11-Ma’ruza.
Ma’lumotlardan foydalanishni mantiqiy boshqarish
Reja:
1. Foydalanishni boshqarish
2. Foydalanishni diskresion boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC)
3. Foydalanishni mandatli boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC)
4. Foydalanishni rollarga asoslangan boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC)
5. Foydalanishni atributlarga asoslangan boshqarish usuli (Attribute-based access control, ABAC)
Kalit so’zlar: foydalanishni boshqarish, foydalanishni diskresion boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC), foydalanishni mandatli boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC), foydalanishni rollarga asoslangan boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC), foydalanishni atributlarga asoslangan boshqarish usuli (Attribute-based access control, ABAC), foydalanishni boshqarish matrisasi, ACL yoki S-list.
Foydalanishni boshqarish
Avtorizasiya ruxsatlarni nazoratlashning autentifikasiyadan o’tgan foydalanuvchilar uchun harakatlarni cheklash bilan shug’ullanuvchi qismi bo’lib, aksariyat hollarda foydalanishni boshqarish modellari yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ma’ruzada ma’lumotlarga nisbatan foydalanishni mantiqiy boshqarish tartibi bilan tanishib chiqiladi.
Foydalanishni boshqarish subyektni obyektga ishlash qobilyatini aniqlashdir. Umumiy holda foydalanishni boshqarish quyidagi diagramma bilan tavsiflanadi (11.1-rasm):
11.1-rasm. Foydalanishni boshqarish
Hozirda tizimlarda obyektlarni boshqarish uchun turlicha usullar mavjud bo’lib, ularga quyidigalarni misol keltirish mumkin:
diskresion foydalanishni boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC);
mandatli foydalanishni boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC);
rolga asoslangan foydalanishni boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC);
attributlarga asoslangan foydalanishni boshqarish usuli (Attribute-based access control, ABAC).
Tizimda ushbu foydalanish usullari bir-biridan alohida-alohida foydalanilishi talab etilmaydi va ularning kombinasiyasidan ham foydalanish mumkin (11.2-rasm).
11.2-rasm. Foydalanishni boshqarish tizimlari
|