• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Mavzu: Psixologiya ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi




    Download 4.11 Mb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi4.11 Mb.
    #172640
    Bog'liq
    Pedagogik pSixologiya Tushuncha va chegaralar
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    MAVZU:PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA: TUSHUNCHA VA CHEGARALAR

    REJA:

    • 1. Pedagogik psixologiya birgalikdagi faoliyati
    • 2. Pedagogik tushuncha va chegaralar
    • Pedagogik psixologiya–psixologiya fanining tarmog‘i sifatida ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti bolalarni maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.
    • Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
    • 1)ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
    • 2)bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
    • 3)aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
    • 4)ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish;
    • 5)pedagog va bolalar o‘rtasidagi, bolalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
    • 6)bolalarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
    • 7)pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
    • Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:
    • 1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.
    • 2.Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
    • 3.Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv – intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?
    • Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.
    • Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi. Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    • 1. Psixologiya fanlarini o‘qitish texnologiyasi
    • 2. Rivojlanish psixologiyasi
    • 3. Internet saytlari

    Download 4.11 Mb.




    Download 4.11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Psixologiya ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi

    Download 4.11 Mb.