Ustoz shogird




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.03.2024
Hajmi0.54 Mb.
#166085
  1   2   3
Bog'liq
ustoz-shogird-talimdagi-gozal-anana
Amaliy mashg‘ulot-1, khDMP0eVZOrOdjiqg450eENjpwOJXvdHtb13Jmc0, Mavzu Idrokning individual farqlari va uning rivojlanishi Reja -fayllar.org, 234 группа Каландарова Мухайё Внеаудиторное чтение, 234 группа Каландарова Мухайё Древние города России, Зебо универсал ойлик режа, Ish reja Fizioterapiya, Kartagrafik proeksiyalarni aniqlash va tahlil qilish, 10-sinf O`zbekiston mavzulashtirilgan test, dars ishlanma 9-s algebra, 8 test, 3 chi mustaqil ish, kk, 3 mavzu


 
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI 
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 
 16-iyun, 2023- yil 
489
"USTOZ - SHOGIRD"—TA'LIMDAGI GO'ZAL AN'ANA 
Surayyo Kobilova 
Andijon shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining Boshlang`ich sinf o`qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8051658 
Annotatsiya. Ushbu maqolada yillar davomida sayqal topib kelayotgan va pedagoglar 
uchun ta'lim sohasida yutuqlarga sababchi bo'luvchi "ustoz-shogird" an'analari haqida so'z 
yuritilgan.  
Kalit so’zlar : kasbiy faoliyat, “Ustoz-shogird”, milliy an`ana, qadriyat, shogirdlik 
odobi, texnologiya. 
Yangi O`zbekistonning bugungi kunida bo`lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga 
tayyorlash borasida ulkan tadbirlar tashkillanmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va 
o'rta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim tizimida bo`lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga 
tayyorlash ishlari samaradorligini oshirish, bu borada o'zbek xalqi orasida ming yillab e'zozlanib 
kelinayotgan “Ustoz va shogird” milliy an'anasining o'ta muhim tamoyillaridan unumli 
foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbek xalqining o'tgan ajdodlari tomonidan yaratilib 
meros bo'lib qolgan madaniy, ma`naviy, moddiy boyliklari xazinasiga xalq orasidagi ustoz-
shogird an'analarini ham kiritish joiz. “Ustoz-shogird” an`anasi azal-azaldan nodir qadriyat 
sifatida mamlakatni yuksaltirishda alohida o`ringa ega bo`lgan asriy an'anadir. Zero, “Ustoz-
shogird” an`anasi turkiy xalqlar qadimiy madaniyati sifatida jahon taraqqiyotida o`zining 
salmoqli o'rniga ega. Xuroson, Movaraunnahr, Afrosiyob, So'g'diyona, Marokant, Turon, 
Turkiston va boshqa joylar butun dunyoga mashhur bo'lib, tabarruk bu zaminda Ahmad 
Yassaviy, Al-Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy singari buyuk 
allomalar hamda Spitamen, Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, 
Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalardek jasur o'g'lonlar dunyoga keldilar. Ular o'z 
xalqining baxt-saodati, madaniyati uchun jisman va ma'nan kurashdilar. Shuning uchun ham 
jahon ahli ularning ezgu amallarini olqishlab, hanuz tabarruk zotlar deya o'z qalblarida muqaddas 
tutmoqdalar. Ular, ayniqsa yoshlarning tarbiyasiga, hunar va ilm olishiga katta e'tibor berganlar 
va bunga doimiy ravishda chaqirib keldilar. Qadimda milliy an'ana bo'yicha shogirdlikning 
o'ziga xos odob-axloq qoidalari bo'lgan. Chunonchi, Husayn Voiz Koshifiy bunday deydi: «Agar 
sendan shogirdlik odobi nechta, deb so'rasalar, yettita degin. Avvalo: 
o'z ishiga yaxshi munosabatda bo'lish, ya'ni o'z kasbini sevish;
 
o'z kasbiga e'tiqod qo'yish va unga ishonish; 
 
ustoz oldida haqsevar bo'lish, o'z nojo'ya odatlarini tark etish;
 
ko'rish lozim bo'lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish;
 
eshitish mumkin bo'lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik;
 
barcha noloyiq ishlardan qo'l tortish; 
 
ustoziga zid bo'lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Agar shogirdlikning 
asoslari nechta deb so'rasalar, oltita degin:
 
rostgo'ylik 
 
vafodorlik 
 
mas'uliyatlilik 
 
nasihatni quloqqa olish 
 
ozor bermaslik 



Download 0.54 Mb.
  1   2   3




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish