|
Matnni o’qing, matn asosidagi vazifalarni bajaring
|
bet | 2/2 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #136791 |
Bog'liq MILLIY SERTIFIKAT 90867Matnni o’qing, matn asosidagi vazifalarni bajaring.
Silikon vodiysi: yuksak texnologiyalar vatani
1]Elektron va kompyuter texnikasi sanoati obyektlari, ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi.
Silikon vodiysi (Silicon valley) nomini kaliforniyalik tadbirkor Ralf Verst o‘ylab topgan. Muomalaga esa atama jurnalist Don Xofler tomonidan 1971 -yilda kiritilgan. O‘shanda «Electronic News» haftalik gazetasida AQSHning Silikon vodiysi mavzusiga bag‘ishlangan turkum maqolalarida shu nom qo‘llangandi. Nega yuqori texnologiyalar hududi Silikon vodiysi deb nomlanadi, degan savolga ham javob tayyor. Bu yerda faoliyat yuritadigan korxonalarda mikrosxemalar uchun yarimo‘tkazgichlar qismlarini ishlab chiqarishda asosiy material sifatida kremniydan foydalaniladi. Kremniy esa inglizcha «silicon» so‘zidan olingan. 2] Silikon vodiysini tashkil etish g‘oyasi qator omillar tufayli yuzaga keldi. Dastavval mazkur fikr Stenford universiteti vakillari tomonidan o‘rtaga tashlandi va u odatdagidek moddiy manfaatlar asosida kelib chiqqandi. Chunki Ikkinchi jahon urushidan so‘ng universitet budjetidamablag‘ tanqisligi sezila boshlandi. Shunda universitet rahbariyat takomillashish uchun sarmoyani o‘ziga tegishli bo‘sh 3240 gektar hududdan olishga qaror qiladi. Biroq joyni sotish mumkin emas edi. Natijada yangicha texnologik ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarga yerni uzoq muddat, aniqrog‘i, 51 yilga o‘rtacha to‘lov bilan ijaraga berish fikri tug‘iladi. Kompaniyalar ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etishi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bunda Stenfordni tamomlagan salohiyat egalarining boshqa hududlarga ishga ketib qolishi muammosi ham hal etilardi. Kaliforniyada yosh, iste’dodli tadqiqotchilarni saqlab qolish uchun maxsus moddiy ko‘mak dasturlari ishlab chiqilgan, biznes yuritish, ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratilgan. Shu tariqa, Silikon vodiysi iste’dodli va malakali mutaxassislarga ega Stenford universiteti atrofida jamlana boshladi. Asta-sekin dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartirish istagi bilan hududga kelgan insonlar korxona, kompaniyalarga asos solib, ularni rivojlantirdilar. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Stenford universiteti professori Frederik Termanning mehnati va xizmatlari katta bo‘lgan (hozirda uni Silikon vodiysining asoschisi deb tan olishadi). 1939 yili Terman o‘zining shogirdlari Vilyam Xyulett va Devid Pakkardni shu yerda qolib, o‘z korxonasini tashkil etishga ko‘ndiradi. Oqibatda mazkur hududda informatsion texnologiyalarga ixtisoslashgan, hozirda jahonning yetakchi, o‘sha davrda esa dastlabki “Xyulett-Pakkard” (Hewlett-Packard Co.) kompaniyasiga asos solindi. Bugun mazkur kompaniyada 100 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi. Universitetning bitiruvchilari Larri Peyj va Sergey Brin esa dunyodagi yirik qidiruv axborot tizimi «Google»ning yaratuvchilari bo‘lishdi.
3]Hozirda texnologiyalar parkida (bu vodiyning yana bir nomi) 2,5 millionga yaqin odam istiqomat qilib, ularning 25 foizi yuqori texnologiyalar sohasida ish yuritadi. Shuningdek, Karnegi Mellon, San-Xose, Santa-Klara, Stenford va Nordvestern politexnika universitetlari, 7 mingdan ziyod texnika jihozlari va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi dunyoning eng yetakchi korxonalari (Apple Inc., AMD, Dolby Laboratories Inc.,HewlettPackard, Google, Intel, Juniper Networks, NVIDIA Corporation va b.) ham bor. Qisqacha qilib aytganda, o‘ttizta shaharni o‘z ichiga qamrabolgan Silikon vodiysi odamlar orasida «Mo‘jizalar mamlakati» degan nomga sazovor bo‘ldi. Kompyuterlashtirish jarayonini global miqyosda amalga oshirish vodiy ahliga mislsiz daromad keltiradi. Aytgancha, amerikalik taniqli millionerlarning katta qismi aynan shu hududda yashaydi, shuning uchun bu yerni «Millionerlar vodiysi» deb ham atash mumkin. Qiziq, ammo bir paytlar ushbu hududga «O‘lim vodiysi» deb nom berishgandi, chunki 1985- 86-yillarda ish jarayonida kompyuterlardan keng foydalanish ish o‘rinlarining qisqarishiga olib kelgan.
4]Silikon vodiysiga olamshumul shuhrat keltirgan, uni ulkan tafakkur va sarmoya egalarini tortish markaziga aylantirgan jihatlar talaygina. Ha, chindan ham bu mo‘jizalar va uni yaratuvchilar vatanidir. Chunki bu zaminda tafakkur bilan tafakkurning, sarmoya bilan sarmoyaning tinimsiz kurashi va raqobati kechadi. Bu yerda o‘zining aqlga sig‘mas g‘oyalari, takliflari va loyihalari bilan kulgiga qolishdan qo‘rqmaydigan insonlar juda ko‘p.
Vodiyda tavakkal qilishdan, yangilik yaratish va uni hayotiy haqiqatga aylantirish uchun mablag‘ sarflashdan cho‘chimaydilar. Texnologiyalar markazida qaysi millat vakili ekanligingiz muhim emas, balki mutaxassis sifatida o‘zingiz, salohiyatingizga ishonch qay darajadaligi ahamiyatlidir. Mazkur hududda yiliga 365, haftasiga 7 kun, sutkasiga esa 24 soat ishlaydilar. Bu zaminda yuz berishi mumkin bo‘lgan va ehtimol, bo‘lmagan narsalarga ham umid bilan qaraladi. Silikon vodiysidagi odamlar yaratilayotgan yuksak texnologiyalar hayotni ijobiy tomonga o‘zgatirishiga, insoniyatning kelajakdagi «Raqamli texnika davri» yorug‘ bo‘lishiga astoydil ishonadilar. («Ma’rifat» gazetasidan olindi)
6 Matndagi ajratib ko’rsatilgan gapda qaysi so’z turkumini
qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik yuzaga kelgan?
A) Son so’z turkumini qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud.
B) Sifat so’z turkumini qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud.
C) Ot so’z turkumini qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud.
D) Ravish so’z turkumini qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud.
7. Matn mazmuniga zid bo’lgan ma’lumotni aniqlang.
A) Silikon vodiysida tavakkal qilishdan, yangilik yaratish va uni hayotiy
haqiqatga aylantirish uchun mablag’ sarflash eng katta muammo
bo’lgan.
B) Silikon vodiysida yiliga 365, haftasiga 7 kun, sutkasiga esa 24
tinmay mehnat qiladi. Bu zaminda yuz berishi mumkin bo‘lgan va ehtimol, bo‘lmagan narsalarga ham umid bilan qaraladi.
C) Silikon vodiysi ahliga kompyuterlashtirish jarayonini global miqyosda amalga oshirish beqiyos daromad olib keladi.
D) Silikon vodiysini 1985-86-yillarda ish jarayonida kompyuterlardan
keng foydalanish ish o‘rinlarining qisqarishiga olib kelgani uchun “O’lim vodiysi” deb atashgan.
8. Matnning qaysi raqamlab ko’rsatilgan qismida Silikon vodiysi
aholisi ta’riflangan?
A) 2
B) 4
C) 1
D) 3
9. «Electronic News» haftalik gazetasi haqidagi ma’lumot
matnning nechanchi bandida ko’rsatilgan.
A) 2
B) 3
C) 4
D) 1
10. Matnda jaratib ko’rsatilgan birlikning vazifasi haqidagi to’g’ri
ma’lumotni aniqlang.
A) Ajratilgan birlik ilm-fandan yiroqlashishlariga yo’l qo’ymaslik uchun
xizmat qilgan.
B) Ajratilgan birlik xavf-xatardan himoya qilish uchun xizmat qilgan.
C) Ajratilgan birlik o’lmay qolishlarini ta’minlash uchun xizmat qilgan.
D) Ajratilgan birlik ketib qolishlariga yo’l qo’ymaslik uchun xizmat
qilgan.
|
| |