|
Menejment va marketing
|
bet | 1/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYА INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
“MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI”
FANIDAN O’QUV MATERIALLARI
TOSHKENT – 2023
Mavzu 1« Menejment va marketing asoslari » fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi.
1. Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari, menejment ob’ekti va sub’ekti.
2. Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, kuzatish usullari mazmuni.
3. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy,xuquqiy, kibertnetika va boshqa fanlar bilan uzaro aloqalari.
1. Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari, menejment ob’ekti va sub’ekti.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
boshqaruv xokimiyati va san’ati;
resurslarni boshqarish bo‘yicha a’loxida moxirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment-bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak sa’nat va maxoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
|
Yuksak san’at va maxoratni talab qiluvchi tanlov
|
|
| |
|
| |