|
Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillar tahlili
|
bet | 11/12 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 14,46 Mb. | | #255266 |
Bog'liq asosiy-qisim3.3. Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillar tahlili.
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jarohatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.
Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan quyidagi 4 guruhga bo‘linadi: texnikaviy, sanitar-gigenik, tashkiliy va psixofiziologik.
Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklash-tushirish mashinalaridan noto‘g‘ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruksiyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi.
Sanitar-gigenik sabablarga esa mehnat gigiyenasi, sanitar me'yorlar va qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni me'yordan chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havoning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin.
Tashkiliy sabablarga ish rejimi va dam olish rejimini noto‘g‘ri tashkil etilganligi, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratilmaganligi, ishchilarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha o‘qitilmaganligi, ish joylarida ogohlantiruvchi belgilarni bo‘lmasligi, nomo‘taxassislarni ishga qabul qilish, maxsus kiyim boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ishchilarni ta'minlanmaganligi va boshqalar misol bo‘la oladi.
Psixofiziologik sabablarga bajarilayotgan ishga e'tiborsiz qaralishi, ishchining o‘z faoliyatiga bo‘lgan nazoratining bo‘shligi, jismoniy yoki asabiy toliqish va boshqa shu kabilar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi sabablardan farq qiladi. Baxtsiz hodisalarning sabablari mehnat muhofazasi bo‘yicha standartlar, qonun-qoidalar va ko‘rsatmalarning buzilishi, ularga amal qilmaslik oqibati bo‘lsa, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar esa bevosita jarohatlanishlarni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar hisoblanadi.
Muhit va mehnat omillari texnosferaning elementlari hisoblanib, zararli va xavfli omilar yoki ishlab chiqarish omillari deb ataladi.
Ishlab chiqarish omillari ish vaqtida ta'sir etish natijasida jarohat yoki shikastlanishga olib kelsa xavfli omillar, ishchining sog‘ligi va yomonlashuviga olib kelsa zararli omillar deb ataladi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga bog‘liq holda 4 guruhga bo‘linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik
Fizikaviy omillarga harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, infratovush, ultratovush, turli xil nurlanishlar, statik elektr zaryadlari, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining me'yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta'sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, ko‘payish funksiyalariga ta'sir etuvchi; inson a'zolariga kirish yo‘li orqali esa: nafas olish yo‘li orqali ta'sir etuvchi, ovqatlanish va hazm qilish tizimi orqali va bevosita teri orqali ta'sir etuvchi.
Kimyoviy moddalar inson organizmiga ta'sir etish va xavflilik darajasiga qarab 4 sinfga bo‘linadi:
¨ favqulodda xavfli moddalar (simob);
¨ yuqori xavfli moddalar (xlor, ishqor);
¨ sekin ta'sir etuvchi moddalar (azot dioksid);
¨ kam xavfli (atseton, benzin, metan, butan).
Biologik omillarga esa har xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro va makroorganizmlar: bakteriyalar, viruslar, rikket, zamburug‘lar, har xil zaharli o‘simliklar va hayvonlar kiradi.
Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi. Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va gipodinamik holda bo‘lishi mumkin. Asabiy zo‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishda bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi.
Xavflilik darajasi mezoni etib ish zonasi havosi tarkibida zararli moddalar miqdorining ruxsat etilgan miqdori (PDK), o‘rtacha o‘lim dozasi, ruxsat etilgan daraja yoki chiqitlar, ruxsat etilgan qoldiq miqdor kabi ko‘rsatkichlar belgilanadi.
Ish zonasi havosi tarkibidagi ruxsat etilgan miqdor (PDK-REM) deb - ishchi butun ish staji davomida har kunlik ish smenasida ishlaganda ham uning sog‘ligiga salbiy ta'sir etmaydigan zararli moddalar miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina holatlarda ushbu omillar umumlashgan holda uchraydi. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish zararli va xavfli omillarning ta'sir darajasini susaytirish maqsadida texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va ish joylarini germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin, titrash miqdorlarini hamda mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me'yorlashtirish, ishchilarni maxsus kiyim boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashni o‘z vaqtida amalga oshirish talab etiladi.
Xulosa
Bilamizki, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanib borishi natijasida yaratilayotgan turli tuman texnikalarning yordamida olingan tasvirlarni yuqori sifatli qilib keng ommaga yetkizish vazifasi kino televideniye mutaxassislari – rejissyor, operator kabi kasb egalari oldida turgan dolzarb masaladir. Buning uchun tasvirga olish mutaxassislari zamonaviy texnologiyalar haqidagi bilimlarni puxta egallagan bo’lishlari kerak.
XXI asr ko’p yangiliklar hamda o’zgarishlar bilan dolzarb asr hisoblanadi. Talabalarning olgan turli filmlari sifatli olingan bo’lishi va jahon standartiga mos keladigan darajadagi mukammal asarlar bo’lishi kerak va bu yo’lda sifatli tasvirga olish ishlariga jiddiy yondoshishlari kerak.
Tasvirga olish jarayonida shuni bildimki, yangi texnologiyalarning rivojlanib borishi natijasida yaratilayotgan turli tuman filmlarni tasvirga olish mutaxassislari zamonaviy texnologiyalar bilimlarini chuqur egallagan bo’lishlari va o’z ustilarida ko’p ishlashlari va izlanishlari kerak.
Yangi texnologiyalar orqali biz butun dunyoni sezish, ko’rish va tasvirga olish imkonyatiga ega bo’la olamiz. Talabalarni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash yo’l-yo’riqlari bilan tanishtirish va so’nggi texnologiyalardan foydalanib kelajakda mohir mutaxassis kadr tayyorlash asosiy maqsad va ayni dolzarb masaladir.
Bitiruv ishim mavzusi “TATU ma’naviyat bo‘limining faoliyati” to‘g‘risida hujjatli filmni tasvirga oldim. Bu filmni tasvirga olishdan asosiy maqsad ta’limda manaviyatning o’rni muhim ekanligi, ta’lim va ma’naviyat bir biriga bog’liq.
Mening Bitiruv ishimni tasvirga olish jarayonida o’qish davrimda egallagan operatorlik malaka va mahoratlardan va olingan uslubiy tajribalardan foydalanib mazmunli hujjatli asar yaratish va dolzarb mavzuni yoritib bera olish va ko’rishga qiziq bo’lgan hujjatli film tasvirga olish, hamda malaka va ko’nikmalarimni rivojlantirishdir. Yangi zamonaviy texnikalardan foydalanib hujjatli filmni sifatli va jozibali qilib tasvirga olish va albatta, filmni tomosha qiluvchilarni qiziqtira olishdir.
Xulosa qilib aytganda ushbu bitiruv ishimni tasvirga olish men uchun yana bir mahorat darsi bo’ldi, desam bo’ladi. Men kelajakda bu konikmalarni ishga solgan holda katta marralarga erishishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim va bu maqsadimga albatta erishaman. Ushbu bitiruv ishimni tasvirga olish uchun kino sohasida va kadr orti jarayonlari haqida ma’lumotlar to’pladim. Tajribali,mahoratli, malakali, o’z ishining usta bilimdonlarining olgan filmlari bilan tanishdim va ularning tajribalaridan foydalanishga harakat qildim.
Tasvirga olishim davomida men o‘zim uchun ko‘p yangiliklar oldim va suratga olishga tayyorgarlik tashkiliy ishlarga katta ahamiyat berish, bor imkoniyatlar, mavjud shart – sharoitlardan kelib chiqib, undan maksimal darajada va oqilona foydalanish, ijodiy va texnik guruh a’zolari bilan ijodiy hamjixatlik har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkinligi to‘g‘risida xulosalar chiqardim.
Shuni bildimki, yaxshi film tomoshabinni tarbiyalaydi, uni ma’naviyatiga, madaniyatiga ta’sir o‘tkazadi. Yaxshi ijodkor esa tomoshabinlarni ergashtira oladi, yaratilgan asarlarda o‘z so‘zini ayta oladi. Mazmundor ilmiy-ommabop filmlar, ekran asarlarida mana shu o‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib, ularni badiiy mahorat bilan boyita olsalar, har bir fillm millatimizning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi.
Men, iqtidorli yosh mutaxassislarni, professional kinooperatorlarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotgan mazkur Oliy ta’lim maskanida “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida taxsil olganimdan, mana shunday oliy ta’lim maskanini bitirib haqiqiy mutaxassis bo‘lib chiqayotganimdan faxrlanaman.
|
| |