• Kalit so’zlar.
  • Matlab dasturining injinerlik sohasida foydalanish avfzalligi




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.11.2023
    Hajmi1.06 Mb.
    #94099
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Turaxonova Shaxnozaxon
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 1 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    221 
    MATLAB DASTURINING INJINERLIK SOHASIDA FOYDALANISH AVFZALLIGI 
     
    Turaxonova Shaxnozaxon
    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat 
    universiteti «axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi» fakulteti kompyuter ilmlari 
    va dasturlash texnologiyalari yo’nalishi 
    2-kurs magistr talabasi 
     
    AnnotatsiyaHozirgi vaqtda ko’plab matematik paketlar yaratilgan va ulardan keng 
    foydalanilmoqda. Ulardan eng ko’p tarqalganlari – bu Maple, Matlab, Derive, Eureka, 
    Mathematika, Maple paketlari hisoblanadi. Bu paketlar ko’p funksional paketlar 
    hisoblanadi. Bugungi kunda matematik paketlarning o’quv jarayonidagi o’rni va roli ancha 
    sezilarli va samaraliroqdir. Talabalarda matematik paketlardan foydalanish ko’nikmalari 
    va malakalarini shakllantirish informatika fanining asosiy komponentalaridan biridir. 
    Murakkab matematik masalalarni yechishni osonlashtirish orqali matematikani 
    o’rganishda asabiy siqilishni oldini oladi hamda uni qiziqarli va juda oddiy jarayonga 
    aylantiradi. Matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimlari orasida «MATLAB» paketi 
    muhim o’ringa ega.
    Kalit so’zlar. Simulink, matritsaviy, modellashtirish, m-fayl, dinamik tizimlar. 
     
    KIRISH 
    MATLAB – bu vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish 
    tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan tizimning nomi MATrix 
    LABoratory matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. Matritsalar murakkab matematik 
    hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda 
    ob’ektlarni modellashda keng qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob’ektlarning holat 
    tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi. Bunga 
    MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin.
    MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal 
    integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so’zi bu 
    tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va 
    boshqalar o’zaro birlashtirilganligini bildiradi. MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi 
    masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan 
    afzalliklarga ega bo’lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta’minlashdir. Uning 
    dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi. MATLAB 
    asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma’lumotlarni tahlil 
    qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni ishlab chiqish 
    va boshqalar. MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson 
    moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi va bu kengayish 


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 1 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    222 
    m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari 
    kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari 
    va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Foydalanuvchi m-fayl 
    matnli formatga ega bo’lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki 
    funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalanishi 
    mumkin. MATLAB da yangi yaratilgan funksiya yoki prosedura fayl ko’rinishida diskda 
    saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan. MATLAB ko’plab 
    amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular 
    yordamida ko’plab amaliy masalalarni yechish mumkin. 

    Download 1.06 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matlab dasturining injinerlik sohasida foydalanish avfzalligi

    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish