|
Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi
|
bet | 7/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,22 Kb. | | #152045 |
Bog'liq 4-mavzu2. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi.
Urug‘lik paxtani terish, tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning xususiyatlari. Urug‘lik paxtani terish, tayyorlash va saqlashni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida olib borish urug‘lik chigit sifatini oshirishning bosh omilidir. Urug‘lik uchun ekilgan paxta maydonlaridagi barcha tadbirlar sifat kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan urug‘lik chigit olishdan iborat.
Urug‘lik paxtani terish ham о‘zining xususiyatlariga ega. G‘о‘za kо‘sagining yarus bо‘ylab ochilishi uni yig‘ib-terib olishni ancha qiyinlashtiradi. О‘rug‘lik paxtaning sifati kо‘saklarning tupda joylanishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishiga bogliq. G‘о‘za tupining о‘rta va pastki qismida, ikkinchi va qisman uchinchi konusda joylashgan kо‘saklar eng qimmatlidir. Bu kо‘saklardan sifatli urug‘lik chigiti olinishi mumkin. Ururlik paxtani terish va uni toshpirish standart talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sifatli urug‘lik olish uchun faqat sog‘lom va normal ochilgan kо‘sakdagi paxta terib olinadi.
Urug‘likka ajratilgan paxta faqat qо‘lda terib olinadi. Buning uchun har bir terimchiga ikkita-uchta chо‘ntakli maxsus etaklar beriladi. CHо‘ntaklarning biriga normal, yaxshi ochilgan boshqasiga esa rivojlanmagan, kasallangan va zararlangan kо‘saklardagi paxta terib olinadi.
Urug‘lik paxtani sifatli yig‘ishtirib olish uchun paxta terish meyori asosiy mahsulot uchun teriladigan paxta meyoridan 20-25% ga kamaytiriladi.
Urug‘lik paxta qо‘lda bir-ikki marta terib olinadi. G‘о‘zada 3-5 ta kо‘sak tо‘liq yetilib yaxshi ochilganda birinchi marta teriladi. Paxta faqat tо‘liq ochilgan kо‘saklardan teriladi. Chala ochilgan kо‘saklardan namligi yuqori va pishmagan paxtani terish man qilinadi. Paxtani ikkinchi marta ham gо‘za tupida pishgan, yaxshi ochilgan 3-5 ta kо‘sak borligida teriladi. Qо‘lda terilgan urug‘lik paxtada shikastlangan chigitlar 0,5% dan oshmasligi lozim. Urug‘lik paxtani terib olishni 10-15 oktabrgacha tugallash kerak.
Urug‘lik paxtani tayyorlov punktlarga jо‘natilguncha brigada xirmonlarida tо‘gri saqlash chigitning sifatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Asosiy urug‘lik paxtani rivojlanmagan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan paxtalardan alohida saqlanadi. Ular tayyorlov punktlarida saqlashdan ilgari bir-ikki sutka davomida brigada xirmonlarida oftobda quritiladi. Bu esa urug‘ning sifatini yaxshilaydi, uning unuvchanligini oshiradi.
Ikkinchi reproduksiya ekilgan maydonlardan urug‘lik paxtani mashina bilan terib olishga ruxsat etiladi. Mashina terimiga g‘о‘za barglarining defoliatsiyadan keyin kamida 80% i tо‘kilganda va kо‘saklarning о‘rtacha 70-75% i ochilganda kirishiladi. Urug‘lik paxtani mashinada terishdan oldin rivojlanmagan, zararkunanda va kasallik bilan zararlangan paxta hamda kо‘saklar qо‘lda terib olinadi.
Mashinada terilgan urug‘lik paxtadan shikastlangan chigitlar miqdori 1% dan oshmasligi kerak.
Elita va birinchi reproduksiya urug‘lar tayyorlov punktiga yangi qoplarda tortilib jо‘natiladi. Bunda har bir qop ichiga navi, reproduksiyasi va yetishtirilgan joy kо‘rsatilgan yorliq solib qо‘yiladi va qop ustiga ham shu mazmundagi yorliq yopishtiriladi. Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan kо‘saklardan terilgan paxta tayyorlov punktiga alohida tovar sifatida topshiriladi. Tayyorlov punktlarida urug‘lik paxtani paxta maydonlaridagi aprobatsiya natijalariga muvofiq qabul qilinadi.
Urug‘lik paxtaning tolasi tashqi kо‘rinishi va tolaning uzilish kuchiga kо‘ra paxtani qabul qilish va komplektlash standart talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tayyorlov punktlarda urug‘lik paxta namligi va ifloslanganligi chegaralangan meyordan ziyod bо‘lganda qabul qilinmaydi.
Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan paxtalar aralashgan urug‘lik paxta tozalash uchun xо‘jaliklarga qaytariladi.
Urug‘lik paxta 250-300 tonnali toy kilib joylanadi.
Bir xil urug‘lik material olish uchun sentabr oyida terilgan urug‘lik paxta oktabr oyida terilgan urug‘lik paxtadan alohida partiya qilib joylashtiriladi. Sentabrda terilgan paxtani partiya qilib joylashtirish 15-20 kundan, oktabrda terilgan paxtani esa partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi lozim.
Urug‘lik paxtani qabul qilishda paxta tozalash zavodining urug‘lik laboratoriyasi har bir xо‘jalikning topshirgan paxtasidan chigitning pishganligi va unuvchanligini tekshirish maqsadida namunalar oladi. Namunalar urug‘lik paxtaning massasiga qarab har bir partiyadan yoki uning ma’lum qismidan olinishi mumkin. Elita urug‘larning har 15, birinchi reproduksiya urug‘larining har 30, ikkinchi reproduksiya urug‘larning har 60, uchinchi va undan keyingi reproduksiyalarning har 150 tonnasidan namuna olinadi.
Paxtaning elita urug‘lari xо‘jaliklardan qabul qilib olingan qoplarda saqlanadi. Sifati har xil bо‘lgan urug‘lik paxta aralashib ketmasligi uchun ular alohida omborlarda saqlanadi. Birinchi reproduksiya urug‘larining massasi 200 t dan ortiq bо‘lsa, ular ochiq maydonlarda bunt qilinib yangi brezent yopilib saqlanadi.
Urug‘lik paxta saqlanadigan har bir omborda yoki buntda joylashtirilgan urug‘lik paxtaning partiyasi va massasi, navi, sanoat sorti, reproduksiyasi, nav tozaligi, dala aprobatsiya guruhi, ombor yoki bunt raqami, komplektlashning boshlanishi va oxiri, qо‘l yoki mashina terimi, tovarshunosning familiyasi yozilgan pasport о‘rnatiladi.
Urug‘lik paxtani saqlash davrida har 10 kunda uning harorati о‘lchab turiladi. Agar urug‘lik paxta saqlanayotgan buntning 3 metr chuqurligida harorat 30°S dan ortiq bо‘lsa, bunday paxta shamollatiladi. Urug‘lik paxta tayyorlov punktidan paxta tozalash zavodlariga maxsus idishlarda tashiladi.
|
| |