|
Microsoft Word Muzaffarova X1
|
bet | 1/2 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 373,3 Kb. | | #259360 |
Bog'liq 2 5309845394912460492
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI
FIZIKA-MATEMATIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 221-guruh talabasi
O'razboyev Rahmonbekning
INKLYUZIV TA'LIM VA GOSPITAL PEDAGOGIKA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
URGANCH 2024
Reja
Mavzu:O'zbekistonda imkonyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim
1.Inklyuziv ta'lim nima?
2.O'zbekistonda inklyuziv ta'lim
3.Inklyuziv ta'lim rejalar va imkonyatlar
4.Xulosa
Inklyuziv ta'lim - bu jinsi, millati, dini va rivojlanish xususiyatlaridan qat'i nazar, barcha bolalarni ta'lim jarayoni va ijtimoiy moslashuvga jalb qilish jarayoni.
Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi jamiyatda sog'lom shaxslararo munosabatlarni o'rnatishdir. Odamlar odatdagidek inson madaniyati xilma-xilligi, insonning namoyon bo'lishi va inson salomatligi bilan bog'liqlikni o'rganishlari kerak. Inklyuziv bolalarga imkon berishi kerak nogironlik imkon qadar jamiyatga qo'shilish imkoniyati. Nogiron bolalar, asosan oilalari bilan muloqotda bo'lib, katta yoshga kirishga tayyor emaslar. Va umumiy ta'lim tashkiloti - bu bolalar uchun inklyuziya rejimida o'rganish, boshqa bolalar bilan muloqot qilish va dunyo bilan tanishish uchun yagona imkoniyatdir. Inklyuziv - bu nogiron bolalar oddiy bolalar bilan birgalikda davlat dasturi bo'yicha o'qish, boshqa bolalar singari bilimlarni egallash. Maktablarda yagona narsa yaratilishi kerak qo'shimcha shartlar ushbu bolalarning sog'lig'i holatini hisobga olgan holda.
Inklyuziv ta'lim mutaxassislarning o'zaro ta'sirini tashkil qilmasdan tubdan imkonsiz bo'lib chiqadi. Jamoaning bunday o'zaro ta'siri quyidagicha ta'riflanadi: nogiron bolani rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik va uning oilasini qo'llab-quvvatlashni tashkil etish.
Maktabda psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxassislarning mavjudligi nogiron bolalarni qabul qilish va inklyuziv amaliyotni amalga oshirish uchun zaruriy shartdir. O'qituvchi, o'qituvchi va yordamchi mutaxassislarning o'zaro aloqasi darhol yuzaga kelmaydi va har doim ham chinakam jamoaviy bo'lib qolavermaydi, mutaxassislarning har biri o'ziga xos, yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan vazifalarni hal qiladi. Biroq, inklyuziv amaliyotni amalga oshiradigan maktablarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, umumiy tilni topmasdan, bolani ta'lim jarayoniga qo'shish uchun umumiy maqsadlarni qo'ymasdan, maktabning bu yo'nalishdagi ishini muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi.
O‘zbekistonda umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta'lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
Oxirgi paytda inklyuziv ta'lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta'lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta'lim olishini anglatadi. Ya'ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e'tiborda o‘qiy olishi kerak. O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'i nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta'minlanmagan;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta'lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga ega emas;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti;
pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta'lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta'lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta'lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta'limni bosqichmabosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta'lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta'limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta'limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi.
Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim».
«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
Umumta'lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib «Birinchi navbatda O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish kerak. Yangi tahrirdan o‘tgan «Ta'lim to‘g‘risidagi» qonunda tarixda birinchi marta inklyuziv ta'lim tushunchasi kiritilgan edi. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deb yozilgan, lekin hanuzgacha bunday tartib ishlab chiqilmagan va psixologik-tibbiypedagogik komissiyalarning xulosasi ko‘pincha majburiy tavsiya sifatida ko‘riladi. Misol uchun, ota-ona nogironligi bo‘lgan bolasini umumta'lim maktabida o‘qitmoqchi yoki maxsus maktab-internatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, tibbiy mutaxassislarning xulosasi bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Ammo bunday tartib Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga zid, chunki barcha bolalar ta'lim turini tanlash huquqiga ega.
Shuningdek, biz jamiyatimizning ongini tubdan o‘zgartirishimiz kerak, chunki sog‘lom bolalarning ota-onalari va umumiy maktab o‘qituvchilari aksar hollarda nogironligi bo‘lgan bolalar barcha bolalar bilan birga o‘qishga rozi bo‘lmayapti.
Yana bir muhim masala bu o‘qituvchilar tayyorgarligi, mutaxassislar yetishmasligi hamda umumta'lim maktablari binolarida kerakli sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq. Bu muammolar hal etilmasdan turib, nogironligi bo‘lgan bolalar sharoitsiz va salbiy munosabatli maktablarga o‘tkazilishi ularning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi».
O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni tatbiq etishda bizdan ko‘proq tajriba va bu sohada muvaffaqiyatlarga erishgan davlatlardan tajroba o’rgansak yaxshi bo’ladi. Misol uchun, Rossiyaning «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunida o‘quvchilarga ta'lim muassasasi va ta'lim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligi ta'kidlangan. Shu bilan birga, qonunga asosan, ta'lim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va sog‘ligidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam olishi, psixologik-tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun sharoit yaratib berishi belgilangan.
Rossiyada alohida ehtiyojga ega (diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi yoki DeGS, autizm, disleksiya va boshqa holatli) o‘quvchilarni individual qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilgan. Bu tizimda asosiy rol yuqori malakali pedagog kadrlar, ya'ni tyutorlarda. Tyutorlar zaxiradagi pedagoglar bo‘lib o‘qishda imkoniyati cheklangan bolalarni psixologik-pedagogik hamroh sifatida qo‘llabquvvatlaydi va umumiy sinfda doimo nogironligi bo‘lgan bola bilan doimiy ishlaydi.
O‘tgan yili qabul qilingan O‘zbekiston prezidenti qarorida ham maxsus pedagoglar va tyutorlar OTMlarda tayyorlanishi nazarda tutilgan.
«Eng muhimi, inklyuziv ta'lim joriy qilish tartiblarini nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari, maxsus maktab-internatlari pedagoglari, nogironlar tashkilotlari vakillari bilan birgalikda ishlab chiqish kerak. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokamalar olib borib, fikr va takliflari inobatga olinsa, me'yoriy hujjatlar amalda samaraliroq ishlaydi. «Tabib tabib emas, boshidan o‘tgan tabib» deganlaridek, aynan nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘zlari va ularning ota-onalari o‘z vaziyatlarini yaxshi bilishadi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ularning fikrlari, takliflari qabul qilinishi kerak. Afsuski, mening kuzatishlarim shuni ko‘rsatyaptiki, ko‘pincha ular XTV tomonidan normativ hujjatlarni ishlab chiqishda jalb qilinmaydi.
«Hozir Qurilish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlarni yaratish maqsadida ular o‘qiyotgan ta'lim muassasalarining binolari va jihozlariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, inklyuziv ta'lim sinov tariqasida joriy etilishi belgilangan umumta'lim maktablari inklyuziv ta'limga jalb etiladigan bolalar ehtiyojiga ko‘ra jihozlanadi.
Zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talablar hamda ular asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini baholash metodikasi va tartibida ham alohida ta'lim ehtiyojiga muhtoj o‘quvchilar sifatli ta'lim olishi uchun yetarli sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan.
2021-2022 o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning 24 foizini inklyuziv ta'lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 40 foizga yetishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta'lim maktabida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflari ochilishi belgilangan. Bunday sinflarga diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DeGS), disleksiya va autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar qabul qilinadi.
Ta'lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etish bo‘yicha pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv rejalariga ta'limtarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Bundan tashqari, umumta'lim maktablari psixologlari tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va kamsitishlarga qarshi treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadlar ham xuddi konsepsiyadagidek amalga oshirilsa, imkoniyati cheklangan bolalar boshqalar singari bir xil sharoitda ta'lim olishi kerak, ularga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yetmay qolishi kerak emas. Bunday bolalar ham sog‘lom bolalar kabi qiynalmasdan maktabga borishi, kelajakda o‘z yo‘lini osonroq topishi mumkin. Jamiyat ham imkoniyati cheklangan shaxslarga begonadek ajablanib qaramaydi.
Faqat konsepsiya to‘liq amalga oshishi qat'iy nazoratga olinishi, hech narsa qog‘ozda qolib ketmasligi kerak va Xalq ta'limi vazirligi ixtisoslashgan maktab o‘qituvchilarining xavotirlariga e'tibor berib ularni eshitishi, jamoatchilikning fikrlarini ham o‘rganib borishi maqsadga muvofiq.
|
| |