Международный научный журнал № 6 (100), часть 3
«Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
1469
BINONING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTI DEVOR VA UNING TURLARI.
Davlatov Diyor Dilshodovich
Termiz muhandislik va texnologiya instituti
Arxitektura(turlari bo’yicha) 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Devor – binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo’lib, u tashqi
muhit ta’siridan himoyalash va ko’p hollarda vertikal yuk ko’taruvchi konstruksiya vazifasini
bajaruvchi hisoblanadi. Maqolaning asosiy mazmuni devorning turlari, ularning qay
holatda ishlatilishi va ishlatilish afzalliklari haqida.
Kalit so’zlar:
Devor, qurilish, kostruksiya, g’isht.
Devor uyning tomini ko’tarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va
uylarda yuk tushuvchi devorga va faqat xonalarni ajratib turuvchi ichki va tashqi devorlarga
bo’linadi. Tashqi devorlar o’z xususiy og’irligini, tom va
qavatlararo orayopmalardan
tushayotgan doimiy va vaqtincha yuklarni, shamol bosimi, asosning notekis cho’kishidan
xosil bo’lgan deformatsiyalarni, seysmik ta’sirlar va boshqa ta’sirlarni qabul qiladi.
Ushbu
ta’sirlar ostida bo’lgan devor quyidagi talablarga: mustahkam, turg’un, fazoviy bikir, bino
sinfiga mos keluvchi olovbardoshlilik darajasiga ega, xonadondagi lozim bo’lgan harorat va
namlik rejimini saqlovchi,
shovqin izolyatsiyalovchi, texnologik oson quriladigan va kam
mehnat sarflanadigan, industrlashtirilgan, badiiy- me’moriy
talablariga javob beradigan
bo’lishi kerak.
Devorlar ishlash harakteriga ko’ra
O’z og’irligini ko’taruvchi
Osma devorlar
Parda devor
O’z yukini ko’taradigan devorlar- faqatgina o’z yukini poydrvorga uzatadi va tashqi
to’siq vazifasini bajaradi. Bunda asosiy yuk ko’taruvchi element ustunlar hisoblanadi.
Osma devorlar –
karkas ustunlariga ilintirilib, faqat xonani tashqi muhit ta’siridan
himoyalovchi vazifani bajaradi.
Parda devorlar - ichki yuk ko’tarmaydigan devorlar bo’lib, bino xonalarini o’zaro
ajratib turuvchi to’siq vazifasini ado etadi.
Devor konstruksiyasi va terilishiga ko’ra quyidagicha bo’linadi.
Mayda donali tosh elementlar, ya’ni g’isht, sopol, blok, mayda blokdan terilgan
devorlar
Yirik toshlar, ya’ni yani bloklardan terilgan devorlar
Quyma va yig’ma devorbop panellardan yoki hajmiy bloklardan yig’ilgan devorlar.
Devorlari qurishda eng ko’p ishlatiladigan mahsulot bu g’isht hsioblanadi. G’isht
devorlari juda kuchli, o’tga
chidamli, zararkunandalar va parchalanish ta’siriga tobe emas
Международный научный журнал № 6 (100), часть 3
«Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
1470
shuning uchun bardoshlidir. Ular temir-beton taxta plitalardan foydalanishga imkon beradi.
G’ishtlarning kichik o’lchamlari ulardan murakkab konfiguratsiyalarning devorlarini qurish,
jabhaning dekorativ elementlarini yotqizish imkonini beradi. G’ishtning yong’inga
chidamliligi tufayli g’isht devorlari ichida tutun va shamollatish kanallari yotqizilishi
mumkin. G’isht devorlari yuqori issiqlik quvvatiga ega va shuning uchun termal interiya –
yozda har qanday issiqda ularning orqasida salqin, qishda esa isitishni o’chirgandan keyin
ham uzoq vaqt davomida issiq bo’ladi. Lekin g’ishtning ham o’ziga yarasha kamchiliklari
mavjud. G’isht devorlari yuqori issiqlik quvvatiga ega
va natijada termal inertiya,
shuningdek, nisbatan yuqori issiqlik o’tkazuvchanligiga ega. Shuning uchun, agar uy qishda
kamida ikki hafta davomida isitilmagan bo’lsa, uni qulay sharoitga qadar isitish uchun bir
necha kun kerak bo’ladi.
Xorijiy davlatlarda armaturalangan toshlardan devor tiklanadi. Ayniqsa, ular seysmik
hududlarda bino qurilishida
qo’llaniladi. Bunda armaturani devorga ma’lum bir
qadam bilan o’rnatiladi. Armatura diametric va sterjenlar qadami devorga tushayotgan
yukka hisoblash va kostruktiv xususiyatlar asosida aniqlanadi.
G’isht asosiy devor materiallaridan biri hisoblanib ,
hozigi turar-joy va jamoat
binolarining 40 foizi g’ishtlardan tiklanadi . G’ishtli binolarga me’moriy va badiiy ko’rinish
berishda katta imkoniyatlar bor. G’isht devorlar pishirilgan va silikat g’ishtlardan bunyod
qilinadi. Standart g’isht o’lchami 250x120x65 mm qalinlashtirilgan g’isht o’lchami
250x120x88 mm ga teng bo’ladi. Bulardan tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250
bo’lgan sopol g’ishtlar ham bo’lib, bunday g’ishtlar ichi kovakqilib tayyorlanadi, kovaklari
ochiq yoki bir boshi ochiq bo’shliqlardan iborat bo’ladi. Devor g’ishtlari bo’yicha va
ko’ndalang yotqizib terilishi mumkin. Gisht devor qalinligi 65, 120, 250, 380, 510, 640, 770
mm va undan katta bo’lishi ham mumkin. G’ishtlarning ma’lum tartibda terilishi bog’lash
sistemasi ham deb ataladi. Xonani issiqlik saqlashini yaxshilash
maqsadida esa devorga
qo’shimcha ravishda issiqlikni ushlab turuvchi materiallardan foydalaniladi. Bularga
steklovata va penopleks kabi mahsulotlarni kirgazsak bo’ladi.