• Tamoyil
  • Menejmentning tamoyillari




    Download 2,21 Mb.
    bet6/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Menejmentning tamoyillari

    Qonun - bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy xuquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya £zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim xaqida qonun va x.k.


    Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimoiy gurux va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat.
    Tamoyil - mayl, moyillik, tendentsiya.
    “Printsip” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-xarakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, rahbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Printsiplarni menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin.
    Qonun va tamoyillarda menejmentning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasidagi ob’ektiv, muxim, takrorlanadigan, nisbiy, turg‘un, aniq muayyanlik va moxiyat bilan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
    Bundan ko‘rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari faqat xamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin.

    Menejmentning tamoyillari



    Demokratiyalash tamoyili

    • ommani boshqarishga keng ko‘lamda jalb qilishni, kengash va maslaxat bilan ishlarning bajarilishini talab qiladi.

    Ierarxiya tamoyili

    • boshqarishning pog‘onaligiga asolanadi. Bu tamoyil, bir tomonidan, markaziy, ikkinchi tomondan esa, viloyat shaxar va tumanlar darajasidagi davlat xokimiyati xamda boshqaruv idoralarining vazifalarini aniq belgilanishini talab qiladi. Samarasiz




    boshqaruv bo‘g‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik boshqaruv jarayoni chigallashadi.

    Rejalashtirish tamoyili

    • boshqarish bo‘g‘inlari o‘rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi.

    Yakkaxokimlik tamoyili

    • boshqarish tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, unga boshqariladigan ob’ekt, uning mol-mulki, pul mablag‘lari ishonib toshiriladi. Yakka xokimlik boshqarishda jiddiy tartib va mexnat intizomini ta’minlaydi. Bunda “Ko‘plashib muxokama qilmoq kerag-u, lekin mas’uliyat yakka bir kishida bo‘lmog‘i kerak” degan printsip amal qiladi.

    Ilmiylik tamoyili

    • menejerlardan chuqur bilimni, o‘z soxasi bo‘yicha iqtisod, mantiq, ruxiyat, matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishini talab qiladi. Shu bilan birga uning saviyali tashkilotchi, tashabbuskor g‘oyalarga boy, izlanuvchan, bozor kon’yunkturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan mutaxassis bo‘lishini talab qiladi.

    ¡ayta aloqalar tamoyili

    • Topshiriqni berishda tushundinglarmi? deb so‘rash etarli emas. Bunday savolga javobgar shaxslardan tasdiqlovchi javobni, topshiriqni to‘g‘ri tushunganligini so‘rash kerak.

    Javobgarlik tamoyili

    • bu tamoyil, eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxona va xodimlarning sho‘ri. Menejer uchun xuquqiy javobgarlik o‘ta yuqori bo‘lishi kerak.

    Shunday qilib, boshqarish tamoyili (printsipi) deganda boshqaruv organlari va rahbarlari faoliyatining zaminini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish tamoyillari-bu boshqaruv amaliyotida ob’ektiv qonunlardan ongli foydalanish shakllaridandir.
    Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xususan, Turkistonda bu tamoyillar Amir Temur xukmronligi davrida shakllana boshlagan. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi Turkistondek buyuk davlat

    • ilmiylik;

    • yakka xokimlik;

    • ierarxiya;

    • bilimdonlik;

    • demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.

    Xurosonlik yirik shayx va shayxuislom, Amir Temurning e’tiqod qo‘ygan, pirlaridan, tinchliksevar va raiyatparvar inson Zaynuddin Abubakir Toybodiy Temurga maktub yozib uning saltanat yumushlarida quyidagi “to‘rt ishni qo‘llashini aytgan, ya’ni:
    1) Kengash;
    2) Mashvaratu maslaxat;
    3) Xushyorligu muloxazakorlik;
    4) Extiyotkorlik.
    Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslaxat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Yana shuni xam bilgilkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogox qilingandan keyin shuni aytish joizdirkim, qat’iylik, sabr, chidamlilik, xushyorlik, extiyotkorlik, va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom”
    Maktubni o‘qib Amir Temur o‘z Tuzuklarida: “U menga saltanat ishlarining to‘qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo keltirishni anglatdi...
    Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi qat’iy, tadbirlar va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi”-deb yozgan edi.
    Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida sobiq SSSR quyidagi tamoyillarga asoslanib boshqarilgan.



    Download 2,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




    Download 2,21 Mb.