• Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi
  • Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish
  • Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va
  • Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
  • Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
  • Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari
  • -MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY HOLAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLILI




    Download 8,72 Mb.
    bet7/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    3-MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY HOLAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLILI

      1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari

      2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
      3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi

      4. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
      5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari

      6. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari
      7. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish

      8. Tajovo’zkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash
      9. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash



    Tayanch iboralar:tarmoq, umumiy vaziyat, kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari, raqobat, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, raqobat kuchlari, soha va raqobat tahlillari, raqiblarning maqsadlari va strategiyalari, muvaffaqiyatning kaliti, omillar, vaziyat, baholash


      1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va

    usullari

    Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2 yo’nalishda olib boriladi15:



    1. Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.

    2. Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.

    Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo’ladi.
    Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob topish lozim:

    1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.

    2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

    3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.

    4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.

    5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

    6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi?

    7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi

    Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
    Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi.
    Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6- rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani
    tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.


      1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar

    Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat16:



    1. Bozor xajmi.

    2. Raqobat miqyosi (maxalliy , regional, dunyo).

    3. Bozorning o’sish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.

    4. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.

    5. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.

    6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti?

    7. Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.

    8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.

    9. Raqobatchilarning mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.

    10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish, marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.

    11. Tarmoqdagi «o’qitish / tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami?

    12. Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilyaptimi?

    13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?

    Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha sohaning «portretini» to’zib, so’ng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik jixatdan muximligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.


      1. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi



    «GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:

    1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat.

    2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.

    3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi.

    4. Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

    5. Xaridorlarni o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

    Bu tahlil korxona mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
    Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
    Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi kirish tusiqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog’liqdir. Bunday tusiqlarning uchta asosiy manbayi bor:

    • xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);

    • xarajatlar bo’yicha mutloq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi bunday kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta ustunliklar beradi);

    • ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilar). U standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va xokazolar bilan bog’liqdir. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi.

    Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin:

    • tarmoqdagi raqobatning strukturasi;

    • talabning shart-sharoitlari;

    • tarmoqqa kirish tusiqlarning balandligi.

    Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog’liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potentsial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko’proq bo’ladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir.
    Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban xarakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday xollarda kompaniyalar sifatdagi ustunliklar bo’yicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi extimolini kamaytirish pozitsiyalaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog’liqdir.
    Tarmoqda talabning usib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda usib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan etiborni kuchaytiradi. Aksincha, o’sishning sekinlashishi raqobatni kuchaytirib yuboradi, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish xisobigagina qo’lga kiritishlari mumkin bo’lib qoladi. SHunday qilib, talabning kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir17.
    Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish tusiqlari jiddiy xavfga aylanadi. CHiqish tusiqlari iqtisodiy va emotsional omillar bo’lib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bo’lgan xollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab


    17Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.94
    chiqarish quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor to’rgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar.
    Odatda chiqish tusiqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil yunalishlarga ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, asbob-uskunalarni tashlab yuborishga tug’ri keladi;

    • chiqish qiymatining ishdan bushatiladigan ishchilarga to’lanadigan mablag’lar xisobiga qat’iy belgilab qo’yilganligi;

    • xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya;

    • tarmoqqa iqtisodiy bog’liqlik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bo’lsa, u tarmoqda qolishga majburdir.

    Tarmoqdagi Korxonaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning xayot tsikli mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal sur’atlar bilan o’sishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo’yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo’ladi. O’sish sekinlashgan paytda raqobatning va ayniqsa narx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Yetuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqadamlarining kelishuvi xisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. SHuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori bo’ladi. Bu bosqichda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rolь uynashi mumkin bo’lib, u mahsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muximdir. Tanazzul bosqichida vaziyat o’zgaradi. CHiqish tusiqlari yuqori bo’lsa, raqobat ayniqsa kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi.
    Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga bosim ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yul qo’yadilar.
    Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar18:

    • yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda;

    • xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;

    • tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda;

    • xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);

    • xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va xokazo;

    Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar.




    18Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.97
    Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan bosim ayniqsa kuchli bo’ladi:

    • yetkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda;

    • tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi korxonalar uchun muxim bo’lmaganda;

    • yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda;

    • yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;

    • sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.

    Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
    Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra kuyidagilarga bo’lanadi:

    1. SHavqatsiz raqobat

    2. Intensiv raqobat

    3. Meyordagi raqobat

    4. Jalb qiluvchi zaif raqobat

    Bozorga yangi kirib kelgan Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq:

      1. Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar:

    • Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi:

    • Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi:

    • Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi Korxona esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)

    • Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo’qligi:

    • «O’qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:

    • Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:

    • Korxona xajmlariga bogliq bo’lmagan xarajatlarning teng emasligi:

    • Sotish kanallariga kira olish:

    • Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)

    • Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy Korxonalarning majburiy qatnashishlari)



      1. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar

    Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi Korxonalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni


    xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat19:

    1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.

    2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.

    Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:

    • Iqtisodiy o’sishning o’zoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish:

    • Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:

    • Yangi mahsulotlarni joriy qilish:

    • Texnologik o’zgarishlar:

    • Marketing tizimidagi o’zgarishlar:

    • Yirik Korxonalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:

    • NOU XAU ni tarqalishi:

    • Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:

    • Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:

    • Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi

    • Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri

    • Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:

    • Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:



      1. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari

    Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi korxonalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini to’zishdir.



    Download 8,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY HOLAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLILI

    Download 8,72 Mb.