• Megodarajada
  • Menejment fanining taxlil usullari
  • Menejment va marketing




    Download 2,21 Mb.
    bet4/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Menejment ob’ekti va sub’ekti

    Makrodarajada


    Mamlakat (respublika):
     qonun chiqaruvchi xokimiyat (Oliy majlis)
     ijro etuvchi xokimiyat (£zR VazirlarMaxkamasi)
     sud xokimiyati

    Viloyat:


    • KKR Jokargi kengashi, viloyat deputatlari

    • KKR Ministrlar soveti, viloyatlar xokimiyatlari

    • KKR Oliy sudi, viloyatlar sudlari

    Tuman (shaxar):

    • tuman (shaxar) xalq deputatlari

    • tuman (shaxar) lar xokimiyatlari

    • tuman (shaxar) sudlari

    Megodarajada


    Kontsern (ko‘p tarmoqli korporatsiya):

    • Qo‘mitalar va ularning raislari Sektor (tarmoq):

    • Vazirliklar va vazirlar

    Mikrodarajada


    Korxona (firma), korporatsiya:

    1. Jamoa kengashi va raislar, prezident

    Xodimlar:

    • Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari

    Ishlab chiqarish:

    1. Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari

    Samaradorlik:

    1. Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari

    O’z-o‘zini boshqarish:

    1. Fuqarolar yig‘ini, rais (oqsoqol) lar.

    Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot(fakt) lar jamlab baxolanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo‘lishi mumkin. Bu boshqaruvni tafakkur etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
    Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, taxlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi.

    Menejment fanining taxlil usullari


    Sistemali yondoshuv:

    • boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:

    • sistemali - kompleks yondoshuv

    • sistemali - funktsional yondoshuv

    • sistemali - tarkibiy yondoshuv

    sistemali - kommunikatsion yondoshuv
    Kompleksli yondoshuv:

    • boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi.

    Tarkibiy yondoshuv:

    • boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.

    Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv:

    • boshqariluvchi ob’ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo‘llaniladi.

    Integratsion yondoshuv:

    • boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi.

    Modellashtirish usuli:

    • boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.

    Iqtisodiy-matematik yondoshuv:

    • optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo‘llash.

    Kuzatish usuli:

    • boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli.

    Eksperiment (tajriba) usuli:

    • boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash.

    Sotsiologik kuzatuv usuli:

    • boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish.

    Ilmiy jixatdan asoslangan boshqarish qayd qilingan usullarning chambarchas ravishda bog‘lab olib borilishini taqoza etadi.
    Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
    Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
    Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
    Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:

    • boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;

    • boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

    • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi.

    Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.



    Download 2,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




    Download 2,21 Mb.