|
1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi
|
bet | 4/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,22 Kb. | | #152045 |
Bog'liq 4-mavzuTolaning buraluvchanligi. Tolaning buraluvchanligi uning bir millimetrining buralish darajasi bilan aniqlanadi. Buraluvchan tolalardan ip yigirilganda ular bir-biri bilan о‘zaro yaxshi birikib, ipning pishiqligi ortadi.
Mamlakatimizda ekiladigan о‘rtacha va ingichka tolali g‘о‘zalarning har 1 mm tolasi 10-12 marta buraladi. Ingichka tolali g‘о‘za tolalarining buraluvchanligi о‘rtacha tolali gо‘zalarnikiga qaraganda bir necha marta kо‘p bо‘ladi. Tola buralishining tola bо‘yiga bir tekisda bо‘lishi katta ahamiyatga ega.
Tolaning buraluvchanligi uning pishganligiga bog‘liq. Pishgan tolaning buraluvchanligi pishmagan va yaxshi rivojlanmagan tolalarnikiga qaraganda ziyod bо‘ladi.
Tolaning buraluvchanligi namunaga qarab baholash, tolani kattalashtirib chizish, lineykada buralgan tolaning uzunligini о‘lchash, kurvimetr yordamida uning haqiqiy uzunliginn aniqlash yо‘llari bilan aniqlanadi. Tolaning necha marta buralganligini sanash ham mumkin.
Tolaning pishganligi. Tolaning pishganligi uning sifat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib, tola devorlarida sellyuloza qavatlarining paydo bо‘lish darajasiga qarab aniqlanadi. Tolaning pishganligi tuproq va iqlim sharoitiga, shuningdek, qо‘llaniladigan agrotexnikaga va ekiladigan navga qarab ma’lum darajada о‘zgaradi.
Tola lentasi kengligining uning kanali kengligiga nisbati tolaning pishganligini xarakterlaydi.
Tolaning pishganligini aniklash uchun tola maxsus mikroskop ostiga qо‘yiladi va tola pishish shkalasiga solishtiriladi. Shkalada tolaning pishganligi 0-5 gacha 0,5 tadan qilib bо‘lib kо‘rsatilgan. Shkalada о‘lik tolaning koeffitsiyenti 0,0, о‘ta pishgan tolaniki esa 5,0 deb qabul qilingan. Yaxshi rivojlangan tolaning pishganlik koeffitsiyenti 2-2,5 raqami bilan kо‘rsatilgan.
Paxta tolasining pishganligini qutblangan yorug‘lik yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun polyaroid P-2 deb ataladigan maxsus moslama bilan har qanday mikroskopni ishlatish mumkin.
Tolalar polyaroid orqali qutblangan yorug‘likda qaralganda qizil rang ichida ular pishganlik darajasiga qarab turli rangda kо‘rinadi.
|
| |