|
Foydalanishni boshqarish matrisasi
|
bet | 6/7 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 2,96 Mb. | | #103078 |
Bog'liq 11-maruzaFoydalanishni boshqarish matrisasi
Avtorizasiyaning klassik ko’rinishi Lampsonning foydalanishni boshqarish matrisasidan boshlanadi. Ushbu matrisa operasion tizimni barcha foydalanuvchilar uchun turli ma’lumotlarni boshqarishi xususisidagi qarorni qabul qilishi uchun zarur bo’lgan barcha axborotni o’z ichiga oladi.
Operasion tizimdagi foydalanuvchilar subyekt sifatida va tizim resurslari obyekt sifatida qaraladi. Avtorizasiya sohasidagi ikkita asosiy qurvchilar: foydalanishni boshqarish ro’yxati (Access control list, ACL) va imtiyozlar ro’yxati (Capability list, C-list) hisoblanib, har ikkalasi ham Lampsonning foydalanishni boshqarish matrisasidan olingan. Ya’ni, matrisaning satrlari subyektlarni va ustunlari obyektlarni ifodalaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, biror subyekt ga va obyekt uchun berilgan imtiyozlar ularning matrisadagi indekslari kesishgan nuqtada saqlanadi. Quyidagi 9.1-jadvalda foydalanishni boshqarish matrisasi keltirilgan bo’lib, unda imtiyozlar UNIX operasion tizimidagi imtiyozlar shaklida, ya’ni, lar mos ravishda bajarish, o’qish va yozish amalini anglatadi.
11.1-jadval
Foydalanishni boshqarish matrisasi
|
OT
|
Buxgalteriyaga oid dastur
|
Buxgalteriyaga oid ma’lumot
|
Sug’urta ma’lumoti
|
To’lov qaydnomasi ma’lumoti
|
Bob
|
rx
|
rx
|
r
|
-
|
-
|
Alisa
|
rx
|
rx
|
r
|
rw
|
rw
|
Sem
|
rwx
|
rwx
|
r
|
rw
|
rw
|
Buxgal-teriyaga oid dastur
|
rx
|
rx
|
rw
|
rw
|
r
|
Yuqoridagi jadvalda aks ettirilgani kabi, buxgalteriyaga oid dastur ham subyekt ham obyekt sifatida olingan. Bu foydali tanlov bo’lib, buxgalteriyaga oid ma’lumotlarni faqat buxgalteriyaga oid dastur tomonidan boshqarish imkonini beradi. Ya’ni, turli buxgalteriya tekshiruvlari va balans haqidagi ma’lumotlar faqat buxgalteriyaga oid dasturiy ta’minot tomonidan boshqarishilishi shart va yuqoridagi matrisada keltirilgan shakl buni ta’minlaydi. Biroq, bu matrisa bo’lishi mumkin bo’lgan barcha hujumlarni oldini olmaydi. Chunki, tizim ma’muri Sem buxgalteriga oid dasturni noto’g’ri versiya bilan almashtirish yoki soxta versiya bilan almashtirish orqali ushbu himoyani buzishi mukin. Ammo bu usul Alisa va Bobga buxgalteriya ma’lumotlariga qasddan yoki bexosdan buzilishiga yo’l qo’ymasdan kirish huquqini beradi.
|
| |