|
1-amaliy: Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va ularning xossalari
|
bet | 1/5 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 156,55 Kb. | | #109270 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot
1-amaliy: Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va ularning xossalari.
Xom-ashyoni qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan ko`pgina kimyo va neft va gaz mahsulotlari turli jinsli sistemalardan tashkil topgan bo`ladi. Ularning asosiy fizik-mexanik va diffuzion-issiqlik xossalari – zichlik, solishtirma og`irlik, qovushoqlik, sirtiy taranglik, issiqlik sig`im va o`tkazuvchanlik, harorat o`tkazuvchanlik va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalariga — molekulyar massasi M, gazning zichligi pr, gazning qovushqoqligi y, gazning kritik parametrlari (Pk , Tk), va gazning о‘ta siqiluvchanlik koeffitsiyenti Z kiradi.
Zichlik. Hajm birligidagi V bir jinsli jismning massasi m zichlik r deb yuritiladi:
(3.1)
bu yerda r- zichlik, kg/m3; m- massa, kg; V– hajm, m3.
Zichlik ya’ni hajm birligidagi massa deb — moddaning tinch holatidagi massasini uning hajmiga bolgan nisbatiga aytiladi. Gazning oddiy fizik sharoitdagi, ya'ni bosim P0=101325 Pa va harorat t=0°C dagi zichligini uning molekulyar massasi bilan aniqlash mumkin:
Nisbiy zichlik D deb modda r zichligining suv zichligi rs nisbatiga aytiladi va u ushbu ko`rinishga ega:
Suyuqlik aralashmasining hajmini komponentlar hajmlarining yig`indisiga teng deb qabul qilib, uning zichligini ushbu formuladan aniqlash mumkin:
(3.2)
bu yerda x1, x2,...- komponentlarning massaviy ulushlari; rar, r1, r2, ... - aralashma va komponentlarning zichliklari, kg/m3.
Suspenziya zichligi rsus quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
yoki (3.3)
bu yerda x- suspenziya tarkibidagi qattiq fazaning massaviy ulushi; rk va rs - qattiq va suyuq fazalarning zichliklari, kg/m3.
Zichlik kattaligiga teskari bo`lgan kattalik solishtirma hajm v deb yuritiladi:
(3.4)
bu yerda v- solishtirma hajm, m3/kg.
Har qanday gazning istalgan harorat T va bosim P da har qanday gazning zichligini quydagi formula orqali aniqlash mumkin:
(3.5)
Bu yerda = normal sharoitda (0 va 760 mm.sim.ust.) gazning zichligi, kg/m3;
Gaz aralashmasining zichligi esa quyidagi tenglamadan topiladi;
(3.6)
bu yerda: M- gazning molekulyar massasi; 22,41-har qanday 1 kg gazning fizik sharoitdagi hajmi. Hisoblashlarda kо‘pincha gazlarning nisbiy zichligi ishlatiladi. Gazning nisbiy zichligi deb — shu gazning zichligining havo zichligiga nisbatiga aytiladi.
bunda: pg.nis - gazning nisbiy zichligi; pg - berilgan gaz zichligi; ph=1,293 havoning zichligi.
Agar tabiiy gaz aralashmasining molekulyar massasi Ma aniq bо‘lsa, aralashma zichligi quyidagicha bо‘ladi:
Tabiiy gaz aralashmasining nisbiylik zichligi esa:
Gaz aralashmasiga xarakteristika berishimiz uchun uning о‘rtacha molekulyar og’irligini, о‘rtacha zichligini (kg/m3 da) va havoga nisbatan zichligini bilishimiz kerak. Agar aralashmaning molyar tarkibi foizda berilgan bо‘lsa, unda о‘rtacha molekulyar og’irligi quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: y1 y....yn - komponentlarining molyar (hajmiy) ulushi. Ml, M......Mn - komponentlarning molekulyar oirligi.
Suyuqliklarni sekundli hajmiy sarf V (m3/s) tenglamasi quydagi kо‘rinishga ega:
= (3.7)
Massaviy sarf i M (kg/s) esa quydagicha aniqlanadi:
(3.8)
|
| |