|
III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
|
bet | 9/12 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 14,46 Mb. | | #255266 |
Bog'liq asosiy-qisimIII BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
3.1. Ish joyini tashkil qilishda ergonomik yechimlar
Hozirgi kunda kasalliklarning kеlib chiqishida ko’proq foydalanuvchilarning o’zlari kompyutеrda ishlashning elеmеntar ergonomik talablariga va mеhnatni tashkil etish qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo’lmoqda. O’tirgan holda ishlaydigan har bir mеhnat turiga o’xshash tarzda kompyutеr bilan ishlashda ham foydalanuvchi tanasi ma’lum muddat bir xil holatda bo’ladi. Bu esa foydalanuvchining umurtqa pog’onasida va ba’zi mushaklarda statik zo’riqishning kuchayishiga olib kеladi. Shu bilan birga, bunday holat toz va boshqa quyi qismlarda normal holatda qon aylanishi buzilishiga olib kеladi. Shaxsiy kompyutеr bilan ishlashda axborot olishning asosiy manbai kompyutеr monitori bo’lgani uchun ko’z tizimida ham zo’riqish kuchayadi. Bulardan tashqari, kompyutеr monitori yoki yordamchi qurilmalari ishlashi jarayonida organizmga turli xil elеktromagnit nurlar, elеktrostatik maydon va tovush shovqinlari salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ko’pchilik foydalanuvchilarning virtual dunyoga sho’ng’ib, Intеrnеt rеsurslariga murojaat qilishlari, ayniqsa chat-muloqotlariga yoki ko’ngil ochar o’yin dasturlari bilan mukkasidan kеtib, bеrilib ishlashlari ularning ruhiy holatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Natijada organizmga quyidagi salbiy holatlar o’z ta’sirini o’tkazadi:
- Ko’z xiralik;
- Quruq ko’z sindromi;
- Ostеoxondroz;
- Tunnеlli sindromi;
- Allеrgiya.
Ko’z xiralik xastaligiga duchor bo’lgan insonlar (tibbiyot mutaxassislari atamasi bo’yicha miopiya) uzoqdagi obyеktlarni xira ko’rib, ma’lumotlarni o’qib, anglashlari qiyinchilik bilan kеchadi. Bunday kasalliklar kelib chiqmasligi uchun ergonomik qoidalarga amal qilish lozim.
Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari: Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo’llaniladi. Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’ladi hamda intellektual va fizik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z boradi. Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi. Hayot faoliyati xavfsizligi esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi.
Ergonomika - bu mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha- ish va qonun degan so'zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika so'zini birinchi bo'lib, 1875- yili o'zining “Ergonomika jihatlari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev V.M. va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, injenerlik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar. Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo'lgan bo’lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to'g'ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo'ladigan ko'pchilik savollarni faqat sog’lom 430 fikr asosida yechish mumkin bo'lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi. Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo'lgan ilmiy asoslangan talablarga balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetarsiz darajada samaralidir. Bu shunday bir tushunchaki, mashinalarning konstruksiyasi insonning funksional ehtiyojlariga mos kelmasligidir. Demak, ergonomika “inson-mashina-ishlab chiqarish – muhit” tizimini o’rganadi.
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo' lishimiz mumkin:
1. Psixologik yuklanishni kamaytirish:
- nazorat tizimlarini avtomatlashtirish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish;
- ish xavfsizligini ta'minlash:
- jihozlar ishining ishonchliligini ta'minlash;
- me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish;
- sozlash va nazoratning qulay (ratsional) tizimlarini tashkil qilish;
- nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtirish.
2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash;
- ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash.
3. Ishning qulayligini ta’ minlash;
- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi.
4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish;
- jihozlarni ratsional joylashtirish;
- ishchi zonani to'g'ri tashkil qilish:
- tashish va otish ishlarini kamaytirish;
- ishlash va dam olishni to' g' ri tashkil qilish;
- maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish.
5. Kadrlar bilai ishlash;
- bunga kasbiy tanlash, instruktaj o’tkazish, tajriba almashish, kasbiy o'qitish va malaka oshirish kiradi.
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish;
- shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish;
- shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;
- jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish; - ish joyini to’g’ri tashkil qilish;
- ishchi zonani to'g'ri ta'minlash;
- ratsional harakatlanishni tanlash;
- boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va joylashtirish;
- boshqarishni markazlashtirish.
Ergonomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo'shimcha harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo'yicha, simmetriya o'qidan front bo'yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi. Odam har xil ishchi holat (tik, o'tirgan, yotgan va engashgan) larining optimal va chegaraviy o'lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Ishning va ishchi holatlarning xarakteriga bogliq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o'rindiqlarni konstruksiyalash bo'yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi. Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to'liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish. Ish joyini loyihalashda antropometriya ma'lumotlarini hisobga olish muhimdir.
Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak. Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda keng to'plangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda o’lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo'lishi mumkin.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta'minlash maqsadga muvofiq:
- operatorning ma'qul ishchi holati (tik yoki o'tirgan holda);
- muhimligi va ko'rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;
-operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;
- ish joyi elementlarining eng yaxshi ko'rinishi;
- insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;
- mashinadan kefayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;
- operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchunf sharoit bo'lishi;
- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali:
- harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha ;
- harakatning oddiy va ritmik bo’lishi;
- har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi;
-o'tgan va bo’lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog'langan bo'lishi;
-harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo'lgan vaqt taxminan doimiy va yo’l uzunligiga bog’liq bo’lmasligi;
-qo'lning egri chiziqli uzluksiz harakati to'satdan yo'nalishini o'zgartirgan yakka harakatdan tez bo'lishi;
- aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo’lishi:
-qo'lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo'lishi;
-agar harakatda ikkala qo'l qatnashsa, ular vaqt bo'yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo'lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
- aniq harakatlarni hardoim o'tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta'minlash uchun ergonomika sohasidagi mutaxassislar uni 5 xil jihatni ajratadilar: ma'lumot, biofizik, energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar. Ma'lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu ma’lumotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo'riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta'minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik holat va zarur ish qobiliyati ta'minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining ko'rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo'ladi. Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko'riladi. Bunda operator tomonidan qo'yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi. Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining o’lchamlarini, tashqi fazoning ko'rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo'lgan masofasi va.boshqalar aniqlanadi.
Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatlari - mehnat jarayonida insonning mashina bilan muloqotda bo'lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta'minlanishini ko'rsatadi.
|
| |