• 3. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy,xuquqiy, kibertnetika va boshqa fanlar bilan uzaro aloqalari. Menejment
  • Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, kuzatish usullari mazmuni




    Download 2,21 Mb.
    bet5/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    2. Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, kuzatish usullari mazmuni.
    Usul-bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazardan metod deganda boshqaruv ob’ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ya’ni mazkur o‘quv qo‘llanmaning 4-savolida ko‘rib chiqilgan:
    *sistema(tizim)li yondashuv;
    *kompleksli, yondoshuv;
    *tarkibiy yondashuv;
    *integratsion yondashuv;
    *Modellashtirish;
    *iqtisodiy-meatematik yondashuv;
    *kuzatish;
    *eksperiment;
    *sotsiologik kuzatuv kabi taxilining ilmiy usullari ushuniladi.
    Ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazrdan metod deganda esa boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga qanday tarzda ta’sir o‘kazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
    *funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli;
    * boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
    *boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
    Xar xil yondashuvlar, yo‘sinlar, yo‘llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmuasi boshqaruvning aniq va o‘ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:
    Boshqaruv usullari- bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usllar qo‘yidgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazrda tutadi.
    Boshqarish metodlari ishlab chiqirish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi.
    Funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli bu boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi. Ularni qo‘yidagi tizimosti bo‘limlar misolida ko‘rish mumkin.
    3. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy,xuquqiy, kibertnetika va boshqa fanlar bilan uzaro aloqalari.


    Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
    Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
    Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
    Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:

    • boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;

    • boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

    • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi.

    Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.

    Download 2,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, kuzatish usullari mazmuni

    Download 2,21 Mb.