O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim,
Fan va Innovatsiyalar Vazirligi
Andijon Viloyati Boshqarmasi
Asaka 1-son kasb-hunar maktabi
“Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori” mutaxassisligi
“Zamonaviy protsessorlar xarakteristikasi” mavzusida yozilgan
BITIRUV MALAKA ISHI
Bajardi: Abdurazzoqov Ahmadillo
Diplom rahbari:
ASAKA 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI
“__________________________________________________________” mutahassisligi bo’yicha diplom loyihasini bajarishga
T O P SH I R I Q
Guruh talabasi: Abdurazzoqov Ahmadillo
Loyiha mavzusi: Zamonaviy protsessorlar xarakteristikasi
Loyixani bajarish uchun boshlangan asoslar:
KIRISH
ASOSIY QISM
KIRISH 3
1-rasm 7
2.-rasm 9
1.rasm 10
5-rasm 11
6-rasm I8080 protsessori 12
AMD protsessorlarining kamchiliklari 21
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 44
Topshiriq berilgan sanasi: “___” _____________ 20__ yil
Topshiriq bajarish sanasi: “___” _____________ 20__ yil
Loyixa raxbari: ______________
mavzu: ZAMONAVIY PROTSESSORLAR XARAKTERISTIKASI
KIRISH
ASOSIY QISM
KIRISH 3
1-rasm 7
2.-rasm 9
1.rasm 10
5-rasm 11
6-rasm I8080 protsessori 12
AMD protsessorlarining kamchiliklari 21
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 44
KIRISH
Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda. Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi. Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun mo‘ljallanganligi, hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangandir. 6 Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki, kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har-bir soha mutaxassisi, ayniqsa kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari uchun – kompyuterni tashkil qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari qanday amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi.
|