unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo‘lgan qozonlarda torflarni yoqish
uchun qo‘llaniladi. Qatlamli o‘txonalarning asosiy kamchiligi
yonish yuzasi kichikligi
tufayli uning quvvatini
cheklanganidadir. Kamerali o‘txonalar (mash’alali) changsimon,
suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Qattiq
yoqilg‘i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo
oqimi bilan birgalikda o‘txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg‘i
muallaq holatda yonadi (4-rasm). Kamerada yoqilg‘i bilan birga
kiradigan havo birlamchi havo deyiladi.
a – qattiq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish
uchun bir kamerali
o‘txona; b – suyuq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish
uchun bir
kamerali o‘txona; v – suyuq va gaz yoqilg‘isi
yoqish uchun
o‘txona; g – changsimon yoqilg‘i yoqish
uchun ikki kamerali
o‘txona;