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning missiyasini anglatadi. Menejer o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko’rishini shakllantiradi.




    2Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p 7




    Xo’jalikning o’rta bo’g’inlaridagi strategiya va tarmoq tuzilishi

    Firma darajasidagi strategiya. (vertikal integratsiya, diversifikatsiya, globalь strategiya)

    Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli taxlili, kirish va chiqish strategiyasi.




    1-rasm. Strategik menejmentning mazmuni

    Menejerlarning asosiy funktsiyasi quyidagilardan iborat:


    rejalashtirish tashkil etish motivatsiya nazorat qilish

          1. Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy ta’rifidan ishning aniq rejalariga o’tish imkonini beradi.

    Qo’yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo’ladi. Agar yaxshi natijalarga erishmoqchi bo’lsangiz o’z oldingizga yaxshi maqsadlar qo’ying. Maqsadlar qisqa muddatli va o’zoq muddatli bo’ladi. Maqsadlar yana moliyaviy va strategik bo’ladi.
    Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki, moliyaviy mablag’lar yetishmasa kompaniya tang axvolga tushib qoladi.
    Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchaytirishga qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda xajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul tushumi, dividendlar kabi ko’rsatkichlarni ko’paytirishga qaratiladi. Strategik maqsadlarga esa Korxonaning raqobatga bardoshliligini oshirish, buning natijasida rivojlanishning yuqoriroq sur’atlariga, bozordagi salmogini oshirishga past xarajatlarga erishishga, korxonaning obro’sini oshirishga qaratilgan bo’ladi.
    V) Maqsadlar - bu natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo’llaridir. Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o’rganilishi lozim. Kompaniyaning strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi:

    1. chuqur o’ylangan, maqsadga qaratilgan xarakatlar;

    2. voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish; Strategiya - bu faqatgina menejerlar avvalroq o’ylab chiqqan xarakatlar emas ,

    balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilshi lozim bo’lgan to’zatishlardir3.
    Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik istedodi va fikrlashning strategik tarzi bo’lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish maxorati menejerning tadbirkorlik istedodiga bogliq.
    Menejerning tadbirkorlik maxoratini belgilash mezoni uning yangi strategik imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o’chliligidir.Tadbirkorlik istedodiga ega bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirgochlar bo’ladilar.Ular yangiliklarni tez o’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar.
    Kompaniya strategiyasiga to’zatishlar kiritish meyordagi oddiy holat xisoblanadi. Ba’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan-kam xollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani qanday qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni xech qachon tark etmasligi lozim. SHuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir.
    Kompaniya strategiyasi qator savollarga javoblardan iborat bo’ladi. Bu savollar quyidagilardan iborat:
    -ishniqanday rivojlantirish kerak?
    -mijozlarniqandayqilib qanoatlantirish kerak?
    -raqiblardan qanday qilib o’zib ketish mumkin?
    -o’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim?
    -kompaniyaning ayrim funktsional bo’linmalarini qanday boshqarish kerak?
    -moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin?
    Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash va va strategiyani tanlash - bu kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashdagi asosiy vazifalardir. Kechikib to’zilgan strategik rejalar yoki o’z vaqtida kiritilmagan to’zatishlar xech qanday natija bermaydi.
    G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;
    -mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;

    • korxona strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;

    -xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
    -erishiladigan natijalar va muqofotlar xajmini bir-biriga bog’lash;
    -kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish;
    -kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
    -ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
    -ichki raxbarlikni ta’minlash;
    D) Yuqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor qayta ko’rib chiqiladi, chunki yangi yo’zaga keladigan holatlar to’zatishlar kiritishni talab qiladi. O’tgan tajribalar va kompaniyaning istiqbol maqsadlari o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini axtarish doimiy xisoblanadi.Strategiyani amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo’lib, ularni o’zgartirish kerak bo’ladi.
      1. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi

    Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.



    1. bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo’lmay , ular o’zaro o’zviy boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan maqsadlar bilan jips boglangan;

    2. bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;

    3. strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;

    4. strategik menejmentga doimiy yetarli etibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi.

    Bu bosqichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 2-rasmda ko’rsatilgan.

    1-bosqich


    2-bosqich


    3-bosqich


    4-bosqich


    5-bosqich


    2 - rasm. Strategik menejment jarayoni





    Download 8,72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.