• Strategik boshqarish ijrochilari
  • Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet2/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment
    УМК ПАЙВ. МАТЕРИАЛ asosiy, 03 ИКТИСОД 2022 OKTABR, python darslik, Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, Mustaqil ish 1, ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash, korxona faoliyatida axborot xavsizligi, 1 мавзу Курснинг мазмуни, мақсада ва вазифалари, 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari, 9 май сенарий (2), 2204 MT S, 2-mavzu (2), 2-mavzu, Biletlar81, Ilm sari yo`l
    Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari4.
    Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.

    2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.

    3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.

    4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish

    5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish.



      1. Strategik boshqarish ijrochilari

    Korxonaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.


    Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini ko’zatib boradi.
    Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi:
    -ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
    -aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
    -muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
    -asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari;
    Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo’ladi.
    Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
    Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
    E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:

    • ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,

    • o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,

    -yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
    -ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
    -dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
    Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
    Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
    Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. Udiktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
    O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa Korxona ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.


      1. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari

    Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar tuplash va ularni ishlash, strategiyani xar yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yunalishlarni ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jixatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabo’l qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi.


    Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko’rib chiqilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir.

    Download 8,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.