|
O’zbekistonda Xalq Ta’limi Mustaqillikka erishilgandan so’ng va shu kunlarda ham juda tez suratda yuksak marralarga erishyapti va rivojlanyapti
|
bet | 1/12 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 14,46 Mb. | | #255266 |
Bog'liq asosiy-qisim
KIRISH
O’zbekistonda Xalq Ta’limi Mustaqillikka erishilgandan so’ng va shu kunlarda ham juda tez suratda yuksak marralarga erishyapti va rivojlanyapti. Yurtimizda har bir shahar va viloyatlarida o’quv muassasalarida, shu jumladan maktablarda yuksak va jiddiy ta’lim va tarbiya ishlari olib borilyapti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilyapti. Maktablarni yalpi kompyuterlar bilan, texnika vositalari bilan ta’minlash dasturi , hamda darslarni yangi pedtexnologiyalari asosida o’qitish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va hozir bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti.
O’zbekistonning bugungi kunida Mustaqillik yo’lida dadil borayotgan yoshlarining Vatanga sadoqat tuyg’ularini o’stirishda va ularni kamolotga yetkazishda ma’naviy qadriyatlarni tiklash yo’lida ulkan tadbirlar olib borilyapti. Xalq orasidagi ustoz-shogird an’analarini ham o’zbek xalqining o’tgan ajdodlari tomonidan yaratilib meros bo’lib qolgan madaniy boyliklari hazinasiga kiritish mumkin. Mamlakatni yuksaltirishda bu nodir an’ana beqiyos o’rin tutib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Har bir shaxs o’zi istagan sohaning mohir ustasi bo’lib, mazmunli va ongli hayot kechirishi uchun zarur moddiy istaklarga erishishi mumkin, ya’ni o’zi va oilasi uchun qulay shart-sharoit, rizq-nasiba butunligi, dasturxon to’kinligi kabilarga ega bo’la oladi. Hamda u ma’naviy ehtiyoj uyg’unligiga ham erishishi mumkin bo’ladi, ya’ni hayotdan mazmun va halovat topish va poklanish kabilar.
“San’atning boshqa turlarini kamsitmagan holda, bugungi kunda televidenie va kino san’atining ta’sir kuchi benihoya yuksalib borayotganini qayd etish lozim”.O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov
Inson ongiga ma’lum g‘oyani singdirishda kino san’atining o‘rni va imkoniyatlari beqiyosdir. Adabiyot, Musiqa, teatr, tasviriy san’at unsurlarini o‘zida mujassam etgan kino san’ati bir tomondan – jamiyatda kechayotgan jarayonlarga badiiy, falsafiy, estetik umumlashmalar nuqtai nazaridan yondoshsa, ikkinchi tomondan – unga xos bo‘lgan ommaviylik bu umumlashmalarni katta-katta auditoriyalarga maroqli va ta’sirchan shakl-shamoyilda yetkazib berish imkonini yaratadi.
Sintetik san’at turi – kinoning o‘ziga xosligi kinoqahramonlarning ichki dunyosi so‘z bilan, o‘y-xayollari operator orqali yirik, o‘rta va umumiy planlarda, rejissyorning topilmasida, kompozitorning qahramon tabiatiga monand kuy-qo‘shiq yarata bilishida o‘z aksini topadi. To‘g‘ri tanlangan mavzu, g‘oya, muhimi, rejissyorlik yechimi kabi umumlashmalar tomoshabinni film davomida yuz berayotgan voqea joyiga pinhona yetaklaydi. Ekran san’atining o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil qilingan ekran asari namoyishi davomida tomoshabin kinoqahramon yashab turgan makonda birga nafas oladi, dardlariga darmon, shodliklariga sherik bo‘ladi ya’ni ijro etilayotgan obrazni hil qiladi.
Milliy ekran san’ati o’tmishidan ko‘plab badiiy tajribalar, ijodiy parvoz va inqirozlar, ekran san’ati an’analari, o‘ziga xos milliy maktabning shakllanishi, janr-mavzuviy izlanishlar joy olgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Hech kimga sir emaski, yil sayin o‘zbek kino san’ati badiiy, uslubiy, g‘oyaviy, tasviriy va ifodaviy jihatdan takomillashib bormoqda.
Birinchi prezidenti Islom Karimov: “Endigi asosiy vazifa – kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonchining orta borishidir. Chunki tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tayziqdan, qullikdan qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”1, – deb aytgan edilar. Ayni maqsadda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi o‘zbek milliy kinosi rivoji uchun keng yo‘l ochib berildi. Mustaqillikning dastlabki yillari O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992 yil 9 martdagi “Kinokompaniya” tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoniga asosan kino sohasini alohida tarmoq tizim sifatida qaytadan tiklanishi, 1996 yil 29 apreldagi Farmonga asosan, “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasining tuzilishi, 2004 yil 16 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasida boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va 17 martda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori shu e’tiborning amaliy natijasidir. Ushbu tarixiy hujjatlarni joriy e’tilishiga sabab – o’zbek kinematografiyasini yanada rivojlantirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulug‘vor o‘zgarish hamda yutuqlarni milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyatini kino san’ati vositasida to‘laqonli badiiy aks ettirish, badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop va multiplikatsion filmlarning xalqimiz hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini oshirishdan iborat hisoblanadi.
Ekran san’ati tarixining rivojlanish bosqichida har davrning o‘ziga xos yosh ijodkorlari bo‘lganini ko‘rish mumkin. Masalan, yigirmanchi asr boshlarida Nabi G‘aniev, Malik Qayumov, Yo’ldosh A’zamov, Komil Yormatov, R. Pirmuhammedov, E. Hamroev singari betakror iste’dod sohiblari o‘zbek kino san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lsalar, keyinchalik bu ishni Zulfuqor Musoqov, Yu. Roziqov, S. Nazarmuhammedov, R. Muhammadjonov kabi kinoijodkorlar davom ettirdilar va davom ettirib kelmoqdalar.
Ayni damda, kino sohasi hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yurtimiz kino san’ati rivoji uchun mustahkam huquqiy asos yaratilib, ishlab-chiqarish bazasini rivojlantirishga kirishildi. Har yili milliy kino ehtiyojlari uchun davlat budjetidan kafolatlangan, maqsadli mablag‘lar ajratilib, qo‘shimcha sarmoyalar jalb etishga qaratilgan zarur huquqiy hujjatlar ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan.
So‘nggi yillarda davlat budjetidan o’n beshta to‘liq metrajli badiiy film suratga olish uchun mablag‘ ajratilgan bo’lib, ularning ish jarayoni “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan qo‘yilgan talablar asosida nazorat qilinayapti.
1991 yilda “5-studiya” yoshlar ijodiy eksperimental studiyasi hamda “Samarqandfilm” studiyasi tashkil qilinib, o‘zbekkino ijodkorlari zimmasiga kino san’atini g‘oyaviy-badiiy jihatdan tubdan yangilash vazifasi topshirildi. To’qsoninchi yillar arafasida respublikada oltmish, yetmish dan ziyod mustaqil studiyalar paydo bo‘ldi. Bu studiyalarda ishlab chiqilgan filmlarning deyarli barchasi zamonaviy qahramonlarni o‘ylantirayotgan tashvish-muammolarni qamrab oladi.
To’qsoninchi yillar so‘nggiga kelib, ma’naviy merosni qayta tiklash, milliy madaniyat hamda o‘zlikni anglash jarayonida kino ijodkorlar uzoq va yaqin o‘tmishdagi yurt tarixi, unutilayozgan qadriyatlar qatlami, bir vaqtlar ta’qiqlangan mavzular, qolaversa, qatag‘on qilingan ajdodlar taqdirini katta ekranga olib chiqtilar. Buning natijasida esa tomoshabinning zamonaviy mavzularga bo‘lgan qiziqishni susaytirib, uni bir qancha vaqt chetga surib qo‘ydi.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida yurtimiz kinoijodkorlar tomonidan yigirma ikkita to‘liq metrajli film ishlangan bo‘lib, ulardan beshtasi uzoq va yaqin o‘tmishdagi tarixiy mavzularga bag‘ishlangan. “Otamdan qolgan dalalar” (rej. Shuhrat Abbosov, 1998 y.), “O‘tkan kunlar” (rej. M. Abzalov, H.Fayziev, 1998 y.), “Voiz”, “O‘rtoq Boykenjaev” (rej. Yu. Roziqov, 1998 y., 2002 y.), “Alpomish” (rej. Hota Fayziev, 2000 y.) kabi filmlar shular jumlasidandir. Shuningdek, zamonaviy mavzudagi “Kichkina tabib”, “Oyijon” (rej. Zulfuqor Musoqov, 1998 y., 2000 y.), “Qismat” (rej. A. Ismoilov, 1999 y.), “Ayollar saltanati” (rej. Yu. Roziqov, 1999 y.), “Baxt qadri” (rej. Yu. Sobitov, 2001 y.) singari filmlar ham shu yillarda ishlab chiqilgan.
21 asrdan boshlab badiiy kinoda yuqorida nomlari keltirilgan kinoijodkorlar orasida yosh ijodkorlar Yolqin To‘ychiev, Ayub Shahobiddinov, Mirmaqsud Oxunov, Temur Musoqov, Mansur Abduholiqov, Shavkat Jayron, Akbar Bekturdiev, Shavkat Yuldashev kabi izlanuvchan rejissyorlar, Ra’no Shodieva, Dilnoza Kubaeva, Gulchehra Eshonqulova, Jamila G‘ofurova, Ulug‘bek Qodirov, Farruh Soipov, Adis Rajabov, Dilshodbek Kattabekov kabi yosh iqtidorli aktyorlar, Aziz Arziqulov, Abduvohid G‘aniev, Umid Malikovdek kamera oynasi sezgir operatorlar gavdalana boshladi.
So’ngi yillarda yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilayotgan qator filmlar turli davlatlarda o‘tkazilayotgan festivallarda sovrindor bo‘lib qaytmoqda. “Kann”-2007 xalqaro kinofestivalda yugoslaviyalik rejissyor Emil Kusturitsa jurnalistlardan biriga intervyu berish chog‘ida: “Negadir ushbu festivalda o‘zbekkino rejissyorlarining ishi namoyish etilmaydi” degandi. Bundan ko‘rinadiki, E. Kusturitsa o‘zbek kino san’atidan xabardor.
A. Shahobiddinovning Yo. To‘ychiev bilan 2003 yil hamkorlikda yaratgan “Qor qo‘ynida lola” filmi “Ijodiy parvoz” festivalida yuqori baholanib, “Kann” xalqaro kinofestivalda namoyish etish uchun yuborilgandi. 2008 yil Olmatada bo‘lib o‘tgan “Shaken yulduzlari” xalqaro kinofestivalda rejissyor A. Shahobiddinov “O‘tov” filmi uchun “Zamonaviy va milliy qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar masalasini yoritganligi uchun” laureatlik diplomi bilan taqdirlandi. 2006 yil Olmaota shahrida o‘tkazilgan “Yevroosiyo” festivaliga jami 52 mamlakat o‘z filmlari bilan tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan
14 tasi saralab olindi. Shulardan Z. Musoqovning “Vatan” filmi bosh qahramoni R. Shodieva “Eng yaxshi bosh qahramon”, Yo. To‘ychievning “O‘smir” filmi “Eng yaxshi ijro” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotga loyiq topildi. Xuddi shu yili Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan XXVIII xalqaro kinofestivalda Yo. To‘ychievning “Chashma” filmi “Istiqbol rejalari” nomli bosh sovrin – “Gran-pri”ni qo‘lga kiritdi. Unga “Avliyo Georgiy” mukofoti topshirildi.
Yurtimiz mustaqilligining o‘n yetti yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovida kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov “Panoh”, “Oshiqlar” va “Sevginator” badiiy filmlarida yaratgan zamondoshlar obrazi uchun uchunchi o’rin bilan, kinorejissyor Mansur Abduholiqov esa “Robiya” va “Jaholat changalida” filmlari uchun rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandilar.
Ikkiming sakkizinchi yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kinorejissyorlari Yolqin To‘ychiev va A. Shahobiddinov “O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandilar.
Bugungi kunda o‘zbek kino san’ati dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan kinofestivallarda qatnashib kelmoqda. Haqiqatan ham, so‘nggi yillarda yoshlar ijodida o‘ziga xos filmlar soni ortib bormoqda. Yutuqlar bilan fahrlanish yaxshi, ammo hali kino san’ati oldida o‘z yechimini kutayotgan muammolar anchagina mavjud.
Yurtimiz badiiy kinosiga yoshlarning kirib kelishi hamda ijod qilishi hamma davrlarda dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi kunda o‘zbek badiiy kinosida professional mahoratga ega yosh kadrlar kamligi achinarli holdir. Kinodramaturglar yetishmasligi sabab kino san’atida ssenariy hamisha muammoli masalalardan bo‘lib kelgan. Filmda ssenariy mavzusi, g‘oyasi va badiiyligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois Bitiruv malakaviy ishida bugungi kundagi kinodramaturgiyada mavjud yutuq va muammolarga to‘xtalib o‘tiladi. Ayrim yosh rejissyorlarning ssenariy bilan ishlashi, uni ekranlashtirishi, rejissyorlik yechimi kabi ijodiy jarayonda noan’anaviy, o‘ziga xos usullar barobarida kamchiliklar ham uchrab turadi. Ushbu masalalar Bitiruv malakaviy ishida alohida ko‘rib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: Zamonaviy texnikalar yordamida tasvirga olingan hujjatli filmni yuqori sifatli qilib ko’rsatish mutaxassislarning oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Yangi texnologiyalarning rivojlanib borishi natijasida yaratilayotgan turli tuman filmlarni tasvirga olish mutaxassislari zamonaviy texnologiyalari bilimlarini chuqur egallagan bo’lishlari va o’z ustilarida ko’p ishlashlari va izlanishlari kerak. Bilamizki, XXI asr ko’p yangiliklar hamda o’zgarishlar bilan dolzarb davr hisoblanadi. Talabalarning olgan turli filmlari sifatli olingan bo’lishi va jahon standartiga mos keladigan darajadagi mukammal asarlar bo’lishi kerak va bu yo’lda sifatli tasvirga olish ishlariga jiddiy yondoshishlari kerak.
Talabalarni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash yo’l-yo’riqlari bilan tanishtirish va so’nggi texnologiyalardan foydalanib kelajakda mohir mutaxassis kadr tayyorlash asosiy maqsad va ayni dolzarb masaladir. Yangi texnologiyalar orqali biz butun dunyoni sezish, ko’rish va tasvirga olish imkonyatiga ega bo’la olamiz.
Undan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU manaviyat bo’limining faoliyati ta’lim jarayonida qanchalik muhumliligini talabalar va professor hodimlarga operator nigohida ekran san’ati yordamida yetqazib berish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekistonda Xalq Ta’limi Mustaqillikka erishilgandan so’ng va shu kunlarda ham juda tez suratda yuksak marralarga erishyapti va rivojlanyapti
|