Hujjatli filmlar rivojlanishning tarixiy bosqichlari




Download 14,46 Mb.
bet3/12
Sana27.05.2024
Hajmi14,46 Mb.
#255266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
asosiy-qisim

1.1 Hujjatli filmlar rivojlanishning tarixiy bosqichlari.
Har qanday jamiyatning taraqqiyotini, u qaysi davr va qaysi tuzumga mansub bo’lmasin, adabiyotsiz, san’atsiz tasavvur qilib bo’lmasligi barchamizga kundek ravshan. Inson ijtimoiy kelib chiqishi, martabasi, millati, irqi va jinsidan qat’iy nazar jamiyatdan ayro yashay olmaganidek, albatta, san’atsiz ham yashay olmaydi.
Insoniyatning turli davrlarida, u tosh dabridan to bugungi kungacha bo’lgan davr bo’lsin, inson zotining can’atga bo’lgan mehri va qiziqishi doimo mavjud bo’lgan va aynan san’at kishilarning ma’naviy dunyosini boyitishda, ularning estetik didini shakllantirishda ham beqiyos o’rin tutadi.
Kinematografiya tarixidan ma’lumki, aka-uka Lyumyerlar “Harakatdagi fotografiyani” kashf etishning o’zidayoq ikki kasb egalarini beihtiyor yuzaga keltirganlar. Parij vokzaliga kirib kelayotgan poyezdni tasvirga olishda ob’yekt tanlash, muhitni ko’ra bilish va hech narsadan behabar bo’lgan yo’lovchilarning tabiiy harakatlari orqali o’zlari ekran qahramonlariga aylanishi misli ko’rilmagan hol edi. Bunda birvarakayiga kelajakda hujjatli va badiiy kinematografiyaga zamin yasalgan bo’lib insoniyatga yangi san’at turi tuhfa qilindi.
Fransiya jahonda “cinema” vatani bo’lishidan boshlab yangi san’at turi kashf etishidanoq rivojlanish keng tus oldi. XX asr birinchi yarmida turli to’siq va tashkiliy jarayonni boshidan kechirdi. Yosh kinematografistlar turli kasb egalari bo’lsalarda, hujjatli filmlarni tasvirga olishda katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar. O’tgan asrning 50-yillarida Fransiya kinosiga yangi operatorlar guruhlari kirib keldilar. “Yangi to’lqin” nomini olgan bu yo’nalish vakillaridan operatorlar Jan Lyuk Godar, K.Shabrol, F.Tryuffo, A.Rene va A.Vardalarni keltirish mumkin va ular qo’ygan poydevor keying avlodga xizmat qildi.
Angliya kinematografiyasi ham 1896 yildan o’z faoliyatini boshlab kichik studiyalarda hujjatli filmlar ola boshladilar. So’ngra u yerda ijod qilgan kinoarboblar qatoriga Amerika kino ustalari ham qo’shilib birga turli filmlar oldilar. Angliya kino ekranlarini AQSH hujjatli va qisqa metrajli filmlari ko’rsatila boshlandi. Urush davrida asosan pyesa va adabiy asarlar tasvirga oldilar, shuningdek frontdagi urush lavhalarini hujjatli film qilinib tasvirga ola boshladilar.
Italiya kino san’atida “neorealizm” paydo bo’lishi ikkinchi jahon urushi va keying yillarda “hayotga yangicha qarash natijasida” yangi uslublar yuzaga kelishi jahon san’atiga qattiq ta’sir ko’rsatganligini e’tirif etib, uning dunyodagi yosh ijodkorlarni yangi badiiy yutuqlarni qo’lga kiritishga imkon berganini alohida ta’kidlash lozim. Buyuk ijodkor rejissyor va operatorlardan R.Rosselini, D.Desika, Di Santis, L.Viskonti, F.Fellini, L.Dzampa, M.Antonioni kabilar yarim asrgacha ustoz, namuna va ibrat timsoli bo’lib keldilar.
Jahon ekran san’ati, yani badiiy-publisistik, hujjatli, ovozli va ovozsiz filmlar tasvirga olinishi rivojlanib borishida yangi janrlarni kashf etish davomli jarayonga aylandi. O’zbekistonda 1924 yildan turli ovozsiz hujjatli filmlar tasvirga olish ishlari boshlandi. 1937 yilda birinchi marta “Qasam” nomli ovozli badiiy-publisistik film yuzaga keldi. Ikkinchi jahon urushi davrida front uchun ona vatanlari to’g’risida hujjatli filmlar va film-konsertlar tasvirga olinishi o’zbek kinosining ham imkoniyatlari keng ekanligini isbotladi. Keyinchalik “Tohir va Zuxra”, romantic drama asari, “Nasriddin sarguzashtlari” komediya janridagi asar va “Alisher Navoiy” tarixiy-biografik asar, va bir nechta vatan, o’zbek xalqi, front qatnashchisi hujjatli fimlari tasvirga olinib o’zbek kinosini jahon kino san’atida munosib o’ringa olb chiqdi. Ayniqsa, Xalqaro kinofestivallarda o’zining badiiy, badiiy-publisistik, qisqa metrajli va hujjatli filmlari bilan qatnashishi, mustaqillik davri kinosiga yaxshi poydevor bo’ldi.
Rejissyor so’zining mazmuni- boshqaruvchi, tashkil etuvchi shaxs ma’nosini bildiradi va operator so’zining mazmuni – tasvirga oluvchi, muhitni ko’ra biluvchi va ob’yekt tanlovchi ma’nosini bildirib, XX asrda ularning faoliyatlari yanada boshqa mazmunni o’z ichiga oladi. U haqda sahna klassiklarining kasb mohiyztini belgilab beruvchi omillari haqida K.S.Stanislavskiy, V.I.Nemirovich-Danchenko va S.Eyzenshteynlar tomonidan yaratilgan ilmiy, ijodiy, biografik manbalarda berilgan. Ular bilan tanishib, o’rganib, ularning badiiy va hujjatli filmlar tasvirga olishdagi xulosalarini dasturi amalga aylantirish lozim.

Download 14,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 14,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujjatli filmlar rivojlanishning tarixiy bosqichlari

Download 14,46 Mb.