|
Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy
|
bet | 6/26 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 8,72 Mb. | | #154374 |
Bog'liq strategik menejmentMaqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar. Kompaniyaning aktsionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko’pchilik korporatsiyalarning maqsadi aktsionerlarning daromadlarini imkon qadar ko’paytirishdan iboratdir. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda oladilar:
dividendlardan;
bozorning ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) kapitalning qiymati ortishidan
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir, bu esa kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
ishlab chiqish
Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
Korxonaning biznesini aniqlash
uning asosiy maqsadlarini belgilash
korporativ falsafani aniqlash.
14Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland .p 65
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (4-rasm.)
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
Bizning biznesimiz nimadan iborat?
U qanday bo’ladi?
U qanday bo’lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni taqozo etadi:
kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)?
qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)?
istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi ustunliklar)?
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan. Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
kompaniya portfelining maqsadlari;
xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans.
Nazorat uchun savollar
Kompaniya rahbariyatining rivojlanishi yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha vazifalari.
Missiya mazmuni va uning asosiy savollari.
Missiyani ifodalashga qanday talablar qo’yiladi?
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari nima?
Strategiya qanday darajalarda ishlab chiqiladi?
Strategiyani shalkllantiruvchi omillar.
Strategiyani ishlab chiqishga qanday yondoshuvlar bo’ladi?
|
| |