• 9-rasm . 9-rasm.
  • Kalitlarni yaratish (mining) jarayoni




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #136240
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2 mavzu

    Kalitlarni yaratish (mining) jarayoni. Kalitlarni yasash jarayoni mayning deb 
    ataladi. Bu jarayonni mayner amalga oshiradi. Mayner bu blokcheyn texnologiyasi 
    tizimining foydalanuvchisi bo’lib, bloklardagi ma’lumotlarni tekshirish, tarqatish va 
    blokcheyn zanjirlaridagi bloklarni yasash jarayonini ham amalga oshiradi. Mayner 
    boshqa tizim bloklari qismlaridan yangi yozuvlarni qabul qilgandan so’ng,ularni 
    biriktirib qurilayotgan yangi blokning sarlavhasini yasaydi va blok kaliti hisoblaydi. 
    Dastlabki hisoblashlardan keyin quyidagicha kalit hisoblanadi.
    «𝑘
    2
    = 31173161954235709850056879078532699846656405891821463 
    73136582» 
    Lekin, yuqorida aytgaimizdek kalit qoidalarga mos turda boshlang’ich sonlari 
    nollardan boshlanishi lozim. Bunda, 
    𝑘
    2
    kalit ustida berilgan qoidalar bajarilmadi. Bu 
    muammoni hal qilishda kalitlar generatsiyasini qayta amalga oshirish kerak ya’ni 
    kiruvchi ma’lumotni kalit nollardan boshlanguncha o’zgartirish lozim. Ammo bu 
    juda murakkab bo’lib, uni qayta hisoblab natijaga olib kelishinig imkoniyati yo’q. 


    Kelib chiqqan bu muammoni yechishda, blok sarlavhasida «NONCE» deb 
    nomlanuvchi maydon ishlab chiqildi. Bu maydonda dastlabki hisoblashlar qiymati 
    0 bo’ladi. Shundan so’ng mayner blokga 1 qiymatini beradi va kalitni qayta 
    hisoblaydi. Natijada quyidagicha 
    𝑘
    3
    kaliti hosil bo’ladi. 
    𝑘
    3
    = 6879078832693117316109880081469846656405891373136582954 
    23575 
    Bunda, 
    𝑘
    3
    kalitining dastlabki raqamlarini nollar tashkil qilmadi, demak jarayon 
    yana davom etadi. Mayner bu jarayonda milliyard, trillion amal bajaradi. Natija 
    quyidagicha rasmda keltiriladi 9-rasm
    9-rasm. Mayner kalitlarni generatsiya qilish jarayoni 


    9-rasmda ko’rsatilganidek hisoblashlar natijasida NONCE 15265 bo’lib 
    berilgan 
    ma’lumotga 
    mos 
    turda, 
    qoida 
    asosida 
    𝑃𝑟𝑒𝑤 =
    8𝑐8𝑑67𝑐7840952𝑐93𝑑3𝑑1𝑑9𝑒8𝑏𝑎310𝑐53𝑎48𝑒2𝑏𝑎𝑑07𝑑4967𝑓𝑓228𝑏𝑐2𝑑2𝑎𝑎𝑒421 
    𝑘
    4
    = 𝟎𝟎𝟎𝟎𝑑1𝑓307𝑐91𝑓47𝑎𝑓5𝑎𝑒𝑏457090𝑒86𝑑7𝑏182𝑏𝑎𝑒𝑎5𝑓𝑎6𝑒5𝑓36𝑓5082𝑏3𝑐682𝑓8𝑎
    kalitlar kelib chiqadi. Kalitlar hisoblangandan keyin mayner blokni shakllantirib 
    tizimdagi boshqa foydalanuvchilarga yuboradi. Natijada, blokdagi yozuvlar 
    kriptomustahkamligi yuqori bo’lgan kalitlar bilan shifrlanadi. Blok kaliti esa kripto 
    hujumga bardoshli algortim asosidagi generatsiya qilingan kalitlar yordamida 
    himoyalanadi. Mayning kalitlarni ishlab chiqarishi bu jarajonning turg’unligini 
    tasdiqlaydi. Boshqacha aytganda, kalitlarni izlash, bloklarga kiritilgan yozuvlar 
    hajmi va mavjud kalitlar bilan bloklarni qayta tekshirish jarayonini amalga oshirish 
    mumkin emas. Sababi ixtiyoriy iteratsiya bajarilganda kalitlarni topish jarayoni bir 
    hil turda amalga oshiriladi. Bu deganimiz, kalitlar ustida qayta hisoblashlarni 
    yuritish, kaltilarni sotish va sotib olish, kalitlar omboritni yaratish kabi amallarni 
    bajarish mumkin emas, chunki tizimdagi barcha foydalanuvchilar teng huquqli. Har 
    bir maynerda mos kalitlarni olishning faqat yagona imokoniyani hisoblashdir, 
    mayner shu tarzda o’z ishini amalga oshiradi. Bunda maynerlarga kalitlarni 
    hisoblagani va bloklarni shakllantirgani uchun haq to’lanadi. Mayner kalitlarni tez 
    va ishonchli hisoblash jarayonlarini amalga oshirsa va bloklarni shakllantirsa, tizim 
    meynerga bajarilgan amallari uchun haq belgilaydi. Keyinchalik tizimda yaratilgan 
    bloklar tekshiriladi. Asosan bloklar kompleks murakkab hisoblash usulidan 
    foydalangan holda shakllantiriladi. Bu oddiy kriptografik bloklarni yaratish va 
    zanjirdagi soxta bloklarning mavjud bo’lmasligini ta’minlaydi. Yuqorida keltirib 
    o’tganimizdek blokcheyndagi bloklar yozuvlarini o’zgaritirish mumkin emas. 
    Sababi, bloklar yozuvlarini o’zgartirish blok kalitining o’zgarishiga olib keladi. 
    Kalitlarning o’zgarishi esa tizimdagi kalitlarning mos kelmasligini keltirib chiqadi, 
    bu esa tizimdagi boshqa foydalanuvchilar tomonidan tahdid sifatida qabul qilinadi 
    va yozuvlar o’zgarishsiz qoladi.



    Download 0,82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish