• Tolaning uzunligi.
  • Paxta tolasining texnologik xususiyatlari




    Download 43.22 Kb.
    bet3/8
    Sana06.02.2024
    Hajmi43.22 Kb.
    #152045
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-mavzu
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
    Paxta tolasining texnologik xususiyatlari. Paxta tolasini qayta ishlashda va tо‘qimachilik sanoatida foydalanishda uning texnologik xususiyatlari muhim о‘rinni egallaydi.
    Tolaning texnologik qimmati uning bir qator xususiyatlarining majmuasi bо‘lib, ulardan asosiylari geometrik, mexanik va fizik-kimyoviy xossalari hisoblanadi.
    Tolaning uzunligi va kо‘ndalang kesim о‘lchamlari uning geometrik xossalarini, pishiqligi, elastikligi va boshqalar mexanik xossalarini, issiqlikka chidamliligi, nam о‘tkazish va bir qator kimyoviy moddalarga munosabati uning fizik-kimyoviy xossalarini bildiradi.
    Paxta tolasining texnologik xususiyatlaridan uning uzunligi, ingichkaligi, pishiqligi, buraluvchanligi, elastikligi, uzilish uzunligi va yetilishi sanoat hamda ishlab chiqarish ahamiyatiga ega.
    Tolaning uzunligi. Tolaning о‘rtacha uzunligi uning texnologik kо‘rsatkichlari orasida tolaning sifatini belgilovchi kо‘rsatkich bо‘lib xizmat qiladi. Paxta tolasining uzunligi tо‘qimachilik sanoatida yigirish sistemasini aniqlashda asosiy omil hisoblanadi. Uzunroq tolalardan ingichka va pishiq ip ishlab chiqariladi.
    Tolaning uzunligi - tо‘g‘rilangan tolaning ikki uchi orasidagi masofa bо‘lib, millimetrda о‘lchanadi. Bir namunada turli xil uzunlikdagi tola bо‘lishi mumkin. Shuning uchun tolaning uzunligi tushunchasi bir tola uchun emas, balki umumiy namunadagi tolalarning о‘rtacha uzunligini ifodalashi lozim. Ekiladigan gо‘zalarda tolaning uzunligi 18-20 mm dan 45-50, hatto 55-60 mm gacha bо‘lishi mumkin.
    Mamlakatimizda ekilayotgan о‘rta tolali gо‘zaning kо‘pgina navlarida paxta tolasining uzunligi 30-33 mm, ayrimlarida 35-36 mm ga yetadi, ingichka tolali navlarda esa 38-42 mm gacha boradi.
    Tolaning uzunligini qо‘lda aniqlasa ham bо‘ladi. Bunda namunadan bir tutam tola olinib, lineykada ularning uzunligi о‘lchanadi. Tolaning uzunligini maxsus Jukov asbobida aniqlanadi.
    Har bir namuna paxtada ayrim tolalarning uzunligi turlicha bо‘lganligi sababli yigirish sistemasini tanlash uchun kerakli tola uzunliklarining о‘rtacha kо‘rsatkichlarini aniqlash kerak bо‘ladi. Shuning uchun tola uzunligini aniqlovchi о‘rtacha massa uzunligi, modal va shtapel uzunligi, tola bazasi va uzunligi jihatdan tekisligi kabi tushunchalar kiritilgan.
    Tolaning о‘rtacha massa uzunligi deganda namunadagi tolalarning о‘rtacha uzunligini ularning massasiga kо‘paytirib, namunaning umumiy massasiga nisbati tushuniladi.
    Model’ uzunligi tola namunasida eng kо‘p uchraydigan tola uzunligidir.
    Shtapel uzunlik deganda model uzunlikdan katta bо‘lgan uzunlik guruhlarining о‘rtacha qiymati tushuniladi.
    Tolaning bazasi model uzunlikka yaqin tolalarning qanchalik kо‘p yigilishini xarakterlaydi, ya’ni olingan paxta tolalarning uzunlik jihatdan tekislik darajasini belgilaydi.
    Tolaning uzunlik jihatidan tekisligi har xil tipdagi paxta tolalarning model uzunligining bazaga kо‘paytmasi bilan topiladi. Agar tolaning tekislik qiymati 1000 bо‘lsa, tola uzunlik jihatdan tekis hisoblanadi.

    Download 43.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paxta tolasining texnologik xususiyatlari

    Download 43.22 Kb.