5-ma’ruza
Mavzu: Boshqarish elementlari: Relelar. Fotoelektron rele. Ximoya apparati. Ikki xolatli ARSni mantiqiy boshqarish sxemasi.
1.Boshqarish elementlari. Relelar.
2.Fotoelektron rele.
3.Himoya apparati.
4.Ikki holatli ARSni mantiqiy boshqarish sxemasi
Rele avtomatik sistemalarda boshqarish, himoya, nazorat signalizasiya, rostlash va boshqa diskret operasiyalarni bajarish uchun juda ko’p qo’llaniladigan apparatdir. Relega kiruvchi signal uzluksiz ravishda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda sakrashsimon xarakteristikali chiqish signali hosil bo’ladi. Shundan so’ng kiruvchi signal qiymatini o’zgarish oshishi javomida chiquvchi signal o’zgarmaydi. Kiruvchi signal kamayib ma’lum miqdorga etganda esa, chiqish signali sakrashsimon xarakterga uziladi va oldingi holatga qaytadi.
Rele xususiyatlari bilan elektromexanik relening ulanish sxemasi va xarakteristikasi orqali tanishish mumkin. Rele cho’lg’amiga Ik potengsiometr surilgichini pastdan yuqoriga qarab surish yo’li bilan sekin ko’paytirib borilganda tok kattaligi Iish ga yoki signal Xish ga etganda rele ishga tushadi, ya’ni uning kontakti orqali o’tadigan sakrashsimon xarakterga ega bo’lgan qish signali Ich yoki Xch hosil bo’ladi, ya’ni rele ishga tushadi. Shu sababli relega kiruvchi signalning bu qiymati ishga tushishi signali Xish deb ataladi.
Endi potensiometrning surilgichini pastga surib kirish signalini kamaytirib boshlasak, Ik yoki Xk bo’lganda chiqish signali keskin kamayadi, ya’ni rele o’z kontaktlarini bo’shatib yuboradi, chiqish signali yo’qoladi. Relega kiruvchi signalning bu qiymati qaytish signali Xk deb ataladi. Rele o’zining quyidagi asosiy parametrlari bilan xarakterlanadi: bu quvvat relening ishonchli ishlashi, ya’ni kontaktlarning barqaror ulanib turishi uchun zarur bo’lgan tashqaridan ta’sir qiladigansignalning minimal qiymatiga teng bo’ladi. Boshqarish quvvati: u relega ta’sir qilayotgan signalning shunday minimal quvvatidirki bunda rele kontaktlari uzilmay turadi.
Qaytish koeffisienti Kk=Xk/Xish.
Relening ishga tushish vaqti relega boshqarish signali berilganda to undan signal chiqqunga qadar o’tadigan vaqt.
Rele ishga tushish vaqtiga qarab, tez ishlovchi, normal, kechikishli va vaqt relelariga bo’linadi,masalan: relening ishga tushish vaqti tish<0.05 s bo’lsa, tez ishlovchi rele va tish= 0.05…0.15 s bo’lsa, normal rele tish>0.15 s bo’lsa , sekinlatilgan rele deyiladi. Ishga tushish vaqti 1 s bo’lib, bu vaqtning yana ma’lum oraliqlarda o’zgartirish mumkin bo’lgan rele vaqt relesi deyiladi.
7.5- rasm.
Ulash imkoniyatlari relening kontakt juftlari soni bilan aniqlanadi. O’lchamlari, massasi va ishonchli ishlashi hamrelening asosiy parametrlari hisoblanadi.
Elektr relelari elektromagnit, magnitoelektron vaqt relesi kabi turlarga bo’linadi.
Elektromagnit rele avtomatik sistemalarning boshqarish zanjiridagi tok turiga qarab ikki xil bo’ladi:
O’zgarmas tok relesi
O’zgaruvchan tok relesi.
O’zgarmas tok relesining ikki turi 1-rasmda a)yuqori aylanuvchi relelar, b)gerkonlar kontaktlari germetik berkitilgan rele rasmda ko’rsatilgan.
Bu tipdagi barcha relelarning ishlash prinsipi bir xil bo’ladi, chunki ularning barchasida hamma elektromagnit cho’lg’ami 1 dan tok o’tganda qo’zg’aluvchi po’lat 3 qo’zg’almas po’lat o’zak 2 tomon tortiladi va u bilan mexanik bog’langan kontaktlar 4 ulanib, boshqariluvchi zanjirda chiqish signali Xch hosil bo’ladi. Gerkonlarda qo’zg’aluvchi po’lat o’zak vazifasini kontakt sistemasidagi plastinkalar 4 bajaradi. Elektromagnit relelarning magnit zanjiridagi ochiq holatida katta va kontaktlar ulangan holatida ancha kichik bo’lishi sababli bu relelarning qaytish koeffisienti 1 dan ancha kichik , ya’ni Kk< 1 bo’ladi, bu erda Kk – relening qaytish koeffisienti.
Ma’lumki elektrmagnit maydonining kuchi Fem qo’zg’aluvchi po’lat o’zak oralig’i yoki prujinaning tortish kuchi, Fpr dan katta,ya’ni Fpr< Fem bo’lgandagina rele kontaktlar yopiladi, yopiq kontaktlar 5 esa ochiladi.
Relening ishga tushish toki Iish , qaytish toki Ik lardan qancha katta bo’lishini bilish uchun kontaktlarning ulanish va uzilish vaqtidagi elektromagnit maydon kuchi prujinaning tortish kuchiga teng, ya’ni Fpr=Femul=Femuz deb faraz qilamiz. U holda aIishW2/ u0max =aIqW2/ u0min yoki
u0min / u0max =Iq/ Iish = Kk <1
Odatda kuchsiz tok relelarining qaytish koeffisienti Kk=0.3…0.5 bo’ladi.
Rele kontaktlarining ulanish uzilish tezligi va bu parametrlarni o’zgartira olish imkoniyatlari borligi katta amaliy ahamiyatga ega. Buni releni dinamik xarakteristikasi asosida qurish mumkin. Bu xarakteristika rele elektromagnit cho’lg’amining differensial tenglamasi U=R1+ Ldi/dt ni echish yo’li bilan yoki tajriba yo’li bilan quriladi. Tenglamani echimi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
I = Un / R (1-et/ t), bunda, In / R- g’altak tokining barqaror rejimidagi qiymati yoki relening ishlash toki; T=XR / R – zanjirning vaqt konstantasi; Un – relening nominal kuchlanishi; RX1 – elektromagnit chulg’amining aktiv va induktiv qarshiligi (XL=щL).
Relening barqaror ishlashi uchun uning nominal toki In dan ancha katta bo’lishi kerak.
Odatda Kzap= In / Iish- relening zapas koeffisienti deyiladi.
G’altakning dinamik xarakteristikasi tenglamadan relening ishlash tezligini oshirishining 2 yo’li borligini ko’rish mumkin:1) relening toki In qiymatini oshirish; 2) relening vaqt konstantasi T ni o’zgartirish. Relening nominal toki qiymatini oshirish amalda 1.5< Kzap< 2 bilan chegaralanadi.
O’zgarmas tok relelarining ishlash tezligini oshirish uchun qo’llaniladigan bir necha sxemalar mavjud.
1>
|