• Tayanch so‘z va iboralar.
  • Takrorlash uchun savollar
  • Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash




    Download 43,22 Kb.
    bet8/8
    Sana06.02.2024
    Hajmi43,22 Kb.
    #152045
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-mavzu

    3. Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash.
    Tashish, quritish, tozalash, jinlash, linterlash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko‘p miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar – g‘o‘zaning maydalangan bo‘laklar; tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o‘tadi); paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir.
    Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo‘linadi: birinchisi – texnologik mashina-uskunalardan, ikkinchisi – changlantirish sistemalaridan chiqadi.
    Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti – paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo‘yicha asosiy uchastka hisoblanadi.
    Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo‘ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o‘zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko‘p miqdorda mineral fraksiyalar bo‘lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda – tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko‘proq bo‘ladi: bular chigit qobig‘i, barg bo‘laklari va g‘o‘zaning boshqa qismlari, shuningdek tolali bo‘lakchalardir.


    Tayanch so‘z va iboralar. g‘о‘za, paxta, tola, momiq, chigit, kunjara, shulxa, kо‘rak. Urug‘ kurtak, epidermis, о‘lik, tola chiqishi, tola indeksi, chigitning haqiqiy og‘irligi, 1000 dona urug‘ og‘irligi, tola rangi, paxtaning sonoat navi, quritish tozalash sexi, paxtani tozalash sexi, termoshchup.


    Takrorlash uchun savollar:

    1. О‘zbekiston va jahon paxtachiligi tо‘g‘risida ma’lumotlar


    2. Paxtaning texnologik xususiyatlari tо‘g‘risida tushuncha va ularning ahamiyati.
    3. Paxta tolasining texnologik xususiyatlari.
    4. Paxta tolasining nuqsonlari.
    5. Urug‘lik paxtani terish, tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning xususiyatlari.
    6. Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash.
    Download 43,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash

    Download 43,22 Kb.