|
Mavzuni o‘zlashtirishni ta’minlashga oid savollar
|
bet | 3/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 25,1 Kb. | | #247649 |
Bog'liq 2 ITMMavzuni o‘zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
tadqiqot usullari, deganda nimani tushunasiz va ular nima uchun kerak bo‘ladi?
bilishning umumiy usullari qaysilar?
tahlil(analiz) va sintez usullarining mazmun – mohiyati hamda ular farqi qanday?
induksiya va deduksiya tadqiqot usullari bir – biriga teskarimi?
abstraksiyalashning ilmiy tadqiqot ishidagi ahamiyati qanday?
formallashtirish usuli har doim ham kerakmi?
o‘xshashlik va modellashtirish tadqiqot usullaridagi umumiylikni tavsiflab bering;
tajriba ilmiy tadqiqot ishida nima uchun kerak?
Mavzu bo‘yicha mustaqkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:
tahlil– manbani, muammoni, natijani ilmiy o‘rganish uslubi:
sintez – ob’ektni (ob’ektlarni) bir butun holda qarab, uni (ularni) aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni (parametrlarni, omillarni) o‘zaro aloqadorlik holatdagi tadqiqot usuli;
induksiya – bu xususiy tadqiqlardan umumiy tadqiqlarga o‘tish haqidagi tadqiqot usulidir;
deduksiya – bu umumiy tadqiqdan xususiy tadqiqlarga o‘tish uslubidir;
abstraksiya – ilmiy abstraksiyalash usuli – bu usul qaralayotgan hodisaning ba’zan jiddiy bo‘lmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo‘llaniladi;
formallash – bu hodisa yoki jarayonlarni matematik belgilar va qonunlar asosida formulalarda ifodalashdan iboratdir;
o‘xshashlik – bu yaxlitlikda alohida ob’ektning ba’zi bir belgisi bo‘yicha o‘xshashligidir;
modellashtirish – bu ob’ektni tadqiq qilish maqsadida, undagi jarayonlar kechishini ifodalovchi modellarni yaratish;
tajriba – bu asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotdagi isbotini hal etishdagi asosiy tadqiqot jarayonidir.
Mavzu bo‘yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ilmiy tadqiqot ishining qaysi turlarida ularning qaysi usullaridan ko‘proq foydalaniladi?
analiz va sintez, induksiya va deduksiya tadqiqot usullarining umumiyligi va xususiyligi haqida ma’lumotnoma tayyorlang;
modllash va o‘xshashlik usullaridan qaysi ilmiy tadqiqot ishida foydalanish samaraliroq?
formallash tadqiqot usulining tajriba tadqiqot usuliga ta’siri bor, deb o‘ylaysizmi?
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar:
ilmiy tadqiqot usullarisiz amalga oshirish foydasiz, chunki metodologik asoslari va olingan natijalarning amaliy va nazariy ahamiyati bevosita ularga bog‘liq;
ilmiy tadqiqot ishidagi umumiy metodologik usullar tadqiqot ishini olib borishdagi ishonchli yo‘lni ta’minlaydi.
|
| |