• 2.mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi.
  • 4.ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari.
  • aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta etibor qaratilmoqda.
  • 1. o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi




    Download 27.56 Kb.
    bet1/5
    Sana27.05.2023
    Hajmi27.56 Kb.
    #65524
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mustaqil ish
    Akvarium-metodi, 9-klass Tariyx Qaraqalpaqsha juwap BILET, Mavzu Biznesda dizayn fikrlash yangi mahsulot ishlab chiqarish, 9-IHT Python dasturlari, O`RTACHA MIQDORLAR STATISTIKA - MUSTAQIL ISH-2.pdf, ODILOV RUSTAM, AZIZBEK, 1.O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash, 3.O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi ‘’XXI asr fizikasi’’ mavzusida ijodiy matn yaratish, ЭМОЦИИ И ЧУВСТВА ДОШКОЛЬНИКА, КЛАССНО-УРОЧНАЯ СИСТЕМА В УЧЕНИЯХ Я.А.КОМЕНСКОГО, ЭТИКА МОРАЛЬ НРАВСТВЕННОСТЬ ЧЕМ РАЗЛИЧАЮТСЯ ЭТИ ПОНЯТИЯ , В ЧЕМ ОСНОВНОЕ НАЗНАЧЕНИЕ МОДЕРНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ, СИСТЕМА УПРАВЛЕНИЯ Ф.ТЕЙЛОРА



    O‘zbekiston respublikao'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati (o'zgarish va muammolari)sida ommaviy axborot vositalarining faoliyati
    reja:
    1.o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi.
    2.mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi.
    3.ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
    4.ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari.


    o`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi.
    jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.
    aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
    ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
    shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
    «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
    ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. xususan, o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-moddasida “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. shuningdek o’zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. o’zbekiston aholisining ko’p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va internet bo’lib qolaveradi. shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi sifatida namoyon bo’layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquo'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati (o'zgarish va muammolari)qiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
    demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
    ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar, oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
    jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum mavzudagi axborotni to`plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug`ullanuvchi shaxsdir. qonunning 5-moddasida aytilishicha:

    Download 27.56 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi

    Download 27.56 Kb.