|
Kelajakda ishsiz qolmang!
|
bet | 1/2 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #136791 |
Bog'liq MILLIY SERTIFIKAT 90867
KELAJAKDA ISHSIZ QOLMANG!
Bilasizmi, dunyo juda tez suratda rivojlanib, o'zgarib bormoqda. Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kelajakda hozir mavjud kasblarning ko'pi keraksiz bo'lib qoladi va yangi kasblar paydo bo'ladi. Agar kelajakda ishsiz qolishni xohlamasangiz, hoziroq kasb tanlash masalasida jiddiyroq o'ylab ko'ring.
Robot texnologiyalari biz kutgandan ham tezroq rivojlanmoqda. Ayrim zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish to'liq aftomatlashtirilgan. Ya'ni robotlar kuchidan foydalaniladi, odamlar esa deyarli ishlamaydi. Yaqin 20-30 yildan keyin esa robotlar hozir odamlar bajarayotgan ko'plab vazifalarni o'z zimmasiga olar ekan. Shuning uchun kasb tanlashda bu ishni kelajakda robotlar qila olishi yoki yo'qligi haqida ham o'ylab ko'ring.
Kelajakda olimlarga, ayniqsa, fizika, matematika, astronomiya, kimyo, biologiya kabi soha mutaxassislariga ehtiyoj ortadi. Axborot texnalogiyalari rivojlangani uchun dasturchilik eng daromadli kasbga aylanadi. Kompyuter va axborot texnalogiyalari bilan bog'liq har qanday kasb egalari kelajakda yaxshi ish bilan ta'minlanadi.
Kelajakda shifokor, o'qituvchi va murabbiylarga ham yaxshi oylik beriladi. Chunki bu kasblarni robotlar hech qachon egallay olmaydi. Ammo kompyuter grafikasining rivojlanishi tufayli kelajakda aktyorlarga ehtiyoj bo'lmasligi mumkin. Hatto bugun ham ayrim filmlarda aktyorlarning o'rnini kompyuter dasturi orqali yaratilgan qahramonlar egallab ulgurgan. Shuning uchun mashhur kino yulduzi bo'lishni orzu qilib yurgan bo'lsangiz, bu haqda qayta o'ylab ko'ring.
1. Matn mazmuniga mos to'g'ri shakklantirgan hukmni toping
A) Robotlar hatto kelajakda shifokor, o'qutuvchi va murabbiylar kasbini ham egallashishi mumkin.
B) Kompyuter grafikasining rivojlanishi tufayli kelajakda aktyorlarga ehtiyoj bo'lmasligi mumkin.
C) Ayrim zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish to'liq avtomatlashtirilmagan, Ya'ni robotlar kuchidan foydalanilmaydi, odamlar esa deyarli ishlamaydi.
D) Kelajakda yuristlarga, fizika, matematika, astronomiya, kimyo, biologiya kabi soha mutaxassislariga ehtiyoj ortadi.
2. Matn mazmuniga mos noto'g'ri shakklantirgan hukmni toping
A) Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kelajakda hozir mavjud kasblarning ko'pi har dolm kerakli bo'lib qoladi, yangi kasblar uning o'rnini bosolmaydi.
B) Hatto bugun ham ayrim filmlarda aktyorlarning o'rnini kompyuter dasturi orqali yaratilgan qahramonlar egallab ulgurgan. Shuning uchun mashhur kino yulduzi bo'lishni orzu qilib yurgan bo'lsangiz, bu haqda qayta o'ylab ko'ring.
C) Robot texnologiyalari biz kutgandan ham tezroq rivojlanmoqda. Ayrim zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish to'liq avtomatlashtirilgan. Ya'ni robotlar kuchidan foydalaniladi, odamlar esa deyarli ishlamaydi, Yaqin 20 30 yildan keyin esa robotlar hozir odamlar bajarayotgan ko'plab vazifalarni o'z zimmasiga olar ekan.
D)Agar kelajakda ishsiz qolishni xohlamasangiz, hoziroq kasb tanlash masalasida jiddiyroq o'ylab ko'ring.
3. Matnning birinchi abzasida qanday turdagi xatolik mavjud?
A) Imloviy xatolik, Ishoravly
B) Ishoravly xatolik
C) Qo'shimcha va paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik
D) Paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik
4. Matnning uchinchi abzasida qanday turdagi xatolik mavjud?
A) Imloviy B) Ishoraviy, imloviy
C) Uslubiy D) Imloviy va uslubiy
5. Matnning nechanchi abzasida jarangli undoshning jarangsiz jufti bilan yanglish qo'llash bilan bog'liq xatolik kuzatilgan?
A)1 B)2 C)3 D)4
|
| |