Andijon mashinasozlik instituti
mashinasozlik texnologiyasi TMJ kafederasi
TMJ yonalishi 2-bosqich talabasi Olimov
Javohirning termodinamika fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu;Sanoat pechlari va ularning
turlari
Reja:
1.
Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida
umumiy ma’lumot
2.Sanoat pechlarida o‘txona qurilmalari
3. Sanoat pechlarida qatlamli o‘txonalar.
Sanoat pechlari
. Sanoat pechlari haqida umumiy
ma’lumot
Sanoat pechlarida yonish mahsulotlari – gazlar issiqlik tashuvchi
vazifasini bajaradi. Ularning issiqligi energetik maqsadlarda
emas, balki, texnologik maqsadlarda ishlatiladi.
Pechlar maishiy va sanoat pechlariga bo‘linadi. Sanoat
pechlarining asosiy vazifasi – materiallar va buyumlarga termik
ishlov (materiallarni qizdirish va eritish, kulolchilik buyumlarini
pishirish, non yopish, quritish va sh.k.) berishdir. Ular yuqori
temperaturali jarayonlar kechadigan qurilmalar qatoriga kiradi.
Masalan, metallarni marten pechlarida eritish uchun 1800-2000
S temperatura zarur bo‘ladi.
Temirchilik pechlarida po‘latlar 1300 – 1500
S temperaturada
qizdiriladi, o‘tga chidamli materiallar esa, 1500 – 1800
S
temperaturalarda pishiriladi. Pechlar ishlab chiqarishning ko‘p
sohalarida (metallurgiya, mashinasozlik, oziq – ovqat va kimyo
sanoati, qurilish materiallari va boshqalar) keng ko‘lamda
ishlatiladi. Sanoat pechlarida asosiy issiqlik manbai – organik
yoqilg‘idir. Elektr pechlari ham hozirgi vaqtda keng
qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda sanoat pechlarining umumiy
qabul qilingan aniq bir tasnifi yo‘q. Masalan, ularni quyidagicha
tasniflash mumkin:
|