Sanoat pechlarida qatlamli o‘txonalar




Download 192,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.06.2024
Hajmi192,45 Kb.
#261757
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sanoat pechlari va turlari

Sanoat pechlarida qatlamli o‘txonalar.
Qatlamli o‘txonaning asosini panjarali cho‘g‘don tashkil etadi. 
Panjarali cho‘g‘don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yoqilg‘i 
teng joylashtiriladi va panjara ostidan yonish uchun zarur 
bo‘lgan havo tabiiy ravishda yoki majburan uzatiladi.
Panjarali cho‘g‘don yoqilg‘ini tutibgina qolmasdan yoqilg‘iga 
havoni o‘tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz 
o‘tkazib turish vazifalarini ham bajaradi. Cho‘g‘dondagi hamma 
teshik va tirqishlarni ko‘ndalang kesimlari yig‘indisi 
panjaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho‘g‘don 
o‘lchamlari yoqilg‘i turi va uning bo‘laklarining katta 
kichikligiga mos ravishda tanlanadi. Cho‘g‘don asosan 
cho‘yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo‘lganda, u bir 
necha bo‘lakdan tashkil topadi.
Qatlamli o‘txonalarning (3-rasm) quyidagi turlari mavjud:
Qo‘zg‘almas cho‘g‘donli va qo‘zg‘almas qatlamli o‘txonalar (3-
rasm, a,b); yoqilg‘i qatlamini aralashtirib harakatlanadigan 
cho‘g‘donli o‘txonalar (3-rasm, v,g); Qo‘zg‘almas cho‘g‘don 
ustida harakatlanuvchi qatlamli o‘txonalar (3-rasm, d, ye, j).
Hozirgi paytda qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan o‘txonalar (3-rasm, 


d) juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-
2m/soatgacha) bo‘lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi 
jarayonlar mexanizatsiyalashgan o‘txonalar yarim 
mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o‘txonalarda 
mexanizatsiyalashgan tashlagichlar (3-rasm b) ishlatiladi, ular 
juda mashaqqatli ishdan - yoqilg‘ini cho‘g‘donga qo‘lda 
tashlashdan ozod qiladi . Bunday o‘txonalarni qo‘llash qozon 
unumdorligini 6,5 – 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. 
Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho‘g‘donni qo‘llash qozonning 
bug‘ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi 
(3 – rasm, v). Zanjirli cho‘g‘don yoqilg‘i qatlam – qatlam qilib 
yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o‘txona uskunalarining asosiy 
qismi hisoblanadi. Yoqilg‘i bunker 1 dan harakatlanayotgan 
zanjirli cho‘g‘don 4 ga tushadi. U bir – biriga parallel 
joylashgan uzluksiz ikkita zanjirdan iborat bo‘lib,ularga 
cho‘g‘donlar mahkamlangan.



Download 192,45 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 192,45 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat pechlarida qatlamli o‘txonalar

Download 192,45 Kb.
Pdf ko'rish