|
Paxtaning texnologik xususiyatlari tо‘g‘risida tushuncha va ularning ahamiyati
|
bet | 2/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,22 Kb. | | #152045 |
Bog'liq 4-mavzuPaxtaning texnologik xususiyatlari tо‘g‘risida tushuncha va ularning ahamiyati. Paxtaning asosiy texnologik xususiyatlariga quyidagi kо‘rsatkichlar kiradi: tola chiqishi, %. tola indeksi, g. chigitning haqiqiy og‘irligi, g. 1000 dona urug‘ og‘irligi, gr. Tola rangi. paxtaning sonoat navi.
Tolaning chiqishi ma’lum miqdordagi chigitli paxta massasidan olingan sof (chigitsiz) tola massasining shu tola olingan chigitli paxta miqdoriga bо‘lgan protsent hisobidagi nisbatidir. Binobarin, tolaning chiqishi bir tomondan sof tolaning massasiga bog‘liq bо‘lsa, ikkinchi tomondan chigit massasiga chigit massasi uning puch yoki tо‘qligi va yirikligiga bog‘liq.
Madaniy g‘о‘za formalarida tolaning chiqishi 20-50 % atrofida о‘zgarib turadi. Ishlab chiqarishda tola chiqish hajmi 3 kategoriyaga bо‘lish qabul qilingan: tola chiqishi 30 % kam bо‘lsa past, 30-33 % bо‘lsa о‘rtacha, va 33 % yuqori bо‘lsa yuqori deb hisoblanadi. Mamlakatimizda о‘stirilayotgan g‘о‘za navlarida tolaning miqdori quyidagicha: о‘rta tolali g‘о‘za navlarida taxminan 35-38 %, ingichka tolali navlarda esa 28-34 % bо‘ladi.
Paxtaning texnologik xususiyati g‘о‘zaning tur va navlarining faqat irsiy xususiyatlarigagina emas, balki har bir tur doirasida kо‘sakning joylashish о‘rniga, shuningdek har bir kо‘sakda chigit markaziy urug‘ bandning qayerida joylashganligiga va har bir bо‘lakcha tola chigit sirtining qaysi yerida о‘rnashganligiga qarab о‘zgarib turadi. Masalan: Buxoro-6 navi tola chiqishi 35,6%, S-9070 da 34%, Toshkent-1 da 36-38%, Chimboy-3010 da 37,6% va x.k.
Ingichka tolali S-6037 30-31%, Termez-14 da 31-32% va x.k. Tola chiqish miqdoriga asosan g‘о‘zaning seleksion navi va sanoat navi u yoki bu jihatdan ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Paxtaning sanoat navi 1 va 4 ga qarab tushib borishi bilan tola chiqish miqdori ham kamayib boradi. Chigitli paxtadan tolaning chiqishini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi. Tola massasi Gt ning chigitli paxta massasi Gch ga nisbati tolaning chiqishi deb ataladi (%), ya’ni
Tola chiqishini aniqlovchi kо‘rsatkich sifatida chigitli paxtaning tolalilik darajasi tola indeksi xizmat qiladi. Chigitli paxtaning tolalilik darajasi deb 100 dona chigitdan ajratib olingan tolaning gramm hisobdiagi massasiga aytiladi.
Tolaning indeksi Iv bilan, tolaning chiqishi orasida ma’lum bog‘lanish bо‘lib uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Gv- 100 dona chigit massasi.
V- tolaning chiqishi.
Urug‘ning absolyut og‘irligi deganda tuksiz, chigitni 130 gradus da 1 soat mobaynida quritilgandan keyingi og‘irligiga aytiladi.
Buning uchun 100 ta urug‘dan 2 ta namuna olinib о‘rtachasi tortish usuli bilan aniqlaniladi va 10 ga kо‘paytirib hisoblanadi. Urug‘ning absolyut og‘irligi uning haqiqiy og‘irligini aniqroq kо‘rsatuvchi asosiy belgidir. Bunda urugning namligi va undagi tuklar olib tashlanadi faqat sof urug‘ning о‘zi qoladi.
1000 dona chigit og‘irligi urug‘ning yirikligi va tо‘liqligini kо‘rsatadi. Bu kо‘rsatkich muhim kо‘rsatkichlardan biri bо‘lib, urug‘ni alohida partiyalari sifati aniqlanadi. Turli tuproq-iqlim, agrotexnik sharoitda qanday urug‘lar yetilishi о‘rganilib bunda g‘о‘zaga kо‘rsatiladigan turli tadbirlarning ahamiyati aniqlanadi.
Urug‘ni ekishdan oldin saralanib, kalibrlanadi. Bunda urug‘ massasining yuqori bо‘lishi muhim kо‘rsatkich hisoblanadi. Massasi yuqori bо‘lgan urug‘lardan bir xil va kо‘p miqdorda ekishga yaroqli urug‘lik mahsuloti tayyorlanadi. Yaxshi pishib yetilgan urug‘da esa tola miqdori va sifati ham yuqori bо‘ladi.
Bundan tashqari normal rivojlangan kо‘sakning ba’zi chanoqlarida urug‘ kurtaklarining yaxshi rivojlanmay qolishi oqibatida tola ichida о‘lik tolalar ham bо‘ladi. Bunday о‘lik urug‘kurtak paxta quriganda qisqa tolali tuguncha bо‘lib qoladi, buni mayda о‘lik deyiladi.
Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtani dastlabki ishlash jarayonida chiqadigan tolali chiqindilar О‘zRST talabiga muvofiq ma’lum sifatga ajratilgan holda, tolali о‘lik, qaytarilgan paxta tolasi va paxta tuklariga bо‘linadi. Paxta zavodida tolali о‘lik deb jinlar tola tozalagichlar, tola kondenserlari atrofiga yig‘ilgan va tozalangan tolali chiqindilarga aytiladi. Tolali о‘lik tashqi kо‘rinishidan tuklilik darajasi har xil bо‘lgan xom puch chigit (о‘liklar, ularga ilashgan tolalar, tola nuqsonlari va iflosliklar) yig‘indisidan iborat.
Tolali о‘lik ishlanayotgan chigitli paxtaning navi, tolalik darajasi, iflosligi va rangiga qarab ikki tipga bо‘linadi:
1 tip - I va II nav chigitli paxtalar ishlanganda
2 tipi - III va IV nav chigitli paxtalar ishlanganda olinadi.
Tolali о‘likning sifat kо‘rsatkichlari quyidagi jadvalda kо‘rsatilgan normalarga muvofiq bо‘lishi kerak.
Qaytarilgan paxta tolasi tolali о‘likni regeneratsiya mashinasida qayta ishlab olinadi. Bunday tola о‘z tarkibida nuqsonlar va iflosliklarning kо‘pligi va har xil uzunlikda bо‘lishi hamda shtapel uzunligining asosiy tolada 2,6 mm qisqaligi bilan harakterlanadi.
Qaytarilgan tola uzilish kuchi jihatidan 2 navga bо‘linadi:
1 navga uzilish kuchi kamida 3,92 va 2 navga uzilish kuchi kо‘pi bilan 3,8 g bо‘lganlari kiradi. Tо‘qimachilik sanoatida tolaning namligi va iflosligi ham muhim ahamiyatga ega. Tolaning namligi chigitli paxta namligiga о‘xshab topiladi:
Tolaning о‘rtacha namunasi о‘zgarmas massagacha quritiladi, uning namligini ajralgan namning tolaning quruq massasiga nisbati bilan hisoblanadi. Buning uchun quritish shkafi, issiqlik nam о‘lchagichi (Konditsion apparat) yoki VTS kabi zamonaviy termovlagomer ishlatiladi.
Paxta tolasiga deyarlik hamma vaqt organik va onorganik jismlar aralashgan bо‘ladi: Bulardan tashqari paxta tolalarida tabiiy paydo bо‘lgan (gajaklak, murakkab gajaklik, pishmagan tolasining yaltiroq parchasi, pishmagan va maydalangan tukli chigit, о‘lik tolali va tukli chigit qobig‘i, tugunchalar kabi) nuqsonlar ham bо‘ladi.
Tolada nuqsonlar va begona jismlarning bо‘lishi uning yigiruv sifatlarini pasaytiradi. Undan yasalgan iplarning uzilishini kо‘paytiradi va nihoyat tо‘qimaga о‘tishi uning sifatini pasaytiradi. Paxtani dastlabki ishlash jarayonida iflosliklarni toladan deyarlik butunlay bajratish, о‘likning miqdorini kamaytirish va har xil texnologik nuqsonlarning paydo bо‘lishini ancha kamaytirish mumkin.
Tuk va tolali chigit qobig‘i hamda tugunaklar mayda va ularni toza toladan ajratish qiyin bо‘lganligidan ular tо‘qimachilik sonoati uchun zararli nuqson hisoblanadi. Paxta tozalash zavodlari laboratoriyalarida tolaning nuqsonlar va ifloslik yig‘indisini aniqlashda qо‘l bilan ajratish va mexanizatsiyalashtirilgan usulda tahlil qilish usullari qо‘llaniladi.
|
| |