• Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam
  • Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet13/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    Asosiy faoliyat doirasida: moddiy-texnika ta’minoti; tayyorlash;
    tovarlarni istemolchilarga yetkazish; sotish va marketing;
    xizmat ko’rsatish;
    Qo’shimcha faoliyat doirasida:


    28Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.162
    tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish; inson resurslarini boshqarish;
    umumiy boshqarish;
    Xarajatlarni to’gri baholash uchun menedjer 4 ta ishni bajarishi lozim: Korxonaning qiymatlar zanjirini to’zish;
    zanjir ichida turli uchastkalar o’rtasidagi aloqani o’rganish; bozorda muvaffaqiyat keltiruvchi faoliyat turlarini aniqlash; solishtirma baholash o’tkazish;


      1. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam?

    Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi29:



    • xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;

    • amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;

    • asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega;

    • xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;

    • tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi;

    Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

    1. qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati to’ziladi;

    2. qadam - xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;

    3. qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;

    4. qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi;



      1. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi?

    Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga etibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:



    1. tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda Korxonaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;

    2. Korxonaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;

    3. tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya qiladimi;

    4. qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan ximoya qila olmaydi;



    29Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.164

    1. bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar yetkaza oladimi, agar yetkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;

    2. kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;

    3. bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;

    4. kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish lozimmi;

    Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi.
    Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:

    • mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?

    • mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan qanchalik kuchli bog’liq?

    • mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan qanchalik yaxshi ximoyalangan?

    • mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay oladimi?

    • kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?

    • kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni ko’paytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora- tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?



      1. Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari.


    Download 8,72 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.