O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati xalq ta’lim
Xalq ta’limi vazirligi boshqarmasi
Kitob davlat 1-ixtisoslashtirilgan maktab – internati
,, WEB – sahifaga ro’yhat joylashtirish’’
Mavzusida bir soatli
1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
Informatika fan o’qituvchisi
Suyarova Dilso’z
Kitob 2016-yil
Informatika fanidan 9-sinf uchun
“WEB-sahifaga ro‘yhat joylashtirish” mavzusi bo‘yicha
dars ishlanmasi
Sinf: 9
Darsning mavzusi: WEB-sahifaga ro‘yhat joylashtirish
Darsning umumiy maqsadi: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxati hosil qilish haqida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish.
-
ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxati hosil qilish haqida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
-
tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni fikrlashi, dunyoqarashini o‘stirish, bilim olishga qiziqishlarini yanada yuqori darajada shakllantirish;
-
rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxatidan foydalanib web-sahifalar tuza olish ko‘nikmasini shakllantirish.
Darsning turi: Aralash dars
Darsning jihozi: Darslik, dars ishlanma, kompyuter, videoproektor, darsga oid taqdimotlar, kompyuterning dasturlari (Ms Word, Bloknot, Internet Explorer)
Darsning uslubi: Turli xil sport o‘yinlari qoidalariga asoslangan o‘yinlar tashkil etish
O‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar elementlari: kommunikativ kompetesiya elementlari:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementlari:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
Darsning borishi:
Darsning blok sxemasi
№
|
Bajariladigan ishlar
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Darsning tashkiliy qismi
|
3 daqiqa
|
2
|
Otilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash
|
9 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayon etish
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O‘zimni o‘zim baholayman
|
3 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni ballarini qo‘yish va e’lon qilish
|
3 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
-
Tashkiliy qism 3-daqiqa
-
O‘quvchilar bilan salomlashish;
-
O‘quvchilar davomatini aniqlash;
-
O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va dars o‘tish jarayoni haqida tushunchalar berish.
-
O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash 9-daqiqa:
Avval o‘quvchilar dars boshlashimizdan avval oldingi darsimizdagi inglizcha terminlarni bir eslab olaylik. Bunda o‘quvchilarga avvalgi darsdagi o‘rganilgan teglar va ularning mazmuni qayta eslatilib o‘tiladi. (taqdimotning 1-2 sahifalari namoyish etiladi)
Darsning bu bosqichida o‘quvchilar bilan sport turlaridan voleybol musobaqasi qoidalariga asoslangan o‘yin tarzida 2-ta guruh o‘rtasida savollar berish orqali musobaqa tarzida tashkillab olib boriladi.
Uning qoidalari birinchi savol beruvchi jamoa tanlab olingach, ular ikkinchi jamoaga to‘p sifatida savolni jo‘natishadi. Ikkinchi jamoada bu savolga bir kishi javob beradi, agar javobni shu jamoadan biror o‘quvchi to‘ldirmoqchi bo‘lsa, u to‘ldirishi mumkin, lekin 3-o‘quvchi albatta 1-jamoaga savol berishi kerak bo‘ladi. Agar berilgan savolga guruh javob bera olmaydigan bo‘lsa, bu jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi jamoaga savol bilan murojaat qiladi. Bunda birinchi jamoada imkoniyat yana ortadi, ya’ni bir o‘quvchi o‘z savollariga javob beradi, ikkinchi o‘quvchi ikkinchi jamoa savoliga javob beradi, uchinchi o‘quvchi savol beradi. Bu usulning yaxshiligi bir jamoa bilmay qolgan savol javoblari ham shu o‘rinda o‘z vaqtida to‘ldirib boriladi. (O‘yindagi barcha to‘g‘ri javoblar rag‘bat ballari bilan ballanib boriladi). O‘yin davomida o‘quvchilar tomonidan to‘la yoritib bera olinmagan savollar va o‘tilgan mavzuda e’tibor berilmay qolgan qismlar doskada belgilab boriladi va uni birgalikda o‘quvchilar bilan to‘ldiriladi.
-
Yangi mavzuni bayon etish 15-daqiqa
Yangi mavzu bayonida jamoalar berilgan savollar mavzuga doir bergan fikrlariga ko‘ra jamoalariga rag‘bat ballarini olishga erishib boradilar. Aziz o‘quvchilar biz avval Word matn protsessorida ro‘yhat hosil qilganmiz qani bu ro‘yxat qanday tashkil etilardi?
Bu savolga javoblar olingach Word matn protsessori ishga tushirilib o‘quvchilarga amaliy holda ko‘rsatib beriladi.
Ms Word matn protsessori yordamida hujjatda ro‘yxat hosil qilishning 2 xil usuli bo‘lib, biri markerli ( tugmasi yordamida) ro‘yhat, ikkinchisi tartiblangan
( tugmasi yordamida) ro‘yhatdir;
-
Markerli ro‘yxat
|
Markerli ro‘yxat
|
Tartiblangan ro‘yxat
| -
Informatika
-
Matematika
-
Fizika
| -
Informatika
-
Matematika
-
Fizika
| -
Informatika
-
Matematika
-
Fizika
|
Web- sahifaga ro‘yhat kiritish uchun (unordered list –tartiblanmagan, ya’ni markerli ro‘yhat) yokii (ordered list – tartiblangan ro‘yhat) juft teglaridan foydalaniladi. Ro‘yhat elementlarini belgilash uchun - (list item – ro‘yhat elementi) juftmas tegi qo‘llaniladi. Bu teg bilan boshlagan ro‘yhat elementi doimo yangi satrda aks etadi. Bu jarayonni amaliy holda bloknot dasturini ishga tushurib ko‘rsatib o‘tiladi.
Endi biz marker ko‘rinishlarini qanday o‘zgartirish mumkinligi bilan tanishamiz. Markerli ro‘yhatni belgilovchi TYPE parametri bilan yozilishi mumkin. Bu parametr disk (doira), circle (aylana), square (bo‘yalgan kvadrat) masalan, |