• Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
  • Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari
  • Nazorat uchun savollar
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet17/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment


    Partizan urushi.

  • Zarbalar.



      1. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan

    foydalanish

    Raqobat bozorlarida barcha Korxonalar raqobatchilar uyushtiradigan xujumlarning ob’ektlari bo’lishi mumkin. Xujumlar xuddi eski, amaldagi Korxonalar tomonidan bo’lganidek, yangi Korxonalar tomonidan bo’lganidek, yangi Korxonalar tomonidan xam bo’lishi mumkin. Ximoyaviy strategiyaning maqsadi xujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yuqotish bilan utkazib yuborish. Ximoya strategiyasi kompaniyaning raqobat ustunligini kuchaytirmasa xam, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va raqobat ustunligini saklab kolish imkonini beradi.


    Raqobat ustunligini ximoya qilishning bir qancha yullari mavjud. Ulardan biri - raqobatchilarning sozlangan xarakatlarni boshlashlari uchun xalal berish. Bunday yondoshuv kuyidagi asosiy qadamlarni ko’zda tutadi35:

    1. Bo’sh bozor uyalarini tuldirish uchun mahsulot nomenklaturasini kengaytirish.

    2. Raqobatchilar ega bo’lgan yoki ega bo’lishi mumkin bo’lgan modellar va mahsulotlar sortlarini ishlab chiqish.

    3. Pastroq narxlarda raqobatchilarning mahsulotlariga yakin modellarni taklif

    etish.

    1. Raqobatchilarni vositachi va distribьyuterlarning taksimlash tarmogidan sikib

    chiqarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash.

    1. Vositachilar va distribьyuterlar boshqa ta’minotchilar bilan aloka boglashlariga xalal berish uchun ularga sezilarli skidkalarni kafolatlash.

    2. Istemolchilarni bepul yoki past narxlarda ukitishni taklif etish.

    3. O’z mahsulotiga istemolchilar talabini saqlab kolish uchun choralar ko’rish.

    4. Kreditga sotish xajmlarini oshirish.

    5. Butlovchi qismlar yetkazib berish vaktini qisqartirish.

    6. Muqobil texnologiyalarni patentlash.

    7. Xususiy nou-xaularni ximoyalash.

    8. Eng yaxshi ta’minotchilar bilan eksklyo’ziv kontraktlar imzolash.

    9. Raqobatchilarni yakinlashtirmaslik uchun xom ashyolarni katta xajmlarda sotib olish.

    10. Raqobatchilar bilan ishlaydigan ta’minotchilardan voz kechish.

    11. Tovarlar va raqobatchilar xarakatlarni doimo nazorat qilib turish.

    Ximoyaviy strategiyaga bo’lgan ikkinchi yondoshuv raqobatchilarga ularning xarakatlari javobsiz kolmasligi va kompaniya xujumga tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat.
    Raqobatchilarning xujumkor xarakatlariga karshilik ko’rsatishning boshqa yuli raqobatchilarni o’ziga jalb etadigan va ularni xujumkor xarakatlarga undaydigan foydani kamaytirishga urinishdan iborat.
    Korxonaning foydaliligi qanchalar yuqori bo’lsa, bu boshqalar uchun o’ziga jalb etadigan «xurak» vazifasini utaydi va xujumkor xarakatlar qilish istagini tugdiradi. Bunday sharoitda kompaniya xisob mexanizmlari yordamida ximoyalanishi mumkin.


      1. Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi

    Kompaniya mablaglarini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobatustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag sarflashning foydasi yuq.


    «Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda ishlab chiqarishning talab etiladigan xajmi shu darajada yuqori bo’ladiki, u xuddi ta’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta’minlaydi.
    «Oldinga» vertikal integratsiya xam ana shunday ildizlarga ega. Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga kuyidagilar kiradi:

    1. Integrallashgan Korxonalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish tendentsiyasiga ega bo’ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bog’liq.

    2. Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida Korxonaning imkoniyatlarini cheklaydi.

    3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi xar bir bosqichda kuvvatlarni balansligi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga olib keladi.

    4. «Oldingi» yoki «orkaga» integratsiya turli malaka, maxorat va ishbop kobiliyatlarini talab etadi.

    SHunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining xam kuchli, xam kuchsiz tomonlari bo’lishi mumkin. Integratsiyaning kanday yunalish va kanday mikyoslarini tanlash kuyidagilarga bog’liq:

    1. Integratsiya kompaniyaning strategik jixatdan muxim bo’lgan ish sohalari xarajatlarini pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish tomoniga yaxshilashga kodirmi?

    2. Kapital xarajatlar, javobiy reaktsiyaning chapdastligi va tezligiga, ma’muriy xarajatlarga kanday ta’sir ko’rsatadi?

    3. Raqobat ustunligini yaratishga kodirmi?



      1. Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari

    Vakt omili strategiyani tanlashda xal qiluvchi rolь uynaydi:Ustunlikka erishish uchun «kaldirgoch» Korxonaning «kaltis vaktda strategik xarakat kerakmi yoki kerak emas?» degan savolga javob beradi.


    Strategik qadamlarni birinchi bo’lib kuygan Korxona shundagina yuqori natijalarga erishishi mumkin, kachonki36:

    1. Tashabbuskorlik Korxonaning obro’ orttirishiga yordam bersa.

    2. Xom ashyo, yangi texnologiyalar ta’minotchilari, sotish tarmoqlari bilan erta urnatilgan alokalar mutlok ustunlikni egallashga imkoniyat yaratishi mumkin.

    3. Birinchi xaridorlar takroriy xaridlarni amalga oshirib kompaniyaga kuchli ixlosmandlikni saklab koladilar.

    Ammo kutish xar doim xam muvaffakiyatsiz yondoshuv bo’lavermaydi.
    «Qaldirgoch»lar uchun kiyinchiliklar paydo bo’ladi, qachonki:

    1. Birinchi bo’lib yurish, yulboshchilardan keyin yurishga karaganda ancha kimmatga tushadi.

    2. Texnologik o’zgarishlar shunchalik tez amalga oshadiki, ilk investitsiyalar tezda samarali bo’lmay koladi.

    3. Kutayotganlarga bozorga kirish osonrok, chunki xaridorlar xar doim xam

    «kaldirgoch»larga sadokatni saklab kolavermaydilar.

    1. Ilgarilab ketayotganlarning maxorat va nou-xaularidan osongina nusxa kuchirilishi mumkin yoki xatto orkada kolayotganlar tomonidan takomillashtirilishi xam mumkin.



    Nazorat uchun savollar




    1. Raqobat strategiyalarining turlari.

    2. Xarajatlar bo’yicha yetakchilik strategiyasi qanday vaziyatda qo’llaniladi?

    3. Tabaqalashtirish strategiyasi qachon qo’llaniladi?

    4. Xujumkorlik strategiyasining turlari.

    5. Raqiblar xujumini oldini olish uchun nimalar qilinadi?

    6. Raqobat ustunligini himoyalash yo’llari.




    1. Download 8,72 Mb.
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.