|
10-amaliy ish: Un tortish bo’limida qo’llaniladigan uskunalar hisobi
|
Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 170,68 Kb. | | #150350 |
Bog'liq 10-amaliy
10-amaliy ish: Un tortish bo’limida qo’llaniladigan uskunalar hisobi
Ishdan maqsad. YOrma korxonalaridagi ZSHN uskunasining ish samaradorligini nazorat qilishni o‘zlashtirish.
Uskuna va asboblar. Laboratoriya ZSHN uskunasi, eksikator, tigel, namlikni aniqlash uchun SESH va byuksalar, kul moddasini aniqlash uchun mufel pechkasi, xokondozchalar, analitik va texnik tarozilar (1-darajali aniqlikdagi).
Yorma zavodlarida eng asosiy texnologik tadbirlardan biri donni qobig‘idan ajratish, ya’ni arpa, sholi, suli va tariq donlarining gul qobig‘ini, marjumak va bug‘doy donlarining meva qobig‘ini, shuningdek no‘xat donining urug‘ qobig‘ini ajratib olish ishlari tushuniladi. Gul, meva yoki urug‘ qobiqlarining don mag‘zi bilan bog‘lanish mustahkamligiga bog‘liq holda donli ekinlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga shunday ekin donlari kiradiki, ularda qobiq mag‘iz bilan birikib ketmagan (marjumak, tariq, sholi va suli donlari), ikkinchi guruhga esa qobig‘i mag‘iz bilan birikib ketgan donlar kiradi (arpa, bug‘doy, makkajuxori va boshqalar). A1-ZSHN-3 qobiq ajratish - silliqlash mashinasi A1-ZSHN-3 qobiq ajratish - silliqlash mashinasi uchun un tortish zavodlarida javdar va bug‘doy unini jaydari, javdar donini navli tortishda ularni qobig‘idan ajratish, arpa donidan perlovka yormasi ishlab chiqarish uchun uni silliqlash va sayqal berish, hamda omuxta em zavodlarida arpani qobig‘idan ajratish maqsadida ishlatiladi. Mashina quyidagi konstruksiyada tuzilgan. Mashinaning g‘alvirli silindri ishchi kameraning korpusi (5) ichiga joylashtirilgan, abraziv aylana toshlardan tashkil topgan val esa ikkita podshipnikli tayanchlar (8 va 12) da aylanadi
A1-ZSHN-3 qobiq ajratish-silliqlash mashinasi.
1 - chiqarish qisqa quvuri; 2 - korpus; 3-val; 4 -g‘alvirli silindr; 5-ishchi kamerasining korpusi; 6-obraziv disklar; 7- qabul qisqa quvuri; 8,12-podshipnikli tayanchlar; 9- elektrodvitatel; 10-stanina; 11 -ponasimon tasmali uzatma.
Uskunalarning texnologik ish unumdorligi, %
Ko‘rsatkichlar
|
Abraziv silindrli uskunalari uchun
|
G‘alvirli silindrli tozalash uskunalari
|
Har bir jarayonda kul miqdorining kamayishi %
|
0,03-0,05
|
0,01-0,03
|
Har bir jarayonda singan donlar miqdorining o‘sishi %
|
2
|
1
|
Uslubiy ko‘rsatmalar. Ishni 2 tadan talaba bajaradi. Ishning davomiyligi 6 soat.
A1-ZSHN-3 qobiq ajratish - silliqlash uskunalarining ishini nazorat qilish uchun don uskunaga tushishidan oldin va keyin 1 kg namuna olinadi. Har bir namunadan 50 g ajratib, singan donlar miqdori aniqlanadi.
Bir maromda dondan 50 g. dan namuna ajratilib, u iflos chiqindilardan tozalanadi va tortiladi. Umuman, kuldorligi bo‘lgan donlarga oqlash yoki tozalash uskunasida ishlov berilganda texnologik samaradorlikning birinchi ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Ishni bajarish uslubi. Tozalandigan don uyumidan ikkita namuna ajratiladi (singan donlar miqdorini aniqlash uchun 50 g va kul moddasini aniqlash uchun 50 g). Donlar oqlash va tozalash uskunasida ishlovdan o‘tkaziladi. Tahlil jarayonida ishlov berishdan oldin va yana ikkiga 50 g. dan namuna ajratib, natijalari jadvalga yozib boriladi.
A1-ZSHN-3 qobiq ajratish - silliqlash uskunalarining texnologik unumdoriligini aniqlash
Ko‘rsatkichlar, %
|
Uskunada ishlov berishdan oldin, %
|
Uskunada ishlov berishdan so‘ng, %
|
Umumiy farqi %
|
Kul moddasi
|
|
|
|
Singan donlar miqdori
|
|
|
|
Dastlabki dondagi va uskunada ishlovdan o‘tgandan so‘ng kul moddasi aniqlanadi. Natijalar jadvalga yozib boriladi. Olingan natijalar asosida xulosa chiqarilib, yuqori samara olishga tavsiyalar beriladi.
|
| |