• Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari
  • Strategik fikrlash va uning afzalliklari
  • Strategik menejmentning ahamiyati
  • Nazorat uchun savollar
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet3/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    Strategik rejalashtirishning afzalliklari5:

    1. Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun xarakat qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yunaltirilganligini ta’minlash;

    2. Vujudga kelayotgan o’zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendentsiyalarga menejerlarning yanada aniq reaktsiya ko’rsatish zaruriyati;

    3. Kapital quyilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyixalarga oqilona yunaltirish imkoniyati;

    4. Boshqarishning barcha darajalari raxbarlarini karorlarini birlashtirish imkoniyati;

    5. Faol raxbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o’zgarishlarga passiv reaktsiya ko’rsatish tendentsiyalariga karshilik qiladigan muxitni yaratish.



      1. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari

    Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.



    1. Bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo’lmay , ular o’zaro o’zviy boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan maqsadlar bilan jips boglangan;

    2. bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;

    3. strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;

    4. strategik menejmentga doimiy yetarli etibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi.

    Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari6.
    Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.

    2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.

    3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.

    4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish

    5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish.



      1. Strategik fikrlash va uning afzalliklari

    Korxonaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni




    5Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p. 23
    6Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p. 26
    bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
    Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini ko’zatib boradi.
    Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi:
    -ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
    -aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
    -muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
    -asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari;
    Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo’ladi.
    Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
    Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
    E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:

    • ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,

    • o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,

    -yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
    -ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
    -dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
    Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
    Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
    Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. Udiktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
    O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa Korxona ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
      1. Strategik menejmentning ahamiyati

    Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar tuplash va ularni ishlash, strategiyani xar yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yunalishlarni ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jixatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabo’l qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi.
    Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko’rib chiqilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir.
    Strategik rejalashtirishning afzalliklari7:

    1. Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun xarakat qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yunaltirilganligini ta’minlash;

    2. Vujudga kelayotgan o’zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendentsiyalarga menejerlarning yanada aniq reaktsiya ko’rsatish zaruriyati;

    3. Kapital quyilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyixalarga oqilona yunaltirish imkoniyati;

    4. Boshqarishning barcha darajalari raxbarlarini karorlarini birlashtirish imkoniyati;

    5. Faol raxbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o’zgarishlarga passiv reaktsiya ko’rsatish tendentsiyalariga karshilik qiladigan muxitni yaratish.
    Nazorat uchun savollar

    1. Strategik ko’rish tushunchasining mazmuni nima?

    2. Moliyaviy maqsadlar nimalarni o’z ichiga oladi?

    3. Strategik maqsadlar mazmuni qanday?

    4. Muddatiga ko’ra strategik maqsadlar necha xil bo’ladi?

    5. Strategik reja qanday xususiyatlarga ega?

    6. Strategiyani ifodalashga qanday talablar qo’yiladi?

    1. Download 8,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.