Happy Mother's Day




Download 8.85 Mb.
bet1/2
Sana05.04.2024
Hajmi8.85 Mb.
#188896
  1   2
Bog'liq
Valikli jin
Qodirqulov S, 1-mavzu amaliy topshiriqlar, Kompyutertarmoqlarini administratorlash fanidan test savollari, O\'z komplektlangan maktablarda tabiatshunoslik darslarini loyiha, Test (1), 118910 (1), PSY Maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda, STRUKTURA, Шерали акам маълумот, Institut bayonnomasidan ko\'chirma G N Davranova Seminar 27 03 2024, 1404229553 52363, uz, Reproduktiv salomatlik..123..pptx

Valikli jinlarning ishchi qismlari va parametrlari
Reja:
1.Kirish
2. Jin mashina
3. Valikli jinning ishchi qismlari
4. Valikli jinlash
5. Chigitli paxtani jinlashda
6. Arrali jinlash
5.Xulosa.
6.Foydalanilgan adabiyotlar.
Jin mashina (inglizcha: сotton gin) yoki tola ajratkich — paxta tolalarini chigitdan ajratib oladigan mashina. Arrali va valikli xillari bor.
Arrali jin mashinaning asosiy ish qismlari, ish kamerasi va arrali silindr 2 dan iborat. Arrali silindr 80—130 dona arrali disklardan yigʻiladi. Chigitli paxta ish kamerasi ga tushadi. Aylanib turgan silindr arralariga ilingan tolalarning bir qismi chigitdan ajralib, panjara 3 orasiga oʻtadi, soplo 4 va mashina boʻgʻzi 5 orqali batareya kondensoriga yigʻiladi.
Chigitli paxta silindr bilan bir necha marta uchrashgach, chigit tolalardan deyarli tozalanadi va sirpanib, taroq 8 bilan panjara orasidan oʻtib, chigit konveyeriga tushadi. „Ulik“ tola ajratish moslamasi 6 toladan „ulik“ tola va ifloslarni ajratib, shnekli „ulik“ tola konveyeri 7 ga yoʻnaltiradi.
Valikli jin mashinaning ish qismlari hayvon terisidan, sunʼiy rezinalashtirilgan materiallar va tabiiy poʻkaklardan yasalgan valik, qoʻzgʻalmas pichoq 2 va urish valigi 3 dan iborat. Taʼminlash kamerasi ga tushgan chigitli paxtani qarama-qarshi tomonga aylanib turadigan valiklar 2 qoziqchali titkilash barabani 3 ga bir meʼyorda uzatadi, baraban qoziqchalari uni ilashtirib, toʻr 4 sirtidan sudrab utadi. Paxtadan ajralgan xas-choʻplar toʻr koʻzlaridan oʻtib tashqariga chiqadi, titilgan paxta esa qiya 5 dan sirpanib, ignali baraban 6 ga yoʻnaladi.
  • Tekislovchi valik 8 chigitli paxta qatlamini tekislab turadi. Tezlatish barabani 9 ignali baraban 6 dan chigitli paxtani ajratib olib, bir-biriga teskari aylanayotgan ish valigi va urish valigi 10 orasiga keltiradi. Chigit pichoq ostidan oʻta olmaydi, tolalar chigitdan ajraladi va ish valigiga yopishib, pichoq ostidan oʻtib ketadi. Chigit tolalardan toʻliq ajralmaguncha bu jarayon takrorlanadi. Chigitdan ajralgan tola nov 15 ga tushib, undan tola quvuriga, chigitlar esa toʻr 7 ning koʻzlaridan oʻtib, nov 14 orqali yigʻish shnegiga yoʻnaladi. Paxta tozalash korxonalarida bir necha jin mashina batareya tarzida (arralisi har qatorda 2—5 tadan, valiklisi 8—10 tadan) oʻrnatiladi. Oʻzbekiston paxta korxonalarida avtomatlashtirilgan jin mashina lari ishlatiladi.

Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy jarayoni hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan ajratiladi. Jinlash jarayoni chigitli paxta tolasi chigitidan mexanik kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog‘lanish kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga qaraganda 23 marta kam bo‘lgani uchun jinlash jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik, pishganlik darajasi, uzilish kuchlari va h.k) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan ajralib chiqadi. Ingichka tolali chigitli paxtani jinlashda ishlatiladi. Uzun tolali paxta tolasining chigit bilan bog‘lanish kuchi o‘rta tolanikidan ancha kam va ularni tukli sirtlarga ishqalanish kuchi hisobiga ham chigitidan ajratib olish mumkin. Shuning uchun uzun tolali chigitli paxta tolasini chigitidan valikli jinlar yordamida ajratiladi. Bundan tashqari uzun tolali chigitli paxtaning tolasi ingichka bo‘lgani sababli, uning fizik-mexanik xususiyatini saqlab qolish uchun valikli jinlardan foydalanadilar.

Download 8.85 Mb.
  1   2




Download 8.85 Mb.