1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi




Download 43,22 Kb.
bet6/8
Sana06.02.2024
Hajmi43,22 Kb.
#152045
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu

Paxta tolasining nuqsonlari. Paxta tolasiga deyarlik hamma vaqt organik va anorganik jismlar aralashgan bо‘ladi, bulardan tashqari paxta tolalarida tabiiy paydo bо‘lgan (gajaklik, murakkab gajaklik, pishmagan tolasining yaltiroq parchasi, pishmagan va maydalangan tukli chigit, о‘lik tolali va tukli chigit qobig‘i, tugunchalar kabi) nuqsonlar ham bо‘ladi. Tolada nuqsonlar va begona jismlarning bо‘lishi uning yigiruv sifatlarini pasaytiradi, undan yigirilgan iplarning uzilishini kо‘paytiradi va nihoyat tо‘qimaga о‘tishi uni sifatini pasaytiradi. Paxtani dastlabki ishlash jarayonida iflosliklarni toladan deyarlik butunlay ajratish, о‘likning miqdorini kamaytirish va har xil texnologik nuqsonlarning paydo bо‘lishini ancha kamaytirish mumkin.
Tolaning nuqsonlari quyidagi tashqi kо‘rinishi bilan bir biridan farq qiladi. Gajaklik - bunda birnecha о‘nlab va yuzlab tolalar har xil shaklda buralib - tortilib, bir biridan ajralmaydigan bо‘lib qoladi. Gajakliklarning bir qismi yigiruv fabrikalarida ishlaganda taralib, ajralib sifatli tolaga qо‘shilsa, bir qismi tugilib, chiqindi va taralgan lentaning chiqish foizini kamaytiradi.
Murakkab gajaklik - bir necha dona gajakliklar birlashib, bir biridan ajralmaydigan bо‘lib qoladi, shuning uchun ham yigiruv protsessida taralib yо‘q bо‘lib ketmay deyarlik hammasi chiqindiga chiqib ketadi.
Pishmagan tolaning yaltiroq parchasi - bu pishmagan tolalar yig‘indisidan iborat bо‘lib, yorug‘likni yaxshi aks ettiradigan sariq lenta shakliga kirib qolgan bо‘ladi. Yaltiroq parcha ipning pishiqligini kamaytiradi, tо‘qimaga о‘tib qolsa, bо‘yoqni qabul qilmay uni brakka chiqaradi.
Xom va maydalangan chigitlar (о‘lik) - ustida tola bо‘lib pishib yetilmagan puch va maydalangan chigit bо‘laklaridan iborat. Ular paxtani dastlabki ishlash jarayonida ajralmay, qisman tolaga о‘tib ketadi. Toza tolalar orasida tolali о‘liklarning bо‘lishi yigiruv fabrikalarida ishlangan vaqtda yanada maydalanib tolali chigit qobig‘ini kо‘paytiradi.
Tuk va tolali chigit qobig‘i - har xil uzunlikdagi uzunlikdagi va tukidan ajralmagan chigit parchasidan iborat. Nuqsonlarni ajratishda uning bu turiga faqat mayda (2 mm kv gacha) qismlarigina kiritiladi. Bundan yirik bо‘lsa, maydalangan chigit nuqsoniga qо‘shiladi. Mayda chigit qobig‘ini toladan ajratish qiyin bо‘lgani uchun ular kо‘pincha ipna va tо‘qimaga о‘tib, pardozlash vaqtida uningsh sirtida bо‘yoq qabul qilmay qora nuqta shaklida kо‘rinib qoladi.
Tugunaklar bir nechta tolalar chigallanib, bir tugunchak tashkil qilgan bо‘ladi. Agar tugunakdagi tolalarni ajratishga intilsa ular uzilib chiqadi. Shuning uchun ham tugunchaklarni toza toladan ajratib olish qiyin bо‘ladi va paxtani dastlabki ishlash protsessida ular ajralmaydi va ip hamda tо‘qimaga о‘tib ketib, ularning sifatini pasaytiradi. Tuk va tolali chigit qobig‘i hamda tugunchaklar mayda va ularni toza toladan ajratish qiyin bо‘lganidan ular tо‘qimachilik sanoati uchun eng zararli nuqson hisoblanadi. Paxta tozalash zavodlari laboratoriyalarida tolaning nuqsonlar va ifloslik yig‘indisini aniqlashda qо‘l bilan ajdratish va mexanizatsiyalashtirilgan usulda tahlil qilish usullari qullaniladi. Tolaning nuqsonlari va iflosligini qо‘l bilan aniqlaganda 0,1 va 2 navlan uchun 50 g va 3,4,5,6 navlar uchun 10 g og‘irlikdagi о‘rtacha namuna 3 marta tahlil qilinadi.
Birinchi tekshirishda yirik iflosliklar, gajakliklar, murakkab gajakliklar, о‘lik, maydalangan chigitlar va pishmagan tolaning yaltiroq parchasi ajratib olinadi.
Ikkinchi tekshirishda qolgan toza toladan yuqori navlar uchun 1/20 qismini va past navlar uchun 1/10 qismini ajratib, bu namunadan tolali chigit qobig‘i va mayda ifloslik ajratiladi. Uchinchi marta tekshirishda ikkinchi tekshirishdan chiqqan toza tolaning yuqori navlari uchun 1/5 qismini va past navlar uchun 1/2 qismini ajratib, bu namunadan faqat tugunchaklar ajratiladi. Shundan keyin ajratilgan iflosliklar va nuqsonlar alohida tarozida tortilib, boshlang‘ich namunaning og‘irligiga (50g yoki 10g) nisbatan foizi aniqlanadi.

Download 43,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 43,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi

Download 43,22 Kb.