O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim




Download 1,58 Mb.
bet6/19
Sana01.06.2024
Hajmi1,58 Mb.
#258749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abdurazzoqov A Zamonaviy protsessorlar xarakteristikasi

6-rasm I8080 protsessori


1974 yida I8080 mikroprotsessori ishlab chiqaridi. Bu protsessor o’sha davr uchun rekord xisoblangan million ekzemplyarda tayyorlandi. Xozirgi zamon Intel ga mos keluvchi mikroprotsessorlar tarixini aynan shu modedan boshlangan deb xisoblanadi. Ushbu MP 8 razryadliligidan tashqari 64 kilobaytli operativ xotirani adreslay olar edi. Keyingi revolyutsion jarayon Intel I8086 dan boshlanadi. Bu MP 1978 yida ishlab chiqaridi. Uning asosiy xarakteristikalari: 16 razryadli registrlar-ning mavjudligi, ma’lumotlarning 16 razryadli shinalari. Bundan tashqari xotirani segmentli tashkil qilish bilan birgalikda 20 razryadli shinali adreslash 1 Megabaytli xotirani adreslash imkonini berdi. Bunda doimo bir vaqtning o’zida 256 kilobayt adres sohasini ishlatish mumkin bo’lgan. Bozorda yanada mustaxkamlanib olish uchun Intel firmasi uning arzonlashtirilgan varianti I8088 MP ni taqdim qidi. Bu MP 16 razryadli I8086 MP ning ichki arxitekturasiga ega bo’lib, ma’lumotlarning 8 razryadli shinalari bilan ishlar edi. Shuning uchun uning tezligi biroz sekinroq edi. Bunda arzonlashtirish MP ni arzonlashtirish xisobiga emas balki uning asosida tayyorlangan kompyuterni arzonlashtirish xisobiga erishildi. Bundan ashqari I8088 ning paydo bo`lishi va keng tarqalishiga sabab shuki, uning 8 razryadli ko’plab tashqi qurilmalari mavjudligidadir. I8088 ning 8 razryadli shinalari bu qurilma-larni ulash jaryonini ancha engillashtirdi. SHuni ta’kidlash kerakki, I8086, I8088 protsessori bilan ishlay oladigan tashqi qurilmalardan bittasi bu matematik soprotsessor I8087 edi. Bu soprotsessor ona plataning maxsus “raz’yom” (teshikcha-uyacha)ga ulanar edi. Buning natijasida hozirgi zamon Pentium protsessorlarida o’sha davr protsessorlari uchun yozilgan barcha matematik dasturlarni (kerakli operatsion tizim mavjud bo’lganda) xech qiyinchiliksiz ishlatish imkonini beradi. Ya’ni IEEE-754 standartga asosan suzuvchi vergulli sonlar bilan ishlaydigan operatsiyalardan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’di.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. (7.1-rasm)

Download 1,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim

Download 1,58 Mb.