• Tolaning uzilish kuchi.
  • Chigitli paxtadan tola chiqishi.
  • Tolaning chiziqli zichligi (tolaning ingichkaligi)




    Download 43,22 Kb.
    bet5/8
    Sana06.02.2024
    Hajmi43,22 Kb.
    #152045
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-mavzu

    Tolaning chiziqli zichligi (tolaning ingichkaligi). Tolaning ingichkaligini tasvirlash uchun chiziqli zichlik tushunchasi kiritilgan. Tolaning chiziqli zichligi deb tolaning uzunlik birligidagi massasi tushuniladi. Halqaro birliklar sistemasida tolaning chiziqli zichligi tekslarda ifodalanadi.
    Teks 1 km uzunlikdagi tolaning massasi necha gramm ekanligini kо‘rsatadi.
    Tola ingichkaligi metrik nomeri bilan ham ifodalanadi, metrik nomer 1 g tolaning metr hisobidagi yoki 1mg tolaning millimetr hisobidagi umumiy uzunligini bildiradi.
    Tolaniig chiziqli zichligini shtapel (bir tutam tola)ni buyum oynalariga qо‘yilib, mikroskopda solinadi va tarozida tortilib aniqlanadi.
    Tolaning uzilish kuchi. Bitta tolani chо‘zganda gramm hisobida qancha kuch sarf qilinganligi shu tolaning uzilish kuchi deb yuritiladi va gramm kuch yoki nyuton bilan ifodalanadi. Tolaning uzilish kuchi uning pishiqligini va uzunasiga chо‘zuvchi ta’siriga chidamliligini bildiradi. Shuning uchun tolaning uzilish kuchi uning devorchalarining qalinligiga bog‘liq.
    Tolaning uzilish kuchi kо‘pgina boshqa texnologik kо‘rsatkichlar bilan bog‘liq. Shu sababli chigitli paxtaning va tolaning sortini aniqlashda uzilish kuchi asosiy aniqlovchi texnologik kо‘rsatkich qilib qabul qilingan.
    Odatda pishgan tolaning uzilish kuchi о‘rtacha 4-7 g/k ga teng bо‘ladi. Mamlakatimizda yetishtiriladigan о‘rta tolali gо‘za navlarida tolaning uzilish kuchi 4,2,-5,5 g/k gacha, ingichka tolali navlarda esa 4,6-6,0 g/k bо‘ladi.
    Yaxshi yetilmagan va kо‘sak paxta tolalarida tolaning uzilish kuchi kam bо‘ladi.
    Tolaning uzilish kuchining uning chiziqli zichligiga nisbati tolaning nisbiy uzilish kuchi deb yuritiladi.
    Tolaning uzilish kuchi qisqichlari orasi 3 mm li DSH-ZM markali takomillashtirilgan dinamometrda aniqlanadi. Tolaning uzilish kuchini LPS-4 asbobida va polyarizatsion usulda ham aniqlash mumkin.
    Chigitli paxtadan tola chiqishi. Chigitli paxtadan olinadigan asosiy mahsulot tola hisoblanadi.
    Tola massasining chigitli paxta massasiga nisbatan tolaning chiqishi deyiladi. Tolaning chiqishi uning massasiga va chigitning tо‘qligiga qarab о‘zgaradi.
    Har bir chigitdagi tola miqdori gо‘zaning turiga va naviga qarab о‘zgaradi. Shu bilan birga u tuproq va iqlim sharoitlariga hamda agrotexnik tadbirlarga ham bog‘liq.
    Ekiladigan g‘о‘zalarning chigitli paxtasidan 20-50% atrofida tola chidadi. Mamlakatimizda ekiladigan о‘rta tolali g‘о‘za navlarida tola chiqishi 32-40%, ingichka tolali gо‘zalarda esa 29-34% atrofida bо‘ladi.
    Laboratoriyada chigitli paxtadan tola chiqishini arrali jinda ishlab chiqib topiladi. Paxta ishlangandan keyin lint va tolali chiqindilar hamda iflosliklarni alohida о‘lchab ularning chiqishi aniqlanadi.
    Tola chiqishini aniqlovchi kо‘rsatkich sifatida chigitli paxtaning tolalik darajasi tolalik indeksi xizmat qiladi. Chigitli paxtaning tolalik darajasi deb 100 dona chigitdan ajratib olingan tolaning gramm hisobidagi massasiga aytiladi.

    Download 43,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tolaning chiziqli zichligi (tolaning ingichkaligi)

    Download 43,22 Kb.