Mavzu: Windows operatsion tizimini o'rnatish




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#94047
Bog'liq
Mavzu Windows operatsion tizimini o\'rnatish
2 5355029451593753831, Timur, 253, 11. oksidleniw, BTU, UZB, TAR, РКI, Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz, DzRsw9npi0M0M2QjrUIDohXL1CNIzyALgOXv15dc, M9, армБухДу чорбакр номли тармок ахборот, biologiya, Гласные, Grey minimalist business project presentation 20240225 231609 0000, мактаб, 11-sinf-informatika-testlar-3


4-Laboratoriya ishi. 
Mavzu: Windows operatsion tizimini o'rnatish 
Ishdan maqsad: Operatsion tizimni o’rnatish.
Laboratoriya ishini bajarishda zaruriy vositalar: Kompyuter va Windows 
operatsion tizim turkumidagi tizim yuklovchi disk.
Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo’yib, shu diskdan 
yuklanishni CMOSda ko’rsatib o’tamiz, ya‘ni kompyuter yonganda dastlab shu disk 
yuklansin. Odatda disk avtomatik ravishda o’qiladi(ko’p hollarda). Ba`zan ayrim 
kompyuterlar ishga tushirilganda CMOS muhitiga o`tib sozlashlarni amalga oshirish 
uchun F2 yoki DELETE tugmasi bosib turiladi. Sozlashlar amalga oshirilgach F10 
tugmasi orqali o‘zgartirishlar saqlanadi. Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va 
diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi. 
Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishiga zamin yaratamiz. 
So’ngra, quyidagi oynaga duch kelamiz. 


Rus tilini tanlaymiz shunisi ma‘qul. Далее tugmasini bosamiz. 
Установить tugmasini bosamiz. 


Albatta, litsenziya shartlariga rozi bo’lamiz, ―Я принимаю условия лицензии‖ ga 
qushcha qo‘yamiz. Далее tugmasini bosamiz. 
Yangilash yoki to’liq o’rnatishdan birini tanlash kerak bo’ladi, biz “Полная 
установка” bo‘limini tanlaymiz. Chunki o’rnatilish to’liq va boshidan amalga 
oshirilishi kerak. 


Kompyuterga ulangan disklarni qism (razdel)larga bo’lamiz. Bizning holda bitta 
disk mavjud, bu diskni kamida ikkiga bo’lish shart, asosiy qism(tizim fayllari 
joylashadi), ikkinchisi zaxira qism(yuklanturguvchi(windows loader, bootmgr) 
dasturi joylashadi. 
Создать yozuvi orqali diskni bo’lamiz, zaxira qism o’zi avtomatik hosil bo’ladi. 
20000 Mb asosiy qismga ajratamiz, Windows 7 da zaxira qism 100 mb (ba`zi 
versiyalarida 350)ni tashkil qiladi. Qolgan joy (10.5 Gb) bo’sh qoldirildi. 
Ikkita disk yaratganimizdan keyin shu diskni birinchisini belgilab Windows 7 
operatsion sistemanio‘rnatamiz, va Далее tugamasini bosamiz. Shundan so’ng, 
fayllar ko’chirilishi va ularni ochib, o’rnatilish boshlanadi. 


O’rnatilish tugaganidan so’ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari 
boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish 
so’raladi. 


Shundan so’ng, foydalanuvchi nomiga parol, parolni qaytadan kiritish, parolni 
yodga soladigan so’z yoki gap kiritilish talab qilinadi, kod qo‘yib bo‘lgandan keyin 
Далее tugmasini bosamiz. 
Mahsulotning kaliti va pastki qismida avtomat yangilanishni yoqish ) haqida xabar. 


Bu oynadan keyin biz qushchani olib tashlaymiz 
Xavfsilkni yoqish, odatda biz bu parametrni o’chirib qo’yamiz, xavfsilik masalasini 
antivirus dasturlari orqali hal qilgan ma`qul. “Отложить решение”. 
Keyingi oynada, Vaqt, kun, soat o’rnatiladi, Далее 


Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha topshiriqlar: 
1. OT turlari va ularning farqini aytib bering? 
2. Windows operatsion tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
3. OT o’rnatish tartibini ayting? 
4. Virtual box tizimini o’rnatish. 
5. Windows 7,8,10 va eski turkumlarini o’rnatish. 
6. Windowsning har bir turkumini afzalliklarini va kamchiliklarini o’rganish. 
7. Virtual box dasturida Windows turkumidan tashqari yana qanday operatsion 
tizimlarni o’rnatish mumkin. 
8. Virtual box tizimini ishlash prinsipini o’rganish. 
9. Kompyuterga 2-operatsion tizimni o’rnatish ketma-ketligini tushuntirib bering. 
10. Windows operatsion tizimini boshqa operatsion tizimlaridan farqini tushuntirib 
bering. 

Download 0.89 Mb.




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Windows operatsion tizimini o'rnatish

Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish