• Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish
  • Tajovuzkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash
  • Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet9/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, uning bozordagi mavqei, strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi.

  • Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo’lishi y’ki yetakchi bo’lgan Korxonalarni aniqlash. Buning uchun xar bir korxonaning potentsial imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish y’ki o’zib bo’lgan korxonalar belgilanadi. Kelajakda qaysi korxonalar o’z mavqeini yo’qotadi , qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash korxonaning strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi.

  • Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish. Agressiv raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan korxonalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz korxonalarning axvoli shu qadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan bo’lsa xam xujumga o’tishga majbur bo’ladilar.

    Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida axborot yig’ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning xarakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi.
    Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo’lib, tahlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi.
    Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan22:

    1. Texnologiyaga bog’liq omillar:

    • ilmiy tadqiqotlarning saviyasi;

    • ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsiyalarga qodirlik;

    • mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik;

    • mazkur texnologiyada ekspertlarning roli.

    1. Ishlab chiqarish bilan bog’liq omillar:

    • kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko’lamidan tejash, to’plangan tajriba samarasi);

    • ishlab chiqarish sifati;

    • yuqori fond qaytimi;

    • ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo’lishi, kafolatlanadigan xolda joylashtirilishi;

    • tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash,

    • yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan sohalarda);

    • arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot;

    • ishlab chiqarishning model va o’lchamlarning o’zgarishiga moslashuvchanligi.

    1. Taqsimlash bilan bog’liq omillar:

    • distribyutorlar/dilerlarning qudratli tarmog’i;



    21Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p. 120
    22Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.124

    • chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli;

    • kompaniyaning o’z tarmog’i;

    • tez yetkazib berish.

    1. Marketing bilan bog’liq omillar:

    • savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli;

    • qulay, arzon servis va texnik xizmat ko’rsatish;

    • xarid talablarini aniq qondirilishi;

    • tovarlar diapazonining kengligi;

    • tijorat san’ati;

    • jozibali dizayn va upakovka ;

    • xaridorlar uchun kafolatlar.

    1. Malakaga bog’liq omillar:

    • noyob istedodlar;

    • sifatni nazorat qilish «nou-xau»si;

    • loyixalash sohasidagi ekspertlar;

    • texnologiya sohasidagi ekspertlar;

    • aniq va sodda reklama qilish qobiliyati;

    • ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi mahsulotlarni xosil qilish va ularni tez bozorga olib chiqa olish.

    1. Tashkilotning imkoniyatlariga bog’liq omillar:

    • oliy darajadagi axborot tizimlari;

    • o’zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati;

    • boshqaruv maxorati va boshqaruv sohasidagi «nou-xau»larning mavjudligi.

    1. MAOning boshqa turlari:

    • ijobiy imidj va obro’;

    • o’zini peshqadam deb xis qilish;

    • qulay joylashuv;

    • xushmuomala va muloyim xizmat ko’rsatish;

    • patent ximoyasi;

    • umumiy xarajatlarning kamligi.

    Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baho berish lozim («Menejment asoslari» kursiga qarang)
    Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo’lish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun rorxona ta’minlashi lozim bo’lgan raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga korxona aloxida etibor berishi kerak, chunki ular korxonaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib beradi) M.K.O xar bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatga , ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim tarmoqlarda MKOlar 3-4ta bo’lishi mumkin, lekin xal qiluvchi axamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo’ladi.
    Tarmoq va undagi raqobat tahlilining pirovardida tarmoqning jozibadorligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi:
    A-tarmoqning o’sish imkoniyatlari
    B-xarakatlantiruvchi kuchlarning tarmoqqa ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi:
    V-Tarmoqqa yirik korxonalarning kirish (chiqish) imkoniyatlari: G-Talabning barqarorligi:
    D-Raqobat kuchlari ta’sirining kuchayishi yoki zaiflashishi:
    E-Tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi:
    J-Tavakkalchilik va noaniqlik darajasi:
    Z-Raqobat natijasida tarmoqdagi daromad darajasining pasayishi yoki ko’tarilishi.


      1. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish

    Bunday umumlashtirish 3.3-jadval yordamida amalga oshiriladi.


    SHuni ham qayd qilib o’tish lozimki, tahlil o’ylab o’tirmay qo’llayveradigan algoritm emas. Dastlabki ma’lumotlardan foydalanish ham, natijalarni talqin qilish ham ijodiy yondashuvni talab qiladi. Bunday tahlil bir martali jarayon bo’lmay, real o’zgarishlarni hamda uni qo’llash amaliyotining natijalarini xisobga olgan xolda davriy takrorlab turishni talab qiladi.


      1. Tajovuzkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash

    Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga bosim ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yul qo’yadilar.


    Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar23:

    • yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda;

    • xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;

    • tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda;

    • xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);

    • xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va xokazo;

    Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan bosim ayniqsa kuchli bo’ladi:

    • yetkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda;

    • tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi rorxonalar uchun muxim bo’lmaganda;

    • yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda;

    • yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;

    • sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.

    Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
    Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’lanadi:

    1. SHavqatsiz raqobat

    2. Intensiv raqobat

    3. Meyordagi raqobat

    4. Jalb qiluvchi zaif raqobat

    Bozorga yangi kirib kelgan orxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi.


      1. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy


    Download 8,72 Mb.
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.