|
1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti
|
bet | 1/8 | Sana | 03.08.2024 | Hajmi | 280,37 Kb. | | #269091 |
Bog'liq 1 мавзу (2)
1-MAVZU:SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA.
REJA:
1.Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar.Uning obyekti va predmeti.
2.Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Haldun va boshqalar) zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida.
3. G‘arb sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida sotsiologiyaning obyekti va predmeti muammosi
4.Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o‘ziga xos o‘rni.
Tayanch so‘z va iboralar: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Haldun va boshqalar) zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida. G‘arb sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida sotsiologiyaning obyekti va predmeti muammosi. Sotsiologiyaning turli yo‘nalishlarida fanning obyekti va predmeti muammosini yechish yo‘lidagi g‘oyaviy-nazariy izlanishlar. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati.
Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar: «Aqliy hujum», BBB me’todi, «Blits so’rov», taqsimot jadvalidan foydalanish.
1.1.Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar.Uning obyekti va predmeti.
Ogyust Kont(1798-1857)
Sotsiologiya /lotincha ”societas” – jamiyat va yunoncha “logos” – tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatib/ jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning o‘zaro aloqadorligini o‘rganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy ma’noda jamiyat to‘g‘risidagi fandir.
Sоsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga fransuz faylasufi Ogyust Kont(1798-1857) tomonidan kiritilgan.
O. Kont sotsiologiya fanini fan sifatida rivojlantirishga katta xizmat qilgan jamiyatshunos olimdir. Uni bejiz sotsiologiyaning “ota”si hisoblashmaydi.O.Kont tufayli sotsiologiya jamiyat haqidagi mustaqil fan sifatida rivojlandi. 1830-1842 yillarda o‘zining mashxur 6 tomlik “Pozitiv falsafa ruhi”kitobini chop ettiradi.Unda fanlar klassifikatsiyasi, pozitiv falsafa va sotsiologiya prinsiplarini ishlab chiqdi.1842 yilda inson muammosini o‘rganadi va 1848-yil “Pozitiv jamiyat” nazariyasini ishlab chiqdi.Umrining oxirgi yillarida yangi “diniy” ta’limot-pozitivizm ya’ni sotsial fanlar asosida insoniyatni axloqiy birlashishini, jamiyatni qayta qurishni asos tutuvchi g‘oya bilan shug‘ullandi.Fanni metafizika va teologiyadan ajratish Kont metodining asosiy g‘oyasi edi.U pozitiv so‘ziga bir necha ma’noda qaradi.Eng muhimi bo‘lmag‘ur xomxayollik, ishonchsizlik, noaniqlik kabi salbiy xodisalarga tanqidiy fikrini bayon etdi.O.Kont jamiyat haqidagi pozitiv fanni dastlab sotsial fizika, keyinroq esa sotsiologiya deb atadi.Sotsiologiya jamiyat xodisalarini fundamental qonunlarini o‘rganuvchi hamda “sotsial fizika”dan farqli o‘laroq nazariy fan ekanini tadqiq etdi.Kont sotsiologiyani inson aql zakovati va psixikasi qanday qilib ijtimoiy xayot ta’siri ostida takomillashib borishi mumkinligini tushuntiruvchi yagona fandir deb bildi. Kont nuqtai nazariga ko‘ra, sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
O. Kont tomonidan 1839 yilda «Pozitiv falsafa ruhi» asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida sotsiologiya atamasini qo‘lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
Keyinchalik sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy analiz qilishni
sotsial faktlarni empirik tadqiq qilish bilan qo‘shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. O.Kont sotsiologiyani 2 qismga ajratadi: a) sotsial statistika va b) sotsial dinamika. Sotsial statistikada ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funksional qonuniyatlari o‘rganilishini ko‘rsatadi. Unda ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din kabilar tadqiq etiladi. Sotsial dinamikada esa O.Kont ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutib, jamiyatning ma’naviy va aqliy rivojiga insoniyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Bu tamoyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O.Kont: «Har qanday bilim tafakkur mahsulidir va u insoniyat manfaatlariga xizmat qilishi kerak, aks holda bu bilimlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilsa, jamiyatga katta zarar keltiriladi», degan edi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti
|