|
TATU manaviyat bo’limining ta’lim jarayonidagi tutgan o’rni va ahamiyati
|
bet | 7/12 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 14,46 Mb. | | #255266 |
Bog'liq asosiy-qisim2.2 TATU manaviyat bo’limining ta’lim jarayonidagi tutgan o’rni va ahamiyati
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 5 ta mintaqaviy filiallarida, shuningdek, 19 ta oliy o‘quv yurtlari va mamlakatimizdagi 59 ta kasb-hunar kollejlarida malaka oshirish kurslari hamda Vazirlar Mahkamasi bazaviy o‘quv markazlarini samarali tashkil qilingan.
O‘quv xonalari 3050 ta kompyuter texnikasi bilan ta’minlanib, Internet tarmog‘iga ulangan, ulardan 1301 tasi oliy o‘quv yurtlarida, 457 tasi bazaviy o‘quv markazlari va 1292 ta kasb-hunar kollejlarida.
Elektron hukumat va AKT sohasidagi xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha multimedia va taqdimot materiallar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
TATU qoshidagi "Elektron hukumat” o‘quv markaziga Koreya Respublikasidan 1 yil muddatga xorijiy mutaxassis taklif qilingan. Unga " Elektron hukumat” loyihalari doirasida yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Koreyalik mutaxassis ishtirokida 2016 yil uchun yangi o‘quv kurslari ishlab chiqilgan:
"Elektron hukumat – imkoniyat va istiqbollar” 14 soatli kurslar;
" Interfaol davlat xizmati yagona portali- elektron hukumat asosiy segmentlaridan biri” 10 soatli kurslar;
" Yagona nuqtai nazardan ochiq davlat ma’lumotlariga kirish yo‘li” 10 soatli kurs;
"Axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish” 38 soatli kurs;
"BPR- biznes jarayonlar reinjiniringi” 16 soatli kursi;
"ERP klassi korporativ axborot tizimini ishlab chiqish ” 20 soatli kursi;
"Axborot xavfsizlik” 22 soatli kursi;
Oliy ta’lim vazirligi va TATU tomonidan kompyuter savodxonligini oshirish kurslarini o‘tkazish maqsadida 196 ta trener-o‘qituvchilar va axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya sohasidan 33 ta yuqori malakali mutaxassislar o‘qitildi va jalb qilindi.
"Elektron hukumat” o‘quv markazi web-portali ishlab chiqilgan, o‘quv materiallari elektron shaklda joylashtirildi, shuningdek onlayn rejimida test sinovlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan, berilgan sertifikatlarning ma’lumot bazasi yaratildi.
2015 yili "Elektron hukumat” kursi bo‘yicha 9195 tadan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim olishdi ( 2015 yilda reja 9000, 101 % bajarildi).
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar, halq ta`limi tizimida bo`layotgan o`zgarishlar “Ta`lim to`g`risida”gi Oonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`rsatib o`tilganidek xar bir maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi oldiga muxim vazifa qo`yilmokda. Bu vazifalar ta`lim uchun xos bo`g`inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo`g`inlar xilma-xil o`quv fanlari dasturlarida, o`quv rejalarida, darsliklarda ta`limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni xosil qilishi mumkin.
Davlat ta`lim sandartlarining aniq o`quv fani bo`yicha emas, balki ta`lim soxalari bo`yicha ishlab chiqilishi o`quv fanlarini variativ tanlash asosida o`quv-metodik majmualar (dastur, o`quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o`quv fanlarining ichki bog`liqligi va fanlararo aloqasini ta`minlashga xizmat qiladi.
Ma`naviyat asoslari o`qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o`qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga ma`naviyat asoslari fani soxasida ma`lum bilim va o`quvlarni egallash va bolalarni o`qitish orqali tarbiyalashni o`zlashtirishi kiradi.
Metodik tayyorgarlik maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo`lib, uniig ta`limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan xolda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish birinchi bosqichdir, ya`ni bolalarni navbatdagi ma`naviyat asoslari kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Ma`naviyat asoslari ta`limning bu ikki jixati (aspekti) (ma`naviyat asoslari ta`limning tarkibiy qismi va metodik tayyorgarligi) metodikada o`zining munosib aksini topishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fani ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina xal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyokarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokrtaik jamiyat kurish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish nazariyasini (ma`naviyat
asoslarini didaktikasi) o`z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o`zi etarli emas. O`qitishning ma`lum mazmuni va o`qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta`sirlanadigan u yoki bu o`quv yo`nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo`llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o`zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Ayni shu ma`naviyat asoslari fanini o`qitishda o`quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniksa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, seminar, ishlarida ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasida bajariladigan ishlar orkali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg`ulotlarga tayyorlanishda va mashg`ulotlarning o`zida o`qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar xal etilishi lozim.
Metodik masalalar xar bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli echimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyat uchun eng yaroqli echimining tez topa olishi uchun bu sohada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan xal etilishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik, pedagogik maxorat, mantiq ilmi va ma`naviyat asoslari nuqtai nazaridan mazmunan etarli emasligi tufayli mustaqil ravishda foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Milliy istiklol g`oyalarini, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ`ib kilish ma`naviyat asoslarini shakllanishida ta`limning markaziy vazifasi bo`lib kelgan va shundoq bo`lib qoladi.
Zamonaviy ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? O`quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo`lishi lozim? O`quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o`rgatishimiz, chukur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma`naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda “Har kanday o`quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan” ligini alohida ta`kidlab, ta`lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma`naviyat asoslarini o`qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jixatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun talablari ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi.
Ma`naviyat (arabcha, ma`nolar majmui) so`zining lug`aviy ma`nosi juda keng bo`lib ma`nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma`naviyat asoslari fanining o`rganadigan ob`ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo`lgan munosabatlaridan iborat.
Ma`naviyat asoslarini kursining maqsadi o`quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma`naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi ma`lum usullar (metodika) orqali o`quvchilarga etkaziladi.
“Metodika” grekcha so`z bo`lib “metod” degani “yo`l” demakdir.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o`qitish metodikasining mustaqil fan tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq ma`naviyat asoslarini o`qitish qonuniyatlarini ma`naviyat asoslarini rivojining ma`lum bosqichida tadbiq qiladi. O`qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
O`quvchilariga ma`naviyat asoslari fani samarali ta`lim berilishi uchun bo`lajak o`qituvchi uchun ishlab chiqarish ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i zarur.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish va undan ko`zda tutilgan maqsadni asoslash(nima uchun ma`naviyat asoslarini o`qitiladi, o`rgatiladi).
2. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf kilinadi, ta`limning mazmuni o`quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar xozirgi kunda zarur bo`lgan ijtimoiy – gumanitar bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi kanday bo`lishi kerak?
4. O`qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatmali, qo`llanmalar va o`quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish).
5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini tashkil etish).
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, ma`naviyat asoslarini faniga yaqin bo`lgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi, tarix, shaxs va jamiyat, falsafa, siyosatshunoslik fanlari ijtimoiy-gumanitar fanlarga o`xshab dialektikaning umumiy qonuniyatlariga, bilish nazariyasiga va umum e`tirof etgan metodologiyaga tayanadi.
Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi fani bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud.
Bir tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi xuquq, falsafa, tarix va boshqa fanlarning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu xol ma`naviyat asoslarini o`qitish masalalarini xal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta`minlaydi.
Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi ta`lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma`lumotlarga tayanadi, bu uning xayotiyligi va aniqligini ta`minlaydi.
SHunday qilib, metodikalarning aniq materiallaridan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o`z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
O`qitishda predmetlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muximdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari — bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maksadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab xujjatlari bilan tanishtirish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suxbat va so`rovnomalar o`tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
|
| |